ŞAJARAMIZNI ÖRGANAYLIK

Şajara, arabça söz bölib, “daraxt” degan ma’noni anglatadi. Istilohda esa, sulola daraxti, nasab silsilasi yoki nasabnoma kabi ma’nolarni ifoda etadi.
Insonlar ötmişdan to hozirgi kungaça öz ajdodlari haqida qiziqib kelganlar. Şuningdek kelajak avlodlarga ham öz sulolalarini davom ettirişda şajara tuzişni yaxşi iş deb körganlar. Ilmi ansob ya’ni nasab ilmi avvaldan maşhur va bugungi kunimizgaça bu bilim odamlar orasida öz ahamiyatini yöqotmagan. Şuningdek nasab bilmiga doir juda köp kitoblar ta’lif qilingan.
Biz har ne çoğlik öz ota-bobolarimizni, kelib çiqqan naslimizni kimlarga borib qadalişini bilişni juda –juda istasakda, unga aniq va ravşan erişişimiz ança muşkul iş. Lekin nima bölganda ham qölimizda saqlanayotgan, bobolarimizdan bizlarga me’ros bölib qolgan şajaralarni örganiş va tadqiq qiliş jarayonida biz köpgina ma’lumotlarga ega bölamiz. Juda bölmaganda özimizga ma’lum bobolarimizdan e’tiboran hozirgi avlodgaça bölgan şajarani tuziş va uni davom ettiriş imkoniyatiga egamiz.
Dunyoning ba’zi mamlakatlarida xususan ğarb davlatlarida şajarani tuziş va davom ettiriş ançagina oson. Çunki ularda ança yillardan buyon an’ana tarziga aylanib borgan bu holat, ya’ni sulola vakillarini qayd qilib turiş odati bölgan.
Lekin şuni unutmasligimiz kerakki, bizning diyorimizda ham şajara bilmiga doir köpgina ma’lumotlar mavjud. Alalxusus bularga Bahodirxon Ğoziyning “Şajarai Tarokima” Alişer Navoiyning “Majolisun Nafois” kabi asarlari bunga misol böla oladi.
Şu bilan birga hozirda uylarimizda saqlanayotgan bobolarimizdan qolgan qadimgi bitiklar, kitoblar, va turli şajaralar buning yorqin misoli.
Juda qadim tarixga ega bölgan köhna Turon zaminida köplab podşohlar, avliyolar, olimlar va şunga öxşaş maşhur şaxslar yaşab ötgani butun dunyoga ma’lum. Demak ularning avlodlari hozirda öz oramizda yaşayotganlari heç qanday sir emas. Zero xalqimiz orasidagi aksariyat odamlar özlarining muayyan avlod vakillari ekanliklarini, ajdodlari orasidan maşhur zotlar ötganliklarini e’tirof qiladilar. Ismlarimizning “xon” “xöja” “bek” “mir” “şoh” kabi qöşimçalar bilan aytilişi ham bejiz emas. Ba’zilarimizda tarixiy hujjat ya’ni, şajaralar mavjud bölsa, ba’zilarimiz bobolarimizdan takrorlanib kelayotgan rivoyatlarga suyanamiz. Bu ikki dalil ham öz örnida ehtimoldan xoli emas albatta.
Şajaralarni şartli ravişda yetti yönalişga taqsimlaş mumkin.
- Payğambar xonadoniga mansub bölgan avlodlar silsilasi ya’ni sayyidlar. Barçamizga ma’lum bölgan, Muhammad (s.a.v)ning qizlari Fotima va kuyovlari Hazrati Ali (r.a)ning farzandlari Hasan va Husayndan tarqalgan avlodlari şajarasi.
- Payğambar (s.a.v) sahobalaridan tarqalgan avlodlar. Xususan Abu Bakr. Umar va Usmon (r.a) va ularga öxşaş maşhur as’hoblar zurriyodi silsilasi.
- Olimu fozillar, mutafakkir zotlar hamda valiylarning avlodlari şajarasi.
- Piri murşidlarning “irşod şajara”si. Bu esa nasab şajarasi bölmay, tariqatda murşidning muridiga bergan ruxsati hisoblanadi.
- Podşohlar, vazirlar, beklar, amirlar va şunga öxşaş amaldor şaxslarning şajarasi.
- Kelgusi naslga meros bölib qolişi va uni davom etişiga zamin yaratgan insonlar şajarasi.
- Özlariga ma’lum bölgan ajdodlardan e’tiboran şajara tuzib, uni hozirda va kelajakda davom ettirişni maqsad qilgan ezgu niyat insonlarlar şajarasi.
Bizning maqsadimiz, yuqorida zikr etilgan taqsimotning qay biri Sizga mos kelsa, öşa yösinda kömaklaşişdan iboratdir. Bu borada özingiz taqdim qilgan tarixiy hujjatlarni tahlil qilamiz, ularni hozirgi özbek alifbosiga ögirib beramiz. Manbalardagi şaxslar hayoti haqida batafsil örganib çiqib, ma’lumot beramiz. Undagi muhrlar va abjad hisobidagi sanalar haqida töxtalib ötamiz. Hamda uni tarixiy dalili ekanini jamiyatimizning manbaşunoslik bölimi tomonidan tasdiqlaymiz.
Qöllarida şajarasi bölmagan şaxslarga esa taqdim qilgan hujjatlariga doir şajarani davom ettirişda kömaklaşib, ularni şajara tuziş jadvali bilan taniştiramiz. Ajdodlaringizning tarixda yoki bugun qilgan işlarini risolada bayon qilib beramiz. Jumladan ulardan qolgan yozma yodgorliklar, inşo etilgan binolar, madaniy va ma’rifiy sohada amalga oşirgan işlarini yoritib beramiz. Kerak bölganda yodgorliklar yoki, binolarni körib risolada bayon qiliş uçun bevosita ekspeditsiya işlari ham olib borilişi mumkin. Tarixiy va oilaviy fotosuratlardan foydalinib ularga izoh beriş va qadimgi suratlarni tiklaş ham bizning sizga körsatgan xizmatimiz böladi.
Mijozning istagiga qarab ekskluziv şajaralar (yoğoç öymakorlik işlari, zargarlik, noyob matolar va şunga öxşaş buyumlardan) tayyorlab berilişi ham mumkin. Hamda şajaralarni elektron tarzda tayyorlab beriş ham közda tutiladi.
Biz buyuk yurt va uluğ ajdodlar davomçisimiz. Ularning ezgu işlarini biz ham davom ettiraylik. Tarix uçun kelajak avlod uçun örnak bölaylik. Har birimizning xonadonimizda sulolamizni davom ettirişda manba böladigan şajaraga ega bölaylik.
