
Muallif

Sardorxon Jahongir 1977 yilda Toşkent şahrida tavallud topgan. Imom Buxoriy nomidagi Toşkent Islom institutini va Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetini tamomlab, islomşunos va filolog mutaxassisligi böyiça bakalavr darajasini olgan.
U ilmiy faoliyatini Özbekiston Milliy universitetida arab tilidan dars beriş bilan boşlagan. Şuningdek, Misr Arab respublikasi elçixonasi qoşidagi fan va ta’lim markazining öquv bölimida ham faoliyat olib borgan.
Sardorxon Jahongir nufuzli naşriyotlarda rahbar va muharrir lavozimlarida işlab, mamlakatimizdagi köplab ilmiy-ma’rifiy kitoblarni naşr etilişida faol iştirok etgan. Ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlaş maqsadida Saudiya Arabistoni, Misr, Eron kabi bir qator mamlakatlarda malaka oşirgan. Sönggi ön yilda Turkiya respublikasida faoliyat yuritib, Kavkaz davlat universitetining dinşunoslik fakultetida “Tafsirşunoslik” yönalişi böyiça magistr darajasini olgan va nomzodlik dissertatsiyasini arab va turk tilida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
U xorijda taşkil etilgan “Turkiston sayyidlari va eşonlari” xalqaro taşkilotining asosçisi va raisi hisoblanadi. Mazkur taşkilot bugungi kunda dunyoning yigirmadan ortiq şajaraşunoslik jamiyatlari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöygan.
Islomşunos, tilşunos, pedagog va şajaraşunos olim Sardorxon Jahongir bir qator xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar taşabbuskori va iştirokçisi sifatida tanilgan.
Uning muallifligida çet ellarda turli ilmiy maqolalar va kitoblar naşr etilgan.
Jumladan, mamlakatimizda ilk bor uning tarjimasi ostida çop etilgan “Qur’oni Karim ma’nolarining sözma-söz tarjimasi”, “Nurul Qur’on” hamda “Zıyo-ul Qur’on” nomli kitoblarii islomşunoslik sohasidagi fundamental asarlardan biri sifatida baholanib, qisqa fursatda ilm ahli orasida katta e’tirofga sazovor böldi. Uşbu yutuqlari uçun Sardorxon Jahongir 2025 yilda Turon fanlar akademiyasining akademigi unvoniga ega böldi.
Islomşunoslik fanlari böyiça (PhD) doktori Sardorxon Jahongir tilşunos olim sifatida arab, fors, turk, ingliz, rus, nemis va qisman ibroniy tillarini özlaştirgan bölib, uşbu tillarning aksariyatidan milliy va xalqaro sertifikatlarga egadir.
Ayni paytda Özbekiston Islom sivilizasiyasi markazining mustaqil tadqiqotçisi hamda respublikamizdagi “Turon” öquv markazi tarmoqlarining ta’sisçisi va rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda. Şu bilan birga, mazkur öquv markazida tinglovçilarga xorijiy tillardan dars berib kelmoqda.
Maqsadimiz
Milliy qadriyatlarimiz hamda maʼnaviy boy merosimizni tiklaş va ularni puxta örganiş, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimiz örtasida tarğib etiş, ajdodlarimiz bölgan Imom Buxoriy, Termiziy, Nasafiy va Zamaxşariy singari ulamolar izidan boriş, ulardan bizlarga meros bölib kelayotgan va saqlanayotgan tarixiy hamda nodir qölyozmalarni avlodlarga yetkaziş, ajdodlarimiz hayoti, axloqi va yuksak maʼnaviyatini ifodalovçi matnlarni xalqimizga yetkazib, yoşlarimiz qalbida ular qoldirgan merosga ehtirom, izzat va muhabbat tuyğusini şakllantirişdir.