XOJA IS'HOQ VALIY ibn HAZRATI SAYYID AHMAD MAXDUMI A’ZAM KOSONIY DAHBEDIY (q.s.)

Husayniy sayyidlar sulolasiga mansub bölgan dahbediy xojalar silsilasining eng maşhur namoyandalaridan biri Xoja Is'hoq Valiy bölib, ul zot Hazrati Sayyid Ahmad Maxdumi A’zam Kosoniy Dahbediy (q.s.)ning törtinçi (ba’zi manbalarda yettinçi) öğillari bölgan. Köp manbalarda Xoja Is'hoq Valiyni “kenja öğil” deb yozilişiga sabab, Maxdumi A’zamning eng maşhur farzandlari Xoja Muhammad Amin Xojai Kalon va Xoja Is'hoq Valiy bölganligi uçun uşbu ikki öğil orasida yoşdagi farq tufayli “birlari katta”, ikkinçilari esa “kenja öğil” deb atalib kelingan (vaholanki, Xoja Is'hoq Valiyning köp ukalari bölgan). Yana şuni aytiş joizki, dahbediy xojalarning son jihatidan köpçilik qismini Xoja Is'hoqiy avlodlari taşkil etadi. Hazrati Maxdumi A’zam yoş Xoja Is'hoq Valiyni özlarining maşhur xalifalaridan biri Mavlono Lutfilloh Çustiyning qöl ostiga, tasavvuf tariqatlaridan tarbiya topiş uçun topşiradi. Xoja Is'hoq Valiy tariqat kamoliga yetib, murşidi va qaynotasi Mavlono Lutfillo Çustiydan xatti irşod oladi hamda pirlik darajasiga yetadi. Ul zot Şarqiy Turkiston (Xitoy) hududida joylaşgan muğul davlati hukmdori Abdul Karimxon (967-1000/1559-1591 yillar hukm surgan) tomonidan u yurtlarga taklif etiladi. Xoja Is'hoqning onasi Bibiçai Qaşqariy qoraxoniylar sulolasidan bölgani uçun ham, xojais'hoqiy xojalar Şarqiy Turkiston taxtiga (xojakaloniylardan bölgan Ofoqxoja avlodlari bilan bir qatorda) voris hisoblanişgan.
Ul zotning sahih nasab şajarasi quyidagiça:
Hazrati Sayyid Xoja Is'hoq Valiy ibn Hazrati Sayyid Ahmad Maxdumi A’zam Kosoniy Dahbediy ibn Sayyid Jaloliddin ibn Sayyid Jamoliddin ibn Sayyid Burhoniddin Xojam ibn Sayyid Amir Devona Majnun ibn Sulton Sayyid Burhoniddin Qiliç ibn Sayyid Kamoliddin Madaniy ibn Sayyid Şoh Husayn ibn Sayyid Şoh Hasan ibn Sayyid Muhammad ibn Sayyid Ahmad ibn Sayyid Abdulloh al-Afzal ibn Sayyid Abdulloh al-Akmal A’raj ibn Sayyid Abu Tolib Muhammad Ali Arşad al-Hasan ibn Imom Ali Muso Rizo ibn Imom Muso Kozim ibn Imom Ja’far Sodiq ibn Imom Muhammad Boqir ibn Imom Ali Zaynulobidin ibn Imom Husayn ibn Hazrati Imom Ali ibn Abu Tolib va Bibi Fotimai Zahro binti Sarvari Koinot Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallam.
