Yassaviya tariqati murşidi Zangi ota (q.s.)ning ikkinçi xalifasi avliyo Hazrati Sayyid Ota (q.s.) avlodlarining şajarasi xalqaro miqyosda tasdiqlandi

Markaziy Osiyo va Özbekistonda öz faoliyatini olib borayotgan “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining nasabşunos mutaxassislariga Sayyid Bobosaid eşon sulolasidan bölgan Toşkent viloyatida iste’qomat qiluvçi Sayyid Karim Bobosaidov murojaat etib, özlarini Yassaviya tariqati murşidi Zangi ota (q.s.)ning ikkinçi xalifasi bölgan maşhur avliyo Hazrati Sayyid Ota alayhirrahmaning avlodlaridan ekanliklarini ta’kidlaşgan edilar. Şuningdek, ular ota-bobolaridan yozib olingan avlodnomalarini taşkilotimiz mutaxassislariga tadqiq va tahlil etiş va xalqaro miqyosda tasdiqlab berişni sörab murojaat etgan edilar.

Bizning nasabşunos naqiblarimiz taqdim etilgan ma’lumotlarni “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining qölyozmalar arxividagi hamda ilmiy hamkorlarimiz bölgan dunyodagi bir neça «Naqobat Sadat al-Aşraf» markazlarida saqlanayotgan qadimiy qölyozmalardagi nasabnomalar hamda ansob (nasab) ilmiga oid manbalar bilan soliştirgan holda tadqiq va tahlil etdilar. Natijada Sayyid Amir Ali Nuriddin al-Akbar ibn Sayyid Imom Muhammad Kabir al-Askariy al-Javhariy ibn Imom Ali Naqiy (Hodiy)ning avlodi bölgan Hazrati Sayyid Ota (Sayyid Ahmad Solih ibn Sayyid Amir Hasan) alayhirrahmaning xalqaro miqyosda Yaqin Şarq mamlakatlaridagi yigirmaga yaqin nufuzli «Naqobat Sadat al-Aşraf» markazlarining naqiblari tomonidan tan olingan va “sahihun nasab” deb topilgan nasabnomasi aniqlandi hamda mazkur sulolaga mansub bölgan Bobosaidov Sayyid Karim oilasining nasab şajarasini xalqaro darajada tasdiqlaşga muşarraf bölindi. Uşbu sulolaga yangitdan tuzilgan rulon (örama) şajaralar tayyorlandi. Qayta tasdiqlangan şajarada bayon etilgan tarixiy ma’lumotlarni Sizlarga ham qisman havola etişni ma’qul kördik:




suratda: Hazrati Sayyid Otaning qabri joylaşgan "Sulaymon Boqirğoniy" maqbarasi (Möynoq tumani)

Bugun poytaxtimizdagi “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining boş ofisida mazkur sulola vakillari iştirokida taqdimot bölib ötdi, unda dr.Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy hazratlari, taşkilot kotibi Sayyid Sarvarxon qori hamda taşkilot xodimlari iştirok etdilar. Xalqaro taşkilot raisi dr. Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy iştirokçilarga naqobat faoliyati haqida, şajaraşunoslik va manbaşunoslik töğrisida hamda maşhur avliyo Hazrati Sayyid Ota rahmatullohi alayhining uluğ ajdodlari haqida iştirokçilarga ma’lumotlar berib ötdilar.


Şuningdek, suhbat yakunida sayyidatoyi sayyidlardan bölgan Sayyid Rasul öğli Sayyid Karim eşonboboga xalqaro miqyosda tasdiqlangan rulon (örama) şajaralari va maxsus sertifikat taqdim etildi. Taqdimotdan söng mazkur sulolaning uluğ bobokalonlari ruhi poklariga va hozirgi avlodlari haqqiga duoi fotihalar qilindi.
dr. Sayyid Ilhomxon Bahodir Razzaviy Husayniy, “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining azosi, ansobşunos, manbaşunos, naqib al-aşraf.










