Sarvari olam Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Ahli Baytlari töğrisida mulohazalar, 2-qism, Karbalo fojeasi

Nima uçun Ahli baytga, ya'ni sayyidlarga muhabbat qilinadi? Ulamolar aytibdilarki, “Çunki bu din Payğambarimiz alayhissalomning Ahli baytining ya’ni sayyidlarning qoni bilan suğorilgan daraxtdur. Bu dinning ildizlari Ahli baytning qoni bilan suğorilgandur”. Karbalodagi mudhiş Aşuro kunida Hazrati Ali karramallohu vajhahuning öğli Sayyidus-şuhado Imom Husayn (r.a.) (hijriy 61 yil Muharram oyining öninçi kuni, jum’a kuni, 57 yoşda) va ul zotning birodarlari, farzandlari, qarindoşlarining şahid bölişlari bunga yetarli misoldir. Şu sababli ham Payğambar alayhissalomning Ahli baytini yaxşi köriş har bir musulmonga vojibdur.
Daşti Karbaloda Imom Husayn (r.a.) bilan birgalikda 72 kişi şahid bölgan, yana manbalarda keltirilişiça 58 kişi ul zotning tarafdorlari bölganligi uçun Kufada va Karbaloda şahid ketişgan, ularning röyxati quyidagilar:
Hazrati Imom Ali ibn Abu Tolib (r.a.) ning farzandlari:
Abbos ibn Ali
Ja’far ibn Ali
Abdulloh ibn Ali
Amru (Umar) ibn Ali
Usmon ibn Ali
Muhammad Asğar (Abu Bakr) ibn Ali
Hazrati Imom Hasan ibn Imom Ali (r.a.) ning farzandlari:
Qosim ibn Hasan (14 yoşda edilar)
Amru ibn Hasan
Abdulloh ibn Hasan (11 yoşda edilar)
Ahmad ibn Hasan (16 yoşda edilar)
Hasan Musanno (22 yoşda edilar)
Hazrati Imom Husayn ibn Imom Ali (r.a.) ning farzandlari:
Ali Akbar ibn Husayn (30 yoş atrofida edilar)
Abdulloh Roziy (Ali Asğar) ibn Husayn (voyaga yetmagan gödak edi)
Ibrohim ibn Husayn (Ibn Şaxr Aşubning rivoyatiga köra)
Abdulloh ibn Ja’far Tayyor ibn Abu Tolib (r.a.) ning farzandlari:
Muhammad ibn Abdulloh
Avn ibn Abdulloh
Ubaydulloh ibn Abdulloh
Aqil ibn Abu Tolib (r.a.) ning farzandlari:
Muslim ibn Aqil (Karbalodagi birinçi şahid, kufaliklar tomonidan öldirilgan)
Ja’far ibn Aqil
Abdurahmon ibn Aqil (23 yoşda edilar, xotini Xadiça binti Imom Ali (r.a.)
Abdulloh Akbar ibn Aqil.
Abdulloh ibn Muslim ibn Aqil (26 yoşda edilar. Muslim ibn Aqilning öğli, onasi Ruqiyya ibn Imom Ali (r.a.).
Avn ibn Muslim ibn Aqil
Muhammad ibn Muslim ibn Aqil (27 yoşda edilar)
Muhammad Asğar ibn Muslim ibn Aqil (4 yoşda edilar)
Ibrohim ibn Muslim ibn Aqil (6 yoşda edilar)
Muhammad ibn Abi Said ibn Aqil (voyaga yetmagan bola edi)
Uşbu röyxatda Karbalo jangida qatnaşgan Imom Husayn (r.a.)ning Banu Hoşim naslidan bölganlar qarindoşlari nomlari zikr etildi, aniqroği ular Hazrati Payğambarimiz alayhissalomni amakilari Abu Tolibning avlodlari edilar. Karbalo jangida barça Hoşimiylar qatnaşişmagan, masalan, Hazrati Payğambarimiz alayhissalomning amakilari Abbos ibn Abdumutallib avlodlari Karbalo jangida qatnaşmaganlar.
