«AL-BUKHARI UNIVERSITY» va INDONEZIYA davlati oliy ta’limi muassasalari örtasida hamkorlik

Kuni keça “TURKISTON SAYYIDLARI VA EŞONLARI” xorijiy xalqaro jamiyatining raisi Dr.SAYYID SARDORXON JAHONGIR JIYLONIY HASANIY Toşkent şahridagi «AL-BUKHARI UNIVERSITY» oliy ta’lim muassasiga Indoneziya davlatidan rasmiy taşrif buyurgan professor Dr. H.SAPTA NIRWANDAR janoblarini universitet rektori MUZAFFAR AXMEDOV boşçiligida kutib oldilar.

Nufuzli mehmon professor Dr. H.SAPTA NIRWANDAR janoblari bilan Indoneziyadagi universitetlar bilan istiqbolli hamkorlikni örnatiş böyiça muzokaralar olib borildi.
Jumladan, «AL-BUKHARI UNIVERSITY» oliy ta’lim muassasining asosiy binosidagi “Xalqaro va ilmiy anjumanlar zali”da Indoneziyalik professor Dr. H.SAPTA NIRWANDAR hamda Turizm va sport vazirligi vakillari iştirokida turizm fakulteti talabalari uçun mahorat darsi ham ötkazildi. Uşbu mahorat darsida Indoneziya turizmni rivojlantiriş korporatsiyasi (ITDC) davlat turizm korxonalari böyiça komissari, Sahid universiteti professori Dr. H.SAPTA NIRWANDAR «Heritage and global tourism: Indonesia and Uzbekistan managment and prospectivity» mavzusida ma’ruza qilib, turizmni ayniqsa yurtimizdagi aziz avliyolar maqbaralari, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga ziyorat turizmini taşkil etiş va uşbu sohani rivojlantirişning öziga hos jihatlari haqida ma’lumotlar va takliflar berib ötdi. Universitet öqituvçilari va talabalari özlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.




«Turkiston Sayyidlari va Eşonlari»
xorijiy xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI










