Aştarxoniy hukmdor Dinmuhammadxon davrida Eronning Maşhad şahridan Samarqandga köçib kelgan Mirakoniy Razzaviy Musaviy sayyidlar sulolasining maşhur vakillari

Mavlono Qozi Kalon Mudarris Sayyid Mir Muhammad Isoxonxoja Sadr Samarqandiy ibn Qozi Muftiy Mullo Sayyid Mir Şirinxoja (1840-1934)
(Şirinxöjayev) – Mirakoniy sayyidlarning maşhur vakillaridan bölib, XIX asr oxiri va XX asr birinçi çoragida nafaqat Samarqand balki Örta Osiyo ilmiy muhitida katta ta’sir körsatgan yetuk olimdir. Ul zotning nasab şajarasi ota-ona tomondan Sayyid Hamza va Imom Ali Muso Rizo ibn Imom Muso Kozim ibn Imom Ja’fari Sodiq r.a.ga borib tutaşadi.

Samarqand viloyati Qozi Kaloni Muhammad Isoxonxoja Razzaviy Musaviy Husayniy
Sayyid Muhammad Isoxonxoja 1840 yilda Samarqand şahrining qadimiy Qozi Kalon mahallasida Qozi Muftiy Mullo Sayyid Mir Şirinxoja xonadonida tuğilgan. Şu mahallada ul zotning ota-bobolari Aştarxoniylar sulolasi hukmdorlari Dinmuhammadxon va Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon (1594-1651) davridan buyon yaşab kelişgan. Öşandan beri bu sayyidlar sulolasi vakillari şahar va viloyatlarda Qozi Kalon, Qozi, Sadr, a’lam va muftiy amallariga sarafroz etilib xizmat qilib kelişgan. Otadan yoş qolgan Sayyid Muhammad Isoxonxoja avvaliga katta akasi Muftiy Mullo Sayyid Musoxonxoja qaramoğida fiqh ilmini örganadi. Muftiy Mullo Sayyid Musoxonxojaning Muhammad Isoxonxojadan taşqari yana Muftiy Mullo Sayyid Hodixoja va Qozi Sayyid Abdulhayxoja degan ukalari ham bölgan. Uşbu oğa-inilarning eng kiçigi Sayyid Muhammad Isoxonxoja bölib, uzoq yillar ilm bilan şuğullanib, avval tuman Qozisi, söng şahar va Samarqand viloyat Qozi Kalonligiga tayinlanadi. Bu lavozimgaça ul zot Samarqand viloyat hokimi vazifasini ham bajargan. Şuningdek, sadr va a'lam lavozimlarida ham faoliyat olib borgan. Ul zot asosan fiqh, kalom, usul ilmlarida zamonasining peşvosiga aylanadi. Ul zotning bu sohalardagi bilimini arabu ajam olimlari ham e’tirof etişgan. Qozi Kalonlik amali bölgani holda Şerdor madrasasida fiqhiy ilmlardan dars bergani tufayli, xalq orasida “Qozi-mudarris” şarafli laqabiga ega bölgan. Ul zotning obrösi nafaqat ilm ahli, mahalliy xalq orasida, hatto öşa vaqtdagi kolonial tuzum general-gubernatorlikda ham şul darajada baland ediki, köpgina siyosiy, ijtimoiy işlar ul zotning homiyligida amalga oşirib kelingan. 1896 yilda Rossiya imperiyasining taxt vorisi Nikolay-II taxtga çiqişi munosabati bilan Buxoro amirligidan taklif etilganlar ya’ni Buxoro Amiri Abdulahadxon, taxt vorisi Amir Olimxon, boş vazir Ostonaqul Devonbegi, amir yordamçisi Mir Solixboy kabi ayonlar qatorida Qozi Kalon Sayyid Mir Muhammad Isoxonxoja ham taklif etilib, rus imperatori tomonidan orden va medallar bilan taqdirlanişi ul zotning nufuzi katta ekanidan darak beradi.

