Sayyid Ismoil A'raj ibn Imom Ja'far Sodiq (r.a.) naslidan bölgan diyorimizdagi ikki uluğ avliyo zotlar va ularning avlodlari

- Yassaviya tariqatining maşhur murşidi Şayx Xudoydod Valiy Azizon (q.s.) (1461–1532) hazratlarining avlodlari şajarasi haqida:
Uluğ avliyo Hazrati Şayx Xudoydod Valiy Azizon ibn Ortiq Şayx Xorazmiy öz davrida Yassaviya-Jahriya-Sultoniya tariqatining közga köringan peşvosi, şayxi, qutbi, yetuk murşidi bölganligi haqida hamda avlodlari töğrisida köplab tarixiy manbalarda bayon etilgan. Uşbu manbalar sirasiga “Lamahot”, “Hujjat uz-zokirin”, “Manoqibi Şayx Xudoydod Vali”, “Tuhfat ul-zoirin”, “Samariya” asarlarini hamda avlodlarida saqlanayotgan qölyozma şajaralarni kiritişimiz mumkin. Şuningdek, Hazratning maqbarasidagi qabrtoş yozuvlarida ham ul zotning avlodlari şajarasi haqida ma’lumotlar mavjud.
Hazrati Xudoydod Valiy Azizon (q.s.)ning avlodlari haqidagi ma’lumotlar asosan Hazratning tariqat silsilasidagi muridlaridan sanalgan Olim Şayx Azizon Siddiqiyning “Lamahot” asarida keng bayon etilgan. Olim Şayx Azizonning mazkur asarida Şayx Xudoydod Valiy Azizonning tört farzandi – uç qiz va bir öğli bölgan. Ular:
-
Solih – Şayx Xudoydod Valiy Azizonning yagona öğil farzandi bölib, yoş vafot etgan, undan zurriyot qolmagan.
-
Soliha Bibi – Şayx Xudoydod Valiy Azizonning tönğiç farzandi bölib, uning bir qizçasi ham bölgan va u yoşligida vafot etgan. Qizçaning onasi Soliha Bibi esa Şayx Xudoydod Valiyning hayotlik vaqtlarida vafot etadi va undan ham farzand boqiy qolmagan.
-
Bibi Mahzuna – Sayyid Amirşoh nomli kişiga nikohlab berilgan. Amirşoh Xojagon tariqatining maşhur pirlaridan bölgan Sayyid Amir Kulol (q.s.)ning xalifasi Amirdoş avlodidan bölib, u ham sayyidlardan hisoblangan. Bibi Mahzunadan farzand va nabiralar qolgan bölib, ular Amir San’atillo, Xoja Abduraşid va Amir Bahovuddin edi. Ularning avlodlari haqida töliq ma’lumotlar mavjud emas.
-
Bibi Hadiya – Şayx Xudoydod Valiy Azizonning bu qizi asli Madinalik sayyidlardan bölgan Sayyid Amir Taqiyuddinga nikohlangan. Nisbati ma’naviyatda Sayyid Amir Taqiyuddin öz bobosi Sayyid Amir Şamsiddin ibn Sayyid Amir Ibrohim irodatida bölib, unga qöl bergan ya’ni murid bölgan. Bobosi esa öz navbatida maşhur Şayx Raziyuddin Ali Lolo (q.s.)ning tariqat silsilasidagi muridlaridan biri bölgan. Şayx Raziyuddin Ali Lolo hazratlari haqlarida Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asarida ma’lumotlar mavjud. “Lamahot” asarida yozilişiça, Sayyid Amir Şamsiddin Temuriy hukmdorlar Şohruh Mirzo va Mirzo Uluğbek zamonlarida ular takliflari bilan avval Madina şahridan Xurosonga, söngra esa