Taniqli ulamo Abror Muxtor Aliy hafizahulloh "Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkilotiga taşrif buyurdilar

Yurtimizdagi taniqli ahli ilmlardan bölgan domla Abror Muxtor Aliy hafizahulloh «Turkiston Sayyidlari va Eşonlari» xalqaro taşkilotining boş ofisiga taşrif buyurdilar. U kişini xalqaro taşkilot raisi, islomşunos olim Sayyid Sardorxon Jahongir kutib oldilar. Abror Muxtor Aliy domla xalqaro taşkilotimiz olib borayotgan ilmiy faoliyatlar bilan yaqindan tanişib çiqdilar. Jumladan, yurtimizda birinçi marta naşr etilgan QUR’ONI KARIM ma’nolari özbek tiliga sözma söz tarjimasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Şuningdek, şajaraşunoslik va manbaşunoslik faoliyatini olib boriş, xalqimiz orasida oilaviy şajaralarni keng tarqatiş va tar’gibot işlarini olib boriş yuzasidan fikr-mulohazalar almaşildi hamda şu kabi ilmiy doirada qisqa suhbat bölib ötdi. Ilmiy suhbat yakunida uşbu xayrli işlar xalqimizga manfaatli bölişini sörab duoi fotihalar qilindi.
Turkiston Sayyidlari va Eşonlari» xalqaro taşkiloti MATBUOT XIZMATI