Çapdan birinçi: Samarqand viloyati Qozi Kaloni Mavlono Mir Muhammad Isoxonxoja Sadr Razzaviy Musaviy Samarqandiy. çapdan ikkinçi: Ostonaqulbiy Devonbegi. uçinçi: Buxoro amiri Amir Said Abdulaxadxon. törtinçi: Amirning öğli taxt vorisi Said Mir Olimxon. beşinçi: Polkovnik Kuznetsov. oltinçi: Imperiya davlat maslahatçisi Şoxalibekov. orqada çapdan birinçi: Polkovnik Galkin. ikkinçi: Buxoro amirining yordamçisi Mir Soliboy. (Rossiya davlat tarixi arxividagi fotosurat, Moskva-1896 y.)

Qarornoma, "Şöroi Islom" idorasi raisi Sadriy Mullo Muhammad Isoxoja Şirinxoja öğli
Alloma Sayyid Muhammad Isoxonxoja Musaviy Samarqandiy jadidçilarni qöllab quvvatlagan, umrining oxirgi yillarini qiyinçiliklar bilan ötkazgan, 1934 yilda (boşqa manbada 1932 y.) vafot etadi va Şohizinda majmuasidagi yuqori yölakning öng tarafidagi mozorot qismida, ya’ni Şohizinda qabrlarining janub tomonida dafn etiladi. Ul zotga avlodlari tomonidan örnatilgan qabrtoş qozi-mudarrisning akalari Muftiy Sayyid Musoxonxoja, Muftiy Mullo Sayyid Hodixoja va Qozi Sayyid Abdulhayxojalarning qabrlari yonida joylaşgandir.

Şohizinda qabristoni, Maşhadiy Mirakoniy Razzaviy Musaviy sayyidlarning qabrlari, Samarqand.
Mirakoniy sayyidlar sulolasining “al-Musaviy ar-Razzaviy” şohasining maşhur namoyandasi, Samarqand viloyati Qozi Kaloni Sayyid Mir Muhammad Isoxonxoja Samarqandiy tahriri ostida va ul zotning sa’yi harakati bilan ilmi kalom va tavhidga oid xijriy 1326 sana, 1907 milodiy yilda çop etilgan “at-Tamhid bayon ut-Tavhid” asari bilan ul zotning jiyani Muftiy Mullo Sayyid Avliyoxoja Samarqandiy ibn Muftiy Sayyid Musoxonxoja bilan birgalikda yozilgan sayyidlar sulolasi nasabnomasiga bağişlangan “Mulaxxas ul-ansob” kitobi hozirda uşbu zotlarning avlodi bölgan "Turkiston Sayyidlar va Eşonlari" xalqaro Naqobat taşkilotining naqibi Sayyid Ilhomxon ibn Sayyid Ikromxon ibn Sayyid Ibodxon eşon Bahodir Sayyidotoyi Razzaviy Musaviy Husayniy xonadonida bobokalonlaridan meros bölib saqlanib kelinyapti.