Samarqandga kelib, podşohlarning hurmatiga sazovor bölgan ekan. Bibi Hadiya ham manbalarning xabar berişiça, Hazrati Şayx Xudoydod Valiy Azizonning hayotlik paytida vafot etgan. Ammo undan uç öğil qolgan bölib, ular – Sayyid Xoja Abdulbosit, Sayyid Xoja Kalon va Sayyid Xoja Xurddir. Sayyid Xoja Abdulbosit hazratlaridan boqiy nasl qolgan bölib, hozirda Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Ğazira mavzesidagi “Eşon qişloq” va “Bot-bot” qişloğidagi Şayx Xudoydod Valiy Azizonning avlodlari aynan mazkur Bibi Hadiyaning öğli Sayyid Xoja Abdulbosit naslidan hisoblanadi. Buni tasdiqlovçi dalillar avlodlari qölidagi qölyozma şajaralar hamda Şayx Xudoydod Valiy Azizon dahmalari ustidagi qabrtoşda yozilgan nasabnomada va “Lamahot” asarida ham keltirilgan. Jumladan, “Lamahot” asarida: “…öttiz yoşida vafot etgan Hazrat Sayyid Xoja Abdulbosit Azizon Qosim Şayxning şogirdlari edi”, deb yozilgan. Şayx Xudoydod Valiy Azizonning aksariyat avlodlari tariqat yölidan borgan maşhur kişilar bölib, ayniqsa ular haqida Abu Tohirxojaning “Samariya” asarida va Nosiriddin Husayniy Buxoriyning “Tuhfat uz-zoyirin” asarida alohida boblar bilan ma’lumotlar berilgan.
“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining nasabşunos olimlari öz faoliyati davomida Şayx Xudoydod Valiy Azizonning aynan Bibi Hadiya ismli qizidan tarqalgan avlodlar qölida saqlanayotgan beşta qölyozma şajaralarni tadqiq qiliş baxtiga muyassar bölgan. Uşbu nasab şajaralar Ğazira mavzesida yaşagan hamda öz davrida Ğaziradagi avlodlarning peşvosi, oqsoqoli va rahnamosi sanalgan Sayyid Solihxoja eşon (1909-1989) ibn Sayyid Abdumalikxoja Ğaziragiy farzandlaridan birining 2019 yilda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakilimizga qilgan murojaati asosida tadqiq va tahlil etilgan va qayta tasdiqlangan edi. Uşbu sayyidlar sulolasining şajarasi böyiça Pokistondagi hamkorimiz «Naqabat Sadat al-Aşraf Pakistan» naqobati raisi Sayyid Ali Abbos Jiyloniy va pokistonlik şajaraşunos olimlar ham qiziqiş bildirişib, uşbu sulolaning Pokiston davlatida ham qarindoşlari borligi xabirini berganlar, şuningdek, Sayyid Amir Taqiyuddin hazratlarining bobokaloni sanalgan Sayyid Ismoil A’raj ibn Imom Ja’far Sodiq (r.a.)ning Pokistondagi avlodlari haqida boşqa qadimiy ansob (nasab) ilmiga oid asarlarda ham ma’lumotlar mavjudligini ta’kidlaşgan edilar. Natijada, Şayx Xudoydod Valiy Azizonning kuyovi Sayyid Amir Taqiyuddin hazratlarining hamda Pokistondagi qarindoş sulolalarning nasab şajaralari Sayyid Husayn va Sayyid Ali ibn Sayyid Ismoil A’raj ibn Imom Ja’far Sodiq (r.a.)ga borib tutaşişi aniqlangan edi.