Hazrati Payğambarimiz alayhissalomning bobolari Abdumutallib ibn Hoşimning 12 öğillari bölgan va barçalari Hoşimiylar deb nomlanişadi. Öğillaridan Abdulloh ibn Abdumutallib Hazrati Payğambarimiz alayhissalomning otalari edilar. Abu Tolib ibn Abdumutallib Hazrati Imom Ali karramallohu vajhahuning otalari edilar. Abbos ibn Abdumutallib Hazrati Payğambarimiz alayhissalomning amakilari bölib, uning avlodlari Umaviylar hukmronligidan söng Abbosiylar davlatini taşkil etib islom olamini boşqarganlar. Hamza ibn Abdumutallib Hazrati Payğambarimiz alayhissalomning amakilari bölib, “Allohni şeri” laqabiga ega edilar, Uhud jangida şahid ketganlar. Payğambarimiz alayhissalomning yana bir amakilari Abu Lahab ibn Abdumutallib bölib, u ham Hoşimiylardan edi, lekin unga nasabi va mavqe’yi yordam bermadi, Payğambarimiz alayhissalomga va islom diniga köplab yomonliklar qilgan, iymonsiz holatda vaboga öxşaş dard bilan kasallanib xor bölib ölgan. Uning iymonsiz xotini Umm Jamil, Umaviylardan edi, Abu Sufyon ibn Xarb al-Umaviyning singlisi bölgan.
Hazrati Payğambarimiz alayhissalomning amakilari Abu Tolib ibn Abdumutallibning 4 öğillari bölgan: bular, Imom Ali ibn Abu Tolib, Aqil ibn Abu Tolib, Ja’far Tayyor ibn Abu Tolib va Tolib ibn Abu Tolib (undan avlod qolmagan). Ja’far Tayyorning öğli Abdulloh ibn Ja’far Tayyor bölib, uning xotini Zaynab ibn Imom Ali (r.a.) bölganlar. Zaynab ibn Imom Ali (r.a.) Karbalodagi voqealarni guvohi bölganlar. Ulardan Avn ibn Abdulloh (Karbaloda şahid bölgan), Muhammad ibn Abdulloh (Karbaloda şahid bölgan), Ali ibn Abdulloh va Abbos ibn Abdulloh ismli öğillari dunyoga kelişgan.
Karbalo şahidlaridan 9 kişining onasi Aşuro kuni u yerda öğillarining şahid bölişiga guvoh bölişgan. Ular quyidagilar:
Abdulloh Roziy (Ali Asğar) ibn Husayn, onasi Rubob,
Avn ibn Abdulloh ibn Ja’far Tayyor, onasi Hazrat Ali (r.a.)ning qizlari Zaynab (r.a.),
Qosim ibn Hasan, onasi Romila,
Abdulloh ibn Hasan, onasi binti Şalil Jayliyya,
Abdulloh ibn Muslim, onasi Hazrat Ali (r.a.)ning qizlari Ruqayya (r.a.),
Muhammad ibn Abu Said ibn Aqil, Amr ibn Junoda, Abdulloh ibn Vahabi Kalbiy, onasi Ummu Vahab.
Ali Akbar ibn Husayn; onalari Laylo.