«At-Tamhid bayon ut-Tavhid» va «Mulaxxas ul-Ansob» asarlari (1326 xijriy)
Qozi-mudarris Sayyid Muhammad Isoxonxoja kalom ilmi bilan bir qatorda ansob ilmi bilan ham şuğullangan keng qirrali alloma bölganlar. “at-Tamhid bayon ut-Tavhid” asari arab tilida yozilgan bölib, asar muallifi alloma Abduşukur Muhammad ibn Abdusaid Şuayb al-Keşiy al-Hadaniy bölib, uşbu asar kalom va tavhid ilmiga bağişlangan hamda Qozi-mudarris Sayyid Muhammad Isoxonxojaning şarhlari ostida va sa’y-harakatlari bilan naşr etilgan. “Spravoçnaya knijka po Samarkandskoy oblasti, vipusk-VI, 1898 g.” kitobida Qozi Kalon Sayyid Muhammad Isoxonxoja haqlarida uşbular yozilgan: “(Turkiston) ölka boşliği Duxovskiy Samarqanddagi Şerdor madrasasiga taşrif buyurib, boş mudarris Isoxojani faxriy zarçapon bilan mukofotladi. Ölka boşliği tomonidan musulmon oliy maktabi taniqli öqituvçilaridan biriga bölgan bu e’tibori barça mahalliy aholiga katta ta’sir körsatdi”. “Mulaxxas ul-ansob” kitobida Mirakoniy sayyidlar sulolasining nasabnomasi keltirilgan bölib, uşbu sulola asosçisi hisoblangan Sayyid Mir Muhammad Tohir Sadr Maşhadiyning nomlari zikr etilgan. Bu uluğ zot Sayyid Muhammad Isoxonxojaning yetuk ajdodi bölib, Aştarxoniylar sulolasi hukmdori Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon taklifi bilan Maşhaddan Samarqandga köçib kelganlar. Sayyid Mir Tohir Sadr Maşhadiy Samarqandga köçib kelgaç, ul zotni Sayyid Mir Abu Tohirxoja Sadr Samarqandiy deb atay boşlaşgan.

«Tarixi Muqimxoniy» asari, Muhammad Yusuf Munşiy (XVI-XVII-asr)
Aştarxoniylar tarixiga bağişlangan “Tarixi Muqimxoniy” (muallifi Muhammad Yusuf Munşiy) asarida hamda Tojikistonlik maşhur yirik adabiyotşunos va manbaşunos olim, professor, uşbu mirakoniy sayyidlar vakillaridan bölgan Rasul Hodizoda (1928-2010) ibn Sayyid Haydarxon ibn Muftiy Mullo Sayyid Hodixojaning “Xudoyo, xudro bişnosam” nomli kitobida Qozi Kalon Mudarris Sayyid Mir Muhammad Isoxonxoja Samarqandiyning ajdodlari haqida quyidagilar bitilgan: “Aştarxoniy xonlaridan bölgan Nodir Muhammadxon (1594-1651) ning volidai muhtaramasi Sayyida Şahribonu asli Maşhad (Eron) şahridan Musaviy (Imom Muso Kozim r.a.) sayyidlar avlodidan bölib, Aştarxoniy hukmdor Dinmuhammadxon (1564-1599) ibn Joni Muhammadxonning nikohida bölgan. Keyiçalik Nodir Muhammadxon va uning avlodlari özlarini ona tomondan sayyidzoda ekanliklarini bildirib turiş uçun öz ismlari oldigan “sayyid” atamasini qöşib olişgan…”.
Mahdumi A’zamiy sayyidlar naqibi, faxriy şajaraşunos va manbaşunos olim Komilxon Kattayevning “Mahdumi A’zam va Dahbed” kitobida quyidagi satrlar keltirilgan: “…Aştarxoniylar davrida Eronning Maşhad şahridan Buxoroga imomzoda Mir Abu Tolibxoja öz akasi Mir Abu Tohirxoja bilan oldinma-ketin kelib, aştarxoniy Dinmuhammadxonga öz qizi Şahribonu begimni nikohlab bergan. Bu nikohdan aştarxoniy Nodir Muhammadxon tuğilgan. Bu aka-ukalar Mirakoniy uruğlarining asosçilaridir”.
Nodir Muhammadxon Aştarxoniy Buxoro taxtiga ötirgandan söng, Maşhadlik (Eron) toğasi (ya’ni öz volidasi Sayyida Şahribonuning ukasi) Sayyid Mir Abu Tohirxoja Maşhadiy Musaviyni oldiga çaqirib oladi. Nodir Muhammadxon öz toğasiga hurmat va ehtirom körsatib “Sadr” lavozimiga tayinlaydi. Ammo mahalliy amaldorlar orasida fitna çiqib qarşiliklar bölganligi tufayli Nodir Muhammadxon Erondan kelgan toğasini bu siyosiy ziddiyatlardan saqlaş niyatida toğasi Sadr Sayyid Mir Abu Tohirxojani Samarqandga Yalangtöş Bahodir himoyasiga yuboradi. Mir Abu Tohirxoja Samarqand şahrida yaşab qolib, Sadr va Qozi lavozimlarida faoliyat olib boradi. Sayyid Mir Abu Tohirxoja Sadr Samarqandiyning öğli Xoja Mirakşoh Buzurg Sadr ham öz otasi kabi Sadr lavzomiga tayinlangan hamda Samarqanddagi madrasalarda mudarrislik ham qilgan. Keyinçalik Aştarxoniy hukmdor Abdulazizxon (1614-1683) ibn Nodir Muhammadxon farmoni bilan Sayyid Xoja Mirakşoh Buzurg Sadr Samarqandning Qozi Kaloni etib tayinlanadi. Uning uç öğlidan birining ismi Sayyid Mir Sulton Ibrohim Halil (Amir Ibrohim) bölib, Halil tahallusi bilan şe’r va ğazallar yozgan öz davrining taniqli şoiri, qozisi, sadri va mas’ul mansabdorlaridan bölgan. Xoja Mirakşoh Buzurg Sadr Musaviyning avlodlaridan köplab qozilar va qozi kalonlar yetişib çiqqan. Uşbu Mirakoniy sayyidlarning nomi bilan boğliq bölgan Samarqanddagi Registon maydoni orqa tomonidagi katta mahalla “Qozi Kalon” nomi bilan atalib kelinyapti.
Xoja Mirakşoh Buzurg Sadr haqlarida U.Karimov, R.Hodizoda, S.Sa’diyevlarning “Istoriya tadjikskoy literaturi XVI-naçalo XX vv” (“Maorif”, Duşanbe-1988, str.190) nomli kitobida “…XVII asrda fors-tojik tilida ijod qilgan “Muzakkari al-as'hob” asari muallifi, özbek şoiri va adabiyotşunos olimi Maleho Muhammad Bade’ ibn Muhammad Şarif Samarqandiy (1641 y.t.) hijriy 1100 yil, milodiy 1688 yilda fatvo hayyatida xizmat qilardi. Şu vaqtda (ya’ni 1688 yilda) Samarqand Qozi Kaloni Xoja Mirakşoh edi. Ul zot uning (Malehoning) otasi (ya’ni Samarqand muftiysi Muhammad Şarifni) dösti bölib, ul zot şahar qozixonasining fatvo bölimiga mazkur mas’ul vazifaga uni (Malehoni) tayinlagan edi. Şu bilan bir qatorda, mazkur Qozi Kalonning (ya’ni Xoja Mirakşohning) farzandi Amir Ibrohim ham mas’ul mansabdor edi. Amir Ibrohim Maleho bilan döstona munosabatda bölgan. U xonning muhri bilan tasdiqlangan xujjatga asosan (1689 yili) Malehoni Şayboniyxon madrasasiga mudarris etib tayinlaydi. Maleho şahar qozixonasida mas’ul vazifada xizmat qiliş bilan birga Samarqanddagi maşhur madrasada mudarrislik ham qilgan…” (Mirzoyev A. “Muhimtarin sarçaşmai ta’rixi adabiyoti asri XVII”. Şarqi surx, 1940, №5. “ Tazkirai Maleho va ba’ze mas’alaxoi ta’rix”, Şarqi surx, 1946, №1. “Maleho hamçun şe’rfahm va suxansanji asri XVII”. Şarqi surx, 1948, №2) degan ma’lumotlar mavjud.
Tarixçi va manbaşunos olim Komilxon Kattayevning “Samarqand madrasalari va ilmu fan rivoji” (Samarqand, 2003 y. 10-b.) kitobida quyidagi ma’lumotlar mavjud: “Samarqand hukmdori Yalangtöş Bahodir davridan 1917 yilgi Oktyabr töntarilişiga qadar Şerdor madrasasi va Tillakori madrasasidan tuşadigan vaqf mulki daromadining bir qismi Yalangtöş Bahodirning piri Xoja Hoşim Dahbediy (Mahdumi A’zamning nabirasi) avlodlariga hamda bir xujrani esa Samarqand madrasalarining ham Sadorati rahbari Mir Abu Tohirxoja Sadrning (1643-45 yillarda Buxoroda hukm surgan Aştarxoniy sulolasi podşohi Nodir Muhammadxonning Mirakoniy sayyidlar uruğidan bölgan toğasi) avlodlariga berib turilgan. Mir Abu Tohirxoja Sadr vafot etgaç, Çokardizada dafn etiladi. Yalangtöş Bahodir tomonidan Şerdor va Tillakori madrasalarining bir neça joylarida yuqoridagi pirlariga atalgan qasidalar yozilgan…”.
Rossiyaning “Biblioteka drevnix rukopisey” elektron bibliotekasining Özbekiston bilan boğliq tarixiy hujjatlar bölmida “Dokumenti k istorii agrarnix otnoşeniy v Buxarskom xanstve. Vipusk-1. Akti feodalnoy sobstvennosti na zemlyu XVII-XIX v.v. dokument №5. 1630 g. marta 6-aprelya 3. Akt obeleniya imeniya (vasikai mulki xolis soxtan) seyida Mir Muhammad Toxira sina Mir Abulxasana al-Musavi al-Xusayni” vosiqa hujjati keltirilgan bölib, Sayyid Mir Abu Tohirxoja Sadr Samarqandiy ibn Sayyid Mir Abul Hasan Musaviyga tegişli bölgan Aştarxoniylar davlatidagi yer-mulklarning uçdan ikki qismini xon Imomqulixon (1582-1644)ga vosiqa qilinganligini hamda uşbu yer-mulkning Sayyid Mir Abu Tohirxoja Sadrga tegişli bir qismi esa xonlikdagi barça soliqlardan ozod etilganligi bayon qilingan. Yana Rossiyaning “Biblioteka drevnix rukopisey” elektron bibliotekasining Özbekiston bilan boğliq tarixiy hujjatlar bölmida “Dokumenti k istorii agrarnix otnoşeniy v Buxarskom xanstve. Vipusk-1. Akti feodalnoy sobstvennosti na zemlyu XVII-XIX v.v. dokument №17 raqamli vosiqai muqossa (oldi-sotdi) hujjatlarida esa 1700 yil 10-aprel va 9-may kunlarida Mirakoniy sayyidlar ajdodi Sadr Sayyid Mir Ibrohim ibn Qozi Sayyid Xoja Mirakşoh öziga tegişli Samarqandning Şovdor tumanidagi yer mulkni Allohberdi biy parvonaçi ibn Yodgorbiyga 30000 ming kumuş tangaga sotganligi keltirilgan hamda Amirning işonçli vakili deb keltirilgan Mullo Safo ibn Mullo Vafo esa Yorirud tumanidagi Hasanxöja Buxoriy nomli qişloqdagi katta yer-joy mulkni 30000 ming kumuş tangaga Sadr Sayyid Mir Ibrohimga sotganligi bayon etilgan.