Hazrati Xoja Is'hoq Valiyning Şarqiy Turkistonda 64 ta xalifani tarbiyalab kamolga yetkazgan. Xoja Is'hoq Valiy va xalifalari Şarqiy Turkistonda islom dini va tasavvuf ta’limotini tarğib qilganligi bilan maşhurdir. Tarixçi Abu Tohirxoja özining “Samariya” kitobida yozganidek: “Xoja Is'hoq köp yillar (xalqga) yöl körsatiş örniga öltirib, xalqni takomillaştirdi. Xoja köp yillar umr kördi, kamolot va holati haddan taşqaridir. Keng tarjimayi holi özining maqomotiga (ya’ni, özi haqidagi kitobga) yozilgandir. Qaşqar muzofotidan el (xalq) ota-bobolaridan beri, Xoja muridligi isirğasini quloqlariga taqib olganlar va uning avlodiga özlarini fido etgandirlar”. Naqşbandiya tariqatining Hindistondagi namoyandasi Xoja Muhammad Baqo Sirhandiy (1563/64-1603/04) topşiriği bilan 1622 yilda Muhammad Hoşim ibn Muhammad Qosim an-Nu’moniy al-Badaxşiy tarafidan yozilgan “Nasimatul-quds min hadoyiqul-uns” asaridagi sözlar yuqoridagi Abu Tohirxojaning sözlarini tasdiqlaydi. Unda Xoja Is'hoq Valiy töğrisida yozilgan: “Ul Hazrat Movarounnahrdan Qaşqar va Xötan tarafga otlandilar. Uning sa’y-harakatlari bilan xalq Haq yölga tuşib oldi. Qaşqar hokimi Muhammadxon ham uning sadoqatli muridlaridan biriga aylandi. Xullas, Naqşbandiya tariqati u yerlarda Xoja tufayli tomir otdi. Keyin örniga muridi Devon Aştarni qoldirib, vataniga qaytib keldi va 1599 yilda vafot topdilar. Otasidan keyin özi yaşagan Dahbed yaqinidagi Safed qişloğida dafn etilgan”. Yuqoridagi sanani tarixçi Şoh Mahmud Çaros yana ham ta’kidlab, ul zotni 1008 hijriy yilining 10 rabiul-avval oyida, ya’ni 1599 milodiy yilning 30 sentyabrida 94 yoşda vafot etganini yozadi. Doro Şukuh esa ul zotni 1007/1598 yilda vafot etgan deb yozadi. Bizningça, avvalgi sanalar töğridir. Boşqa masala şundaki, Şoh Mahmud Çarosning yozişiça Xoja Is'hoq Valiy 1505-07 yillarda tuğilib, akasidan ham oldinroq tuğilgan bölib çiqayotir. Ammo, Xoja 1517 yilda tuğilgan akasi Xojai Kalondan oldin tuğilişi mumkin emasku?! Demak, Xojaning vafot sanasini manbalar aniq tasdiqlasalarda, yoşini ön beş yildan ziyodroq oşirib yozişmoqda. Vaholanki, otasi vafot etganda Xojaning juda yoş bölganligini manbalarda ta’kidlanadi. Xoja Is'hoq Valiy piri Mavlono Lutfilloh Çustiy va birodari Muhammad Amin Xojai Kalonlarning panasida uzoq qolib ketmadi, balkim otasi kabi dunyoga maşhuru manzur böldi. Xoja Is'hoq Valiyni Şarqiy Turkiston xonliklarida “Xoja Azizoni Kalon”, Qaşqar va Yorkent şaharlarida “Xojai Qaşqariy”, yurtimiz Movarounnahrda esa Hazrati Xoja Ahrori Valiydek öz zamonasidagilar ul zotni “Xoja Is'hoq Valiy” deb ataşgan va bu bejiz emas, albatta. Ul zot ham otasi va katta birodari kabi Naqşbandiya silsilasi suluki rahbarlaridan edi.
Xoja Is'hoq Valiy Şarqiy Turkistonda 3 yil Xotanda turgan (Jolis ul-muştoqin), ba’zi ma’lumotlarga (Tazkirai xojagon) qaraganda esa 12 yil yaşagan. Uning bu yerdagi yaqin xalifasi Şutur Xalifa bölib, yoşlik vaqtidan Xoja oşxonasida 7 yil xizmat qilgan. Takmilga yetgaç, Xoja uni Şarqiy Turkistonda xalaful-xulafo va hukmdor Muhammadxonga örinbosar qilib Samarqandga qaytadi. Hazrati Xoja vafot etgaç, Dahbed yaqinidagi Safeduk mavze’sida dafn etiladi. Ança vaqtdan keyin Qoradaryo suvi Xoja Is'hoq Valiyning mozorlariga yaqinlaşgaç, ul zotning avlodlaridan Abdullohxoja bobosining jasadini u yerdan olib, öz qişloği Boği Balandga, Amir Temur çorboği havzi yoniga kömdiradi. Turkiston hududida ul zotning nomi bilan ataladigan bir neça qadamjolar ham mavjud. Kezi kelib ta’kidlaş joizkim, “Samariya”ning Toşkent naşrlarida 1991 va 2009 yilda çop etilgan nusxalarida: “Xojaning öğli Abdullohxoja uning jasadini Boği Balandga keltirib kömdi” deb yozilgani notöğri bölib, qölimizdagi “Samariya”ning asl muallif dastxati qöyilgan töliq nusxasida “Xojaga beş vosita bilan yetuvçi sulolai uzomlaridan bölmiş Abdullohxoja bobosi jasadini Boği Balandga köçirdi”, deb yozilgani töğridir. Çunki, birinçidan, Xoja Is'hoq Valiyning Abdulloh nomli farzandlari bölmagan, ikkinçidan esa, Boği Baland xonaqohidagi Xoja Is'hoq Valiy dahmasi yonida uşbu avloddan bölgan Sulaymonxojaning qabr toşida yozilgan şajarada Abdullohxojaning beş vosita bilan Xoja Is'hoq Valiyga yetişi haqidagi yozuvlar “Samariya”ning bizdagi qölyozma nusxasidagi sözlarni va fikrimizni tasdiqlaydi. Keyinçalik Xoja Is'hoq Valiyning Boği Balanddagi qabri ustida daxmali maqbara va xonaqohli masjid barpo etildi.
Xoja Is'hoq Valiy töğrisida ikkita manoqib va maqomot kitob bizgaça yetib kelgan: 1012 yil hijriy (1603-04 milodiy)da Movarounnahrda Muhammad Avaz tomonidan yozilgan “Ziyoul-qulub”, 1008/1599 yilda, ya’ni Xoja vafotidan köp ötmay Yorkentda hukmdorlardan Muhammadxon yordamida Şoh Muhammad Payraviy tomonidan yozib tugatilgan “Jolis ul-muştoqin” kitoblaridir. Xoja Is'hoq Valiyning farzandlari töğrisida manbalar ikki xil fikr bildirib, ba’zilari ul zotdan uç öğil qolgan deyişsa, boşqa manbalar ul zotning tört öğli bölganligini ta’kidlaydi. Xoja Is'hoq Valiyning tönğiç öğillari Xoja Qutbiddin bölib, u otasi mozori yonida yaşagan, Xoja Qutbiddinning öğli Muhammad Sayyid Xoja bölgan. Xoja Is'hoq Valiyning ikkinçi öğillari Xoja Şohboz otasi hayotligida 7 yoşida vafot etgan, uçinçi öğillari Xoja Şodi laqabli Muhammad Yahyoxoja Şarqiy Turkistondagi Yorkent şahrida otasi örnida qolgan. Ba’zi qölyozma şajaralarda Xoja Is'hoq Valiyning törtinçi öğli deb Xoja Ubaydullohxoja ismi zikr etilgan. Şu bilan birga, Xoja Şodi laqabli Muhammad Yahyoxojaning ham Xoja Ubaydullohxoja nomli öğli bölganligi va uning esa Xoja Doniyolxoja va Xoja Şuaybxoja nomli farzandlari bölganligi qölyozma manbalarda bayon etilgan.

suratda: Xoja Is'hoq Valiy va ul zotning xalifalari nomi bilan boğliq qadamjo ğor, Pomir toği (Tojikiston)

suratda: Xoja Is'hoq Valiy maqbarasi va masjidi, Boği Baland mavzesi, Samarqand.
Uzb.Res."Maxdumi A’zam Dahbediy" ilmiy-tadqiqot fondi raisi, "Butunjahon Naqobatlari" xalqaro birlaşmasi naqibi va faxriy doktori, “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining faxriy şajaraşunosi, tarixçi va manbaşunos olim Sayyid Komilxon Kattayev