Imomi Ahmad ibn Hanbalning “Musnad”larida quyidagi hadis keltirilgan: Sobit al-Bunaniy (Anas ibn Molikning mavlosi), Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinadi, yomğir yoğişi uçun mas’ul bölgan farişta Allohdan izn olib Payğambarimiz alayhissalomning oldilariga taşrif buyuradi. Şunda Payğambarimiz alayhissalom Umma Salama (r.a.) onamizga qarab “Heçkim kirmasin, farişta keldi huzurimga” deb işora qiladilar, şunda Husayn (r.a.) yoş bola edilar, Husayn (r.a.) heç narsaga quloq solmasdan kirib keladilar va bobolarini yelkalariga osilib oladilar, Payğambar alayhissalom Husayn (r.a.) lablaridan öpib erkalaydilar, şunda farişta “Yo Rasululloh, uni yaxşi körasizmi?” deb söradi, Rasululloh alayhissalom “Ha, yaxşi köraman!” dedilar. Farişta “Yo Rasululloh, bu öğlingizni (nabirangizni) qayerda qatl etilişini körsataymi?” deb söradi va Karbalodan qizil tuproq olib körsatdi va uni Payğambarimiz alayhissalomning kaftlariga töldirib tökdi va “Mana şu tuproq Karbalo degan joyni tuproği, öşa yerda mana şu nabirangiz Husayn şahid qilinadi” deb aytdi”. Payğambar alayhissalom uşbu tuproqni Ummu Salama (r.a.) onamizga bergan ekanlar. Öşa qizil tuproqni Ummu Salama (r.a.) onamiz römollariga tugib saqlab qöyganliklari rivoyat qilingan.
Daşti Karbaloda hijriy 61 yil Muharram oyining öninçi kuni, jum’a kuni ya’ni Aşuro kuni röy bergan soatma-soat voqealar:
Doktor Ahmad Biraşkning Eron taqvimidagi hisobiga köra, Karbalo voqeasi şamsiy taqvim hisobiga binoan, 59-şamsiy yili 21-mehr oyida yuz bergan ekan. Şamsiy sana qamariy sana kabi özgaruvçan emas. Yerning quyoşga nisbatan mavqei sobit va özgarmas bölib, öşa sanadagi Daşti Karbaloning şar’iy vaqtlarini qölga kiritiş bilan, Karbalo fojiasini yozib qoldirgan tarixnavislarning sözlarini soat va daqiqaga aylantiriş mumkin.
Yuqorida aytilgan şamsiy taqvim hisobiga asosan, 61-hijriy sanada Muharram oyining öninçi kuni (Aşuro kuni) röy bergan Karbalo voqeasining soat va daqiqalarini keltirişni lozim topdik (“Karbalo fojeasi”):
Soat 5:47 Bomdod namozi vaqti;
Imom Husayn (r.a.) Bomdod namozidan keyin safdoş yoronlariga nutq sözlab, ularni sabr va jihodga çaqirdilar va söngra:
«Ey Allohim, barça köngilsiz hodisalarda Sen Özing mening tayançiğimsan» – deb duo qildilar. Muqobil tarafda turgan ahd-paymon buzuvçi kufaliklar esa Umar ibn Sa’dning orqasida turib uning peşnamozligida namoz öqişdi va bomdod namozidan keyin ular qöşinlarni saflaş va kuçlarni joylaştirişga kirişdilar.
Ertalab soat 6 atrofida;
Imom Husayn (r.a.) duşman orqadan hujum qilişining oldini oliş uçun çodirlarning atrofida xandaq qazib, uni tikan butalari bilan töldirib söng uni yoqişni buyurdilar.
Soat 7:06 kun çiqiş payti;
Kun çiqişidan bir oz ötgaç, Imom Husayn hazratlari yaxşiroq körinişlari uçun tuyaga minib, söng Kufa qöşini tomon yöl oldilar va baland ovoz bilan ularga xutba öqidilar. Xutbada özlarining, ota va akalarining xislat va fazilatlarini hamda Kufaliklar ul hazratga maktub yozganlarini ularga eslatdilar. Hatto Kufa qöşinining bir neça boşliqlarini tilga olib, Hajjor ibn Abjar va Şabas ibn Rib’iydan sizlar meni da’vat qilmaganmidilaring?,-deb söradilar. Ular inkor etişdi. Şunda Imom Husayn (r.a.) ularning maktublarini özlari tomon otib yuborib, ularga hujjatni tamom qilgani uçun Alloh taologa şukr qildilar.
Imom Husayn hazratlariga qarşi turgan duşman boşliqlaridan biri ul zotdan söradi: «Nima uçun u Ubaydulloh ibn Ziyodning hukmini qabul qilmaysiz va ularni Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallam farzandi bilan töqnaşiş isnodidan qutqazmaysiz?»
Uşbu savolning javobida Imom Husayn (r.a.) özlarining yoruğ yölni körsatuvçi maşhur kalomlarini baralla bayon qilib dedilar:
«Ogoh bölingizkim, pastkaşning öğli bölmiş pastkaş kimsa meni ikki yöl örtasida birini tanlaşga undadi; qiliç tortib ölim bilan yuzlaniş yoki xorlikni qabul qilib unga tan berişni! Zillat-xorlik bizdan yiroqdir!».
Imom Husayn (r.a.)ning nutqlari taxminan yarim soat davom etdi.
Ertalab soat 8 atrofida;
Imom Husayn hazratlarining nutqlaridan söng, ul zotning bir neça safdoşlari, jumladan «Sayyidul Qurro», ya’ni kufalik Qur’on hofizlarining sarvari bölmiş Burayr ibn Haziyr va bir rivoyatga köra, Zuhayr bin Qayn Bajaliy duşman qöşiniga Imom Husayn (r.a.)ning nutqlariga öxşaş sözlarni aytdilar.
Zuhayr va Burayrlarning sözlaridan keyin Imom Husayn (r.a.) tarixda maşhur bölgan faryod tariqasidagi sözlarini:
«Menga yordam beradiganlar bormi?» baralla aytdilar. Şunda bir neça kişi, jumladan Hur ibn Yazid Riyoxiy şubhaga tuşdilar.
Uruş keskinlaşayotganini körgan boşqa ayrim kişilar ham Kufa qöşinidan qoçib ketgan bölişi muhtamaldir.
Ertalab soat 9 atrofida;
Bu soatda edi, zolim Şimr ibn Ziljuvşan, mal’un Umar ibn Sa’dga: nega uruşni keçiktiriyapsan?, deb qöpollik qildi. Oxir-oqibat, Umar ibn Sa’d uruşni boşlaşga rozilik bildirdi. Söngra uning özi birinçi öqni Imom Husayn hazratlarining qöşini tomon uzib, özining laşkarlariga qarab:
“Men birinçi öqni uzganim töğrisida Ubaydulloh ibn Ziyod huzurida guvohlik beringlar” dedi.
Umar ibn Sa’d tomonidan öq uzilganidan söng Kufa qöşinining öqotar kamondorlari birgalikda öq ota boşlaydilar.
Imom Husayn (r.a.) safdoşlariga qarab: «Bular bu qavmning vakillaridir. Qabul qilişdan özga çora bölmagan ölimga tayyor bölinglar» dedilar. Uşbu öq otişlar natijasida Imom Husayn hazratlarining qöşinlaridan bir neça nafari öldirildilar. Kamon otişmalarida ölganlar soni bilan birinçi hamlada ölganlarning soni manbalarda 50 kişigaça bölganligi qayd aytilgan.
Ertalab soat 10 atrofida;
Otişmadan söng, Kufa qöşinidan bölgan Ziyod ibn Abiyhning quli Yasor va Ubaydulloh ibn Ziyodning quli Solim uruşning avvalida yakkama-yakka jang qiliş uçun çiqişdi.
Abdulloh ibn Umayr Imom Husayn (r.a.)dan jangga çiqişga ruxsat söradi. Şunda ul hazrat unga qarab: «Öldiruvçi raqibsan deb öylayman»,-dedilar. Abdulloh ikkalasini ham yer tişlatib, jahannamga ravona ayladi, ammo çap qölining barmoqlari kesildi.
Uşbu yakkama-yakka jangdan keyin Kufa qöşinining har tomonlama hujum qilişi boşlandi. Dastlab, Hajjor Imom Husayn (r.a.) qöşinining öng qanotiga hujum qildi, lekin Habib ibn Muzohir va uning hamrohlari ularga qarşi turişdi va yerga tiz çökib hujumni nayza bilan daf qilişdi. Şu paytning özida, Şimr ibn Ziljuvşan Imom Husayn (r.a.) qöşinining çap qanotiga hujum qildi. Zuhayr ibn Qayn va uning hamrohlari bosqinçilarga qarşi jangga kirişdi. Bu hujumda mal’un Şimrning özi ham yaralandi.
Kufa qöşinining har ikkala qanoti ortga çekingaç, nobakor Umar ibn Sa’d yana 500 nafar öqotarni jang maydoniga yubordi. Ular yana bir bor Imom Husayn (r.a.) qöşinini öqqa tutişdi. Uşbu kamon otişlar natijasida Imom Husayn hazratlarining safdoşlaridan bir guruhi şahid bölişdi.
Tarixnavislardan Ibn A’sam «Al-Futuh» kitobida bu hujumlarda şahid bölganlar sonini 50 nafar va Ibn Şahr Oşub esa 38 kişi deb keltirgan.
Mal’un Şimrning bir guruh qöşini orqa tomondan Imom Husayn hazratlariga hujum qilmoqçi bölişdi. Biroq ular olov yoqilgan xandaqqa duç kelişdi. Şunda Zuhayr va yana 10 kişi duşman askarlariga hamla qilişdi.
Ertalab soat 11 atrofida;
Bu hujumlardan söng, Imom Husayn (r.a.) öz safdoşlariga birma-bir jang maydoniga boriş uçun izn berdilar. Safdoş yoronlar özaro şunday kelişib olgandilar; toki ular tirik ekanlar, bani Hoşim toifasidan heç kimga jang maydoniga çiqişga yöl qöymasinlar.
Göyo ular Alloh yölida şahid böliş uçun bir-birlari bilan musobaqalaşayotgandek edilar. Ularning ba’zilari Imom Husayn (r.a.) nigohlari (nazarlari) barobarida şahid bölişdi. Birinçilardan bölib şahid bölganlardan biri taqvoli, parhezkor va keksa yoşli Burayr ibn Haziyr Xamdoniy edi.
Bir marta Imom Husayn (r.a.)ning as'hoblaridan yetti nafar duşmanning qurşovida qolişdi. Hazrati Abbos ibn Ali (r.a.) duşmanning qamalini sindirib, ularni qutqardilar.
Soat 12:50 Zuhr (peşin) azoni vaqti;
Habib ibn Muzohir zuhr (peşin) azoni vaqtida şahid böldi. Imom Husayn (r.a.) as'hoblariga xitob qilib dedilar: «Bir kişi Umar ibn Sa’d yoniga borib u bilan muzokara qilsin va zuhr (peşin) namozi uçun uruşni töxtatişni undan sörasin». Şunda Kufa qöşinidan bir mal’un şaxs faryod etib: «Sizlarning namozingiz qabul bölmaydi!» dedi.
Habib unga javoban: «Ey tentak, sizlarning namozingiz qabul böladi-yu, ammo Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallam farzandining namozi qabul bölmaydi, deb öylaysanmi?» dedi-da, u bilan uruşişga çiqdi. Biroq Kufa qöşinidan öşa mal’un şaxsning yordamiga kelişdi va oqibat, bu qonli töqnaşuvda Habib bin Muzohir şahid böldi.
Imom Husayn (r.a.) Habibning şahid bölişidan ta’sirlanib, ilk marotaba Aşuro kunida yiğladilar va osmonga qarab: «Ey Allohim, özimning jonimni va döstlarimning jonini Sening hisobingga qöyaman» dedilar.
Imom Husayn (r.a.) peşin va nafl namoz «xavf namozi»ni öqidilar. Safdoşlardan bir guruhi Imom Husayn hazratlariga iqtido qilib namoz öqidilar va qolganlari esa uruşişga kirişdilar. Zuhayr ibn Qayn va Sa’id ibn Abdulloh Hanafiy özlarini imom Husayn (r.a.) uçun qalqon qilişdi. Tarixnavislarni yozib qoldirişlariça, Sa’id ibn Abdullohga 13 öq va nayza qadaladi va oqibat u şahid böladi.
Tuşlik vaqti soat 13:00 atrofida;
Imom Husayn (r.a.)ning safdoş as'hoblaridan öttiz kişi namoz vaqtiga qadar tirik edilar va bu soatdan keyin şahid böldilar, jumladan Zuhayr va Hurlar. Ul hazratning yoronlari jang maydonida biri-ketin şahid bölganlaridan söng, navbat Bani Hoşimga yetib keldi.
Bani Hoşimdan birinçi bölib jang maydoniga çiqqan kişi Imom Husayn (r.a.)ning öğillari Hazrat Ali Akbar edilar. Ibn A’sam «al-Futuh» nomli kitobida Abdulloh ibn Muslim ibn Aqilni Bani Hoşimning birinçi şahidi deb keltirgan. Abdulloh ibn Muslim (r.a.) nomardlarça öldiriladi. Uning şahid bölişi Bani Hoşim yigitlariga oğir botdi. Ular birgalikda otliq holda duşmanga hamla qildilar, ammo Imom Husayn (r.a.) ularni tinçlantirib:
«Ey amakivaçilarim, ölimga sabr qilinglar. Allohga qasamki, bundan söng siz heç bir xorlik va zillat körmagaysiz»,- dedilar.
Soat 14:00 atrofida;
Imom Husayn (r.a.) safdoşlarining hammasi şahid bölgaç, bani Hoşim erkaklari birin-ketin jang maydoniga yöl oldilar. Ular jon-jahdlari bilan uruşgaç, hammalari şahid bölişdi. Tarixda Bani Hoşim erkaklaridan şahid bölganlar soni 28 kişi ekanligi qayd etilgan.
Oqibat Imom Husayn (r.a.) va Hazrati Abbos ibn Ali (r.a.) yolğiz qoldilar. Hazrati Abbos (r.a.) Imom Husayn hazratlaridan jang maydoniga çiqişga ruxsat söradi, ammo Imom Husayn (r.a.) unga ayol va bolalarga suv yetkazib berişni buyurdilar. Duşman ikki aka-ukaning örtasiga oraliq soldi.
Dovyurak Abbos ibn Ali (r.a.) ayollar va bolalarga suv meşini yetkazib beriş uçun butun şijoatlari bilan harakat qilayotib, duşman qöşini qamalida qoladilar va oqibat ul zotning ikki qöllari kesiladi hamda temir gurzi bilan boşlariga urişadi. Şunda ul hazrat otdan yerga qulaydilar va baland tovuş bilan akalarini çaqiradilar:
“Ey birodarim, ey Husayn, mendan sizga salom bölsin. Ey birodarim, birodaringizni qutqaring!”
Şu payt Hazrati Husayn (r.a.) sarosima holda özlarini yaşin yangliğ birodarlarining bölaklarga bölingan jasadiga yetkazdilar. Ul hazrat birodarlari Abbos ibn Ali (r.a.)ni Furot daryosi qirğoğida çanqagan, qoniga belangan va ikki qöli kesilgan holda kördilar. Birodarlarining bölak-bölaklarga bölingan badanini körib, Imom Husayn (r.a.) ikkinçi marta yiğlab:
«Voy birodarim, voy Abbosim! Endi belim sindi, çorasiz böldim va umidim uzildi»,- dedilar.
Duşman Imom Husayn hazratlarini körib bir oz orqaga çekindi.
Soat 15:00 atrofida;
Imom Husayn (r.a.)ning muborak közlaridan yoş oqqan holda oilalari bilan vidolaşiş uçun çodirlar tomonga qaytib keldilar. Va şuningdek, kuylaklarini yirtib egnilariga kiydilar, toki duşmanlar ğorat qiliş payti kuylakni yeçib olib ul hazratni yalanğoç qilmasinlar deb. Imom Husayn hazratlari Ahli-Baytlari bilan vidolaşiş vaqti özlarining Ali Asğar (Abdulloh Roziy) ismli sutemar gödaklarini suvga qondiriş uçun jang maydoniga eltdilar. Ammo duşmanlar bolaga suv beriş örniga Allohning la’natiga uçragan Harmala ismli şaxs gödak bolaga öq otiş bilan şahid etdi.
Şunda Imom Husayn (r.a.) osmon sari yuzlanib: «Ey Allohim, agar yordamingni bizdan dariğ tutsang, uning barobarida biz uçun yaxşiroq bölgan narsani ato etgin»,- dedilar.
Imom Husayn (r.a.) jang maydoniga çiqdilar, lekin ul hazrat bilan bellaşişga jur’at qilganlar juda oz edi. Ayrimlar ul hazratga öq uzardilar, ba’zilar esa uzoqdan turib nayza otardilar. Şimr va ön kişi Imom hazratlari bilan uruşişga kelişdi. Uşbu jangda Imom Husayn (r.a.) köplarni qiliçdan ötkazib, dözaxga ravona ayladilar. Oqibat ul hazrat yakkayu yolğiz holda Alloh taoloning huzuriga yöl olib şahid böladilar. Imom Husayn (r.a.) şahid bölganlaridan söng, ul zotning muborak badanlarida 33 nayza jarohati va 34 ta qiliç jarohati bor edi.
Tarixnavislar yozişiça, Imom Husayn (r.a.) şahid böliş arafasida edilar, ammo heç kim ul hazrat tomoniga borişga jur’at etolmasdi. Ul zotning Ahli-Baytlari Zuljanoh ismli tulporlarining kişnaşini eşitib, çodirlardan taşqariga yugurdilar. Şu payt Abdulloh ibn Imom Hasan (r.a.) ismli gödak jiyani yugurib, qatlgoh tomonga keldi-da, özini amakisi Imom Husayn (r.a.)ning quçoğiga otdi. Ammo u vijdonsiz razillar gödak bolaga rahm qilmay amakisining quçoğida öldirişdi. Imom Husayn hazratlari qattiq ranjib çuqur qayğuga botdilar va kufaliklarni qarğab:
«Ey Allohim, osmon yomğiriyu yer ösimliklarini ulardan ol»,- dedilar.
Soat 16:06 Asr namozi vaqti;
Tarix kitoblarida Imom Husayn (r.a.)ning şahid böliş vaqtlari asr namozi vaqti deb aytilgan. at-Tabariy kitobida yozişiça, mal’un Umar ibn Sa’d qöşini orasidagi voqealarni yozuvçi Hamid bin Muslim Imom Husayn (r.a.)ning şahid bölişlarini quyidagiça bayon qilgan:
Husayn ibn Ali (r.a.)ning öldirilişidan oldin uning uşbu sözlarni aytayotganini eşitdim:
«Allohga qasamki, mendan keyin biror odamni öldirmaysizki, Alloh uning öldirilişidan meni öldirişdan köra köproq sizlarga ğazab qilsin».
Söngra aytadi: Keyin Şimr askarlarga qarab: «Sizlarga voy bölsin, nimani kutmoqdasiz?! Onalaring azangizda yiğlasinlar, uni öldinglar!»,- dedi.
Uning aytişiça, şu paytda Sinon ibn Anas Imom Husayn (r.a.)ga harba qilib ul hazratning badaniga nayza suqdi.