Tarixçi olim B.T.Tojiboyev özining rus tilidagi “Deyatelnost natsionalno-politiçeskix organizatsii v Samarkanda 1917-1918” (Nauçnie itogi-2015, RF RAN) nomli ilmiy maqolasida, manbaşunos olim A.M.Malikov “Samarkandskiye reformatori naçalo XX veka: Isaxodja Şirinxodjayev” (XXX mejdunarodniy kongress po istoçnikovedeniyu i istoriografii stran Azii i Afriki, 2019) nomli ilmiy maqolasida ham Qozi-mudarris Muhammad Isoxonxoja (Şirinxöjayev) töğrisida ma’lumotlar keltirgan. 1926 yildagi “Maorif va öqutğuvçi” röznomasining 11-12 sonlarida çop etilgan taniqli yozuvçi Xoja Muin Şukrulloyev (1883-1942) ning “Qozi kaloni Şal va uning bolalari” nomli maqolasida sakson yoşda oşib qolgan Qozi-mudarris Isoxonxoja bilan suhbatlaşgani bayon etilib, ul zotning ajdodlari nomlari ham uşbu maqolada zikr etilgan. Jumladan, muallif Xoji Muin uşbu maqolasida Qozi Isoxonning katta bobolari Sayyid Mir Muazzamxoja öz davrida Samarqandning Qozi Kaloni bölganligini, Amir Şohmurod (1741-1800) taxtga ötirgandan keyin Qozi Kalon Sayyid Mir Muazzamxojani barça aqrobo va oilalari bilan Buxoroga, Xöja Soktare nomli mavzega köçirib yuborganligini, Qozi Kalon Sayyid Mir Muazzamxojaning faqat Sayyid Mir Abunasrxoja degan öğli Samarqandda qolganligini va keyinçalik Amir Haydar taxtga ötirgandan keyin Sayyid Mir Muazzamxojaning oilalari yana Samarqand şahriga qaytib kelganliklari hamda Samarqand qozikaloni bölgan Qozi Şalning avlodlari Mirakoniy sayyidlarga kuyov ham bölganliklari kabi tarixiy ma’lumotlarni bayon etgan. Samarqanddagi mirakoniy sayyidlar haqida yana köplab manbalarda ham ma’lumotlar mavjud.
“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xorijiy xalqaro jamiyati mutaxassislari Mirakoniy sayyidlar sulolasining yetuk namoyandasi bölgan Mavlono Qozi Kalon Mudarris Sayyid Mir Muhammad Isoxonxoja Musaviy Razzaviy Samarqandiyning avlodlarida saqlanib kelinayotgan “Mulaxxas ul-ansob” asarida bayon etilgan mazkur sulola şajarasini tadqiq etişga muyassar böldilar. Uşbu asar sayyidlar şajarasiga bağişlangan bölib, asar xijriy 1326 yilda ya’ni 1907 milodiy yilda Muftiy Mullo Avliyoxoja ibn Muftiy Mullo Musoxonxoja Musaviy Razzaviy Samarqandiy tomonidan yozilgan va Mavlono Qozi Kalon Mudarris Sayyid Mir Muhammad Isoxonxoja Musaviy Razzaviy Samarqandiy rahnamoligida öşa davrdagi Samarqanddagi birinçi naşriyot hisoblangan “Demurf” nomli naşriyot bosmaxonasida toşbosma usulida çop etilgan. Mazkur toşbosma kitob Örta Osiyo hududida ansob (nasab) ilmiga oid noyob asar bölib, unda Payğambarimiz alayhissalomdan boşlab barça maşhur imomlarning şajaralari va ularning farzandlari hamda maşhur avlodlarini ismlari zikr etilgan, şuningdek unda mirakoniy sayyidlar sulolasining asosçisi Sayyid Mir Muhammad Tohirxoja Sadr Maşhadiy Samarqandiyning şajarasi ham keltirilgan. Dunyodagi naqobat taşkilotlari mazkur sulolaning nasabnomasini tadqiq etişgan va tasdiqlaşgan.

Mavlono Qozi Kalon Mudarris Sayyid Mir Muhammad Isoxonxoja Musaviy Razzaviy Samarqandiy avlodlari

Mavlono Qozi Kalon Mudarris Sayyid Mir Muhammad Isoxonxoja Musaviy Razzaviy Samarqandiy avlodlari - Sayyid Hamzaxon oilasi hamda Sayyid Abbosxonning rafiqasi Sayyida Saboxatxon Isoxonxoja qizi öz oilasi bilan, Toşkent ş.
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro jamiyati, I.I.Baxodirov










