Turkiston Sayyidlar va Eşonlar diyori

Darhaqiqat Turkiston Sayyidlar va Eşonlar bisyor bölgan mintaqadir. Uluğ avliyolarni aynan mana şu ölkalardan yetişib çiqişi ham bejiz emas. Tarixiy manbalar mana şu zotlarni köpçiligida öz şajaralari bor ekanligini isbotlaydi. Abdulxoliq Ğijdivoniy, Bahouddin Naqşibandiy, Ahmad Yassaviy kabi Allohning suyukli zotlari bunga yaqqol misoldir. Tabiiki mazkur zotlarning avlodlari inşaalloh hozirda öz oramizda yaşab kelmoqdalar. Balki ularning ba’zilarida qölyozma holida şajaralar saqlanib qolmagandir, yoki bölmasa saqlangan taqdirda ham hali uni yetarliça örganib çiqişga imkon topa olmagandirlar. Tarixiy Turkiston mintaqasida şajaralarni tadqiq qiliş va tasdiqlaş böyiça hozirça yagona bölib xizmat körsatayotgan “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” Jamiyati ana şunday ezgu işda baholi qudrat faoliyat yuritmoqda. Şuningdek jamiyatga oxirgi paytlarda dunyoning turli yerlaridan köplab şajaralar kelib tuşmoqda.
Sanab adoğiga yetib bölmaydigan uluğ zotlar orasida movarounnahrlik alloma, yirik diniy va siyosiy arbob, Naqşbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotçilaridan biri Maxdumi A’zam hazratlari köpçilikka ma’lum. U zotning töliq ismlari Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediydir (1463/64-1542). Farğona vodiysining Koson şahrida tavallud topgan bölib, qabrlari Samarqand şahridadir.
Bu uluğ zot tarixlari haqida hozirda Özbekistonda köplab ilmiy izlanişlar olib borilgan. Şu bilan birga yillar oşa xalq orasida Maxdumi A’zam nomi yodga olinib kelinadi. Ulardan kunimizgaça tarqab kelgan sulola vakillari borligi ham aytib kelingan. Bulardan bir misol Turkistonlik maşhur olim, tarixçi va muayyan davrning davlat boşqaruvçisi bölgan Alixontöra Soğuniy hazratlari böladi. Jamiyatimizga kelib tuşgan maktublarning birida Alixontöra Soğuniyning ajdodi Maxdumi A’zam hazratlaridan Sayyid Burhoniddin Qiliçgaça bölgani bayon qilingan.
Maqolamizdan asosiy maqsad, kuni keça jamiyatimizga kelgan bir murojaatdan iborat ekanligini va Sizlarni şu jarayon bilan taniştiriş edi.
Buyuk Britaniyaning London şahridan bizga yöllangan samimiy maktub barçamizni diqatimizni tortdi. Maktub yöllovçilari özlarini asli özbekistonlik ekanliklarini, Qaşqadaryo viloyatining Koson şahrida istiqomat qilganlarini aytib ötdilar. Bobolaridan şu kungaça meros bölib kelgan şajarani tadqiq qiliş va tasdiqlaş umidida ekanliklari va bu borada bizning qanday kömagimiz bölişi mumkinligi haqida söradilar.
Bir neça kungaça davom etgan suhbatlar asnosida jamiyatimizga şajaraning aslidan nusxa taqdim qilindi. Şajaraning asli hozirda qöllarida saqlanayotgan xonadon sohiblaridan şajara haqida söralganda ular, “Biz Maxdumi A’zam Dahbediy hazratlarining avlodlarimiz” deb e’tirof qilişdi.
Jamiyatmiz mutaxassislari mazkur xonadon roziligi va muayyan talablar ostida şajara tadqiqotini boşlab yubordilar. Quyida nusxasi berilgan şajara haqiqatan juda tarixiy manba ekanligiga şohid böldik. Ikki qismdan iborat şajaraning umumiy uzunligi 4 metr 60 sm, eni esa 27 smga ega. Qadimiy eski qoğozga yozilgan, matn tili esa forsça va qisman arabçadir. Şajaradagi ajratilgan qismlarga köra birinçi qismda 72 dona, keyingi qismda 39, oxirida esa 11 ta ya’ni jami 122 dona turli muhrlar mavjud. Muhrlarning kimga tegişli ekanligining ba’zilarini aniqlaş mumkin. Şajaraning asosiy qismi yaxşi saqlangan. Biroq uning boşlanğiç va oxirgi qismi aytarlik darajada yaxşi muhofaza qilinmagan. Şuningdek uni ba’zi qismlari töldiriş va qayta tiklaşga muhtoj. Şunday bölsada undagi ma’lumotlar boşqa şajaralar bilan taqqoslanib örganilganligi tufayli undagi tadqiqot işlari ba’zi qiyinçiliklarni e’tiborga olmagan holda unça murakkab keçmayapti. Şajara taxminan XIX-asrning örtalarida bitilgan bölib, qariib 150-200 yilga yaqin tarixga ega. Şajara asosan 3 xildagi xat körinişida yozilgan bölib, 100 dan ortiq şaxs nomi qayd qilingan.
Xulosa örnida uşbu şajara tafsiloti bilan qiziquvçi barça maslakdoşlarimizni şajara tadqiqoti uçun çorlab qolamiz.
Jamiyat raisi
Sayyid Sardorhon Jahongir