Soat 17:00 atrofida;
Imom Husayn (r.a.)ning şahid bölişlaridan söng duşman qöşinining bir guruhi ul hazratning kiyimlarini talon-taroj qilişdi. Söngra Imom Husayn (r.a.) va ul hazrat as'hoblarining mol-mulklarini jamoa bölib talon-taroj qilişni boşlaşdi. Umar ibn Sa’d bir muddatdan söng ğorat qilişni töxtatişni buyurdi.
Basralik Suvayd ibn Amru ibn Abi Muto’ ismli şaxs Imom Husayn (r.a.) şahid bölganlaridan keyin Karbaloga yetib kelib ul zotning ahli oilalarini himoya qiliş uçun jang qildi va oqibat bu ayovsiz qonli töqnaşuvda oxirgi şahidlardan biri böldi.
Kun botişiga oz qolgandi. Imom Husayn (r.a.)ning muborak boşlarini şafqatsizlarça tanidan judo qilib şu keçaning özidayoq Ibn Ziyod huzuriga eltiş uçun mal’un Xuvliyga berişdi. Söngra Umar ibn Sa’dning buyruği bilan Imom Husayn hazratlari va as'hoblarining suyaklarini ham yançib-ezib taşlaş uçun ularning pok-mutahhar badanlari ustidan otlarni çoptirişdi.
Soat 18:49 Mağrib (Şom) azoni vaqti;
Duşman jangçilari Kufa qöşinining ölganlarini töplaydilar, Aşuro kunining qayğuli voqeasi mana şunday tugaydi; Holbuki, Umar ibn Sa’d Şom namozini jamoat bilan öqişga buyurayotgan vaqt Sinan ibn Anas odamlar orasida yugirib:
«Otim (tulporim)ning yugani va egarini oltindan qilingiz, çunki, men eng yaxşi odamlarni öldirdim» deb va’zu rajaz öqirdi.
Tarixçilarni qayd etişlariça, keyinçalik bu Karbalo voqeasida qatnaşgan duşman jangçilardan tortib ularning boşliqlarigaça hammasi bedavo kasalliklarga duçor bölib, devona bölib, yomon intiqom topib, xoru-zorlikda ölib ketişgan.
«Ogoh bölingizkim, Allohning la’nati zolimlargadir» (Hud surasi, 18-oyat)
«Zulm qilganlar (zolimlar) esa, tezda (yaqinda) qaysi ağdariliş joyiga ağdarilişlarini bilurlar» (Şuaro surasi, 227-oyat)
Alloh taolo Karbaloda şahid ketgan Payğambarimiz alayhissalomning nabiralari Imom Husayn (r.a.)dan va jumla ahli-baytlaridan hamda şahid ketgan barça safdoş as'hoblaridan rozi bölsin. Va sollallohu a’la sayyidina va nabiyyina mavlana Muhammad va a’la alihi va azvajihi va zurriyatihi va abvabihi va as'habihi ajma’in bi rohmatika ya arhamar rohimiyn. Amiyn.
Foydalangan manbalar:
“Tafsiri Hilol”, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Buxoriy, “Sahih al-Buxoriy”. Termiziy, “Sunani Termiziy”
Termiziy 5/3786, 3788; Nasoiy 5/8148, 8464; Tabaroniy “Möjam al-avsat” 3/3439, 4/3542; “Möjam al-kabir” 3/2678-2683
“Musnad” Ahmad ibn Xanbal.
Ibn Hajar, «As-savoiqul muhriqah», Misr, «Maktabatul Qohira».
Şabroviy, «Ithof». Hamzoviy, «Maşoriq».
Zarqoniy, «Al-mavohib». Sabbon «Al-is’of»
Bakir Yulduz, “Karbalo fojeasi”, Çölpon naşriyoti, Toşkent-93.
Qölyozma nasab şajaralarning gözal sözboşilarida keltirilgan ma’lumotlar.
"TURKISTON SAYYIDLARI va EŞONLARI" xalqaro taşkiloti, Sayyid Ilhomxon Baxodir