Şayx Xudoydod Valiy va ul zotning qizi Bibi Hadiya va kuyovi Sayyid Taqiyuddin hazratlarining qabrlari, Ğazira mavzesi, Jomboy tumani (Samarqand vil.)


Mir Sayyid Isomiddin Valiy Mir Pöstin Ota (q.s.) maqbarasi, Andijon ş.
- Andijondagi maşhur avliyo Mir Sayyid Isomiddin Valiy (Mir Pöstin Ota q.s.) va ul zotning ukasi Mir Sayyid Abdulloh hazratlarining avlodlari şajarasi haqida:
Şuningdek, “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining Markaziy Osiyo va Özbekistondagi mintaqaviy vakillarimizga Andijon şahrida yaşovçi Akbarov Mir Sayyid Mutallib eşonbobo ham murojaat etgan edilar. Ular özlarini Husayniy sayyidlardan ekanliklarini hamda öz davrining maşhur avliyosi bölgan Mir Sayyid Isomiddin Valiy (Mir Pöstin ota q.s.)ning ukasi Mir Sayyid Abdullohning avlodlari ekanliklarini ta’kidlaşgan edilar. Ular ota-bobolaridan meros bölib kelayotgan qadimiy qölyozma şajarani xalqaro taşkilotimiz tomonidan xalqaro miq’yosda tadqiq etib va qayta tasdiqlab berişni söragandilar. Bizning manbaşunos va şajaraşunos naqiblarimiz uşbu qölyozma şajarani tadqiq va tahlil etişga muvaffaq bölganlar, natijada, Andijondagi Mir Sayyid Isomiddin Valiy (avliyo Mir Pöstin Ota q.s.)ning va ul zotning ukasi Mir Sayyid Abdullohning naslidan bölgan Sayyid Muhyiddin Mahdum qozi hazratlari (hozirda Andijon şahrida bu uluğ zotning nomi qöyilgan madrasa öz faoliyati olib bormoqda) va Mavlono Mir Sayyid Kujak hazratlarining avlodlari şajarasi Mir Sayyid Muhammad ibn Sayyid Ismoil A’raj ibn Imom Ja’far Sodiq (r.a.)ga borib tutaşişi aniqlangan va ularning nasabnomasini ham qayta tasdiqlaşga muşarraf bölingan. Şuningdek, Sayyid Qosim ibn Mir Sayyid Yahyo ibn Mir Sayyid Ismoil Soniy (Mir Sayyid Xotam) ibn Mir Sayyid Muhammad ibn Sayyid Ismoil A’raj ibn Imom Ja’far Sodiq (r.a.) avlodlari Pokistonda iste'qomat qilayotganliklari ham aniqlangan. Mazkur xalqaro darajada qayta tasdiqlangan nasabnomada keltirilgan tarixiy ma’lumotlarni qisman havola etişni ma’qul kördik:

Şuningdek, Toşkent şahridagi Özbekiston Respublikasi Islom Sivilizatsiyasi Markazi qoşidagi “Allomalar merosi” markazida taşkil etilgan şajaralarni topşiriş tadbirida “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi dr. Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy hamda Yaqin Şarq mamlakatlaridagi Naqobat markazlarining vakillari va nasabşunos naqiblari akademik Mir Asqar Obid Suzukatoyi Yassaviy va dr. Sayyid Ilhomxon Bahodir Razzaviy Husayniylar ham iştirok etişgan. Uşbu tadbirda xalqaro taşkilotimiz raisi dr. Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy hazratlari naqobat haqida va şajaraşunoslik faoliyati töğrisida hamda mazkur sulolaning tarixi haqida kiçik seminar ötkazib berganlar. Suhbat yakunida Andijon şahridan taşrif buyurgan sayyidlar vakili Akbarov Mir Sayyid Mutallib eşonbobo, Akbarov Mir Sayyid Abror eşonbobo, jiyanlari Mir Sayyid Zuhriddin va Mir Sayyid Muhammad Ali eşonbobolarga ularning xalqaro miq’yosda tasdiqlangan şajaralari va reyestr raqami bilan qayd etilgan maxsus sertifikatlar taqdim etilgan. Seminardan söng Andijonlik mehmonlarga oş markazida kiçik bazm ham uyuştirilgan.






Tadbir va bazmdan söng, Andijonlik mehmonlar “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining Toşkent şahridagi “Abul Qosim eşon” madrasasidagi bölimiga taşrif buyurişib, taşkilotimiz mutaxassisi Mir Asqar hoji Obid Suzukatoyi Yassaviy bilan uçraşib, u yergi bölimimiz bilan ham tanişgan edilar. Mazkur bölimda uşbu sulola vakillariga xalqaro darajada tasdiqlangan sxema-jadval körinişidagi şajara plakatlari ham topşirilgan. Sayyid Ismoil A’raj ibn Imom Ja’far Sodiq (r.a.) Andijondagi avlodlari vakillari ötkazilgan tadbirlardan bağoyat mamnun ekanliklarini izhor etişgan hamda uluğ ajdodlar ruhi poklariga bağişlab duoyi fotihalar qilişgan.



"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkilotining faxriy şajaraşunosi, tarixçi olim, akademik Mir Asqar hoji Obid Suzukatoyi Yassaviy










