Sarvari olam Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Ahli Baytlari töğrisida mulohazalar , 1-qism, Ahli Baytning fazilatlari.

Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Ka’b ibn Ujra (r.a.)dan rivoyat qiladilar: Payğambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytildi, “Qanday qilib Sizga salovat aytaylik?”, Payğambar alayhissalom aytdilar, “Aytinglar, Allohumma solli a’la Muhammad va azvajihi va zurriyatihi, kama sollayta a’la oli Ibrohim va barik a’la Muhammad va azvajihi va zurriyatihi, kama barokta a’la oli Ibrohim innaka hamidum majiyd”, dedilar.
Bu xil salovot aytişni hazrat Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning özlari musulmonlarga örgatganlar. Quyidagi oyati karima:
«Albatta, Alloh va uning fariştalari Nabiyga durudu salovot ayturlar, ey iymon keltirganlar! Siz ham Payğambarga salovot ayting va salom yuboring» (Ahzob surasi, 56-oyat), nozil bölganda musulmonlar «Yo Rasululloh, Sizga qanday salovot aytaylik?» deb söraşdi. Ul zot:
«Menga noqis va kesik salovot aytmanglar» - deb marhamat qildilar. (Ibn Hajar, “As-savoiqul muhriqah”).
Sarvari olam Muhammad Mustafo alayhissalom Ahli-Baytlarining martabasi şu darajada yuksakdirki, Imom Şofi’iy özining maşhur şe’rida bu haqda şunday deydi:
«Ey Rasulullohning xonadoni ahli, sizlarni sevmoq Alloh tomonidan bölib, uni Qur’onda nozil qilgandir. Sizlarning martabangiz yuksakligida şu narsa yetarliki, kimki sizlarga (namozida) durudu salovot aytmasa, uning uçun namoz yöqdir».
Şunga binoan salovotda “ol” (ahli bayt)ni ham qöşib aytişimizni Imom Şofi’iy hazratlari farz deganlar. Şuning uçun muhaddislar tomonidan rivoyat qilingan hadisi şarifda: “Kimki namoz öqib, menga va mening ahli baytimga salovot aytmasa, undan namozi qabul etilmaydi”, deyilgan (Bayhaqiy 2/3783; Tabaroniy 6/5699). Imom Jaloliddin Suyutiy “Jome’ al-ahodis” asarida hatto salovot aytilmasa duo ijobat bölmasligi haqidagi hadisni zikr qilgan (Suyutiy 13/12412, 12417).
Namozdan keyin Ahl-baytga salovot aytilmasa kişini namozi yöqqa çiqarkan, bunga e’tibor kilişimiz va namozlarimizda albatta salovot aytişimiz şart böladi. Ibodatlarimizning eng a’losi bölgan namozda suyukli Payğambarimiz alayhissalomning “ol”lari ya’ni “ahli bayt”lariga salovot aytişimiz, ularning hurmati naqadar uluğ ekanligini bildiradi.
Afsuski ayrim namozxonlarimiz namozlarida Sarvari olam Muhammad Mustafo alayhissalomning Ahli-Baytlariga salovot aytişadiyu lekin ul zotning hozirgi avlodlari bölgan sayyidlarga be’hurmatda bölişadi, masxara qilişadi. Buni oqibati yomon böladi. Alloh ularga hidoyat berişini sörab qolamiz.
Sahih hadisi şariflarda kelgan rivoyatlarga qaraganda, Payğambarimiz alayhissalom Imom Hasan va Imom Husayn (r.a.)larni sayyid deb ataganlar. Hazrati Ali karramallohu vajxahu ham Imom Hasan (r.a.)ga qarab: “Bu öğlim sayyiddur!” deganlar. Uning singlisini ya’ni Zaynab (r.a.)ni Payğambarimiz alayhissalom sayyida deb ataganlarini Imom Bayhaqiy öz hadislarining birida zikr qilib ötgan. Payğambarimiz alayhissalomning avlodlarini sayyid yoki sayyidzoda deyiş ul zotning özlaridan qolgan.
Heç şak-şubha yöqqi Payğambarimiz alayhissalomning Ahli bayti ya’ni Sadat (sayyidlar)ning huquqlari mavjud bölib, quyidagi huquqlar böyiça ummatdan heçkim ularga şerik böla olmaydi: Uşbu huquqlar quyidagilar –
“Muhabbatuhum” - sayyidlarni yaxşi körişlik. Ya’ni ularni hamma yaxşi körişi kerak.
“Taqdiruhum” – sayyidlarni taqdirlaş, mukofotlaş.
“Muvalatuhum” – sayyidlar bilan muvaffaq keliş ya’ni döst böliş.
“Assolatu alayhim” – ularga namozda yo boşqa joyda salovat aytiş. Ahli baytga salovat aytilmasa öqigan namozi mukammal bölmaydi. “Allohumma solli a’la Muhammad va a’la alihi va as'habihi ajma’in” deb töliq aytilsa mukammal salovat böladi.
Imom Termiziy hasan hadis deb Zayd ibn Arqam (r.a.)dan rivoyat qilgan hadisi şarifda Payğambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilgan edilar: “Şak yöqki, men sizlarga ikkita (qimmatli) narsani taşlab ketayapman. Madomiki ul ikkisini mahkam uşlarkansiz, mendan söng hargiz zalolatga ketmaysiz. Ikkovidan birinçisi keyingisidan uluğroqdir: (birinçisi) Allohning kitobi – osmondan yergaça çözilgan arqondir va (ikkinçisi) Ahli baytim – mening avlodimdir. Ikkovi havzi Kavsarga kelgunça ayrilmagay. Demak, ikkovi borasida menga qanday xilof qilayotganingizga qaranglar!” (Termiziy 5/3786, 3788; Nasoiy 5/8148, 8464; Tabaroniy “Möjam al-avsat” 3/3439, 4/3542; “Möjam al-kabir” 3/2678-2683).
Imom Daylamiy esa Abdurrahmon ibn Avf (r.a.)dan rivoyat qilişiça, Rasuli Akram (s.a.v.): “Sizlarga avlodimga yaxşilik qilişni vasiyat qilaman!” degan ekanlar, Imomi Hokim bu hadisni sahih deganlar (Hokim 2/2559).
Imomi Qurtubiy rivoyat qiladilar: Payğambar alayhissalom aytdilar, ya’ni 3 marotaba takrorlab aytdilar: “Uzakirikumulloh fi Ahli bayti!” ya’ni “Men Sizlarga Ahli baytim borasida Allohni eslataman!” deganlar.
Musulmonlar, sahobalar kelib “Yo Rasululloh Sizni maxzun köryapmiz, dunyo yiğib beraylikmi? Nima qilaylik?” deganlarida, mana şu gapni aytganlar. Ya’ni “Uzakkirukumulloh fi Ahli bayti!” ya’ni “Men Sizlarga Ahli baytim borasida Allohni eslataman!” deganlar.
Mana şunday sabablarga köra butun ummati islomiyya sayyid va sayyidzodalarni hurmat va izzat qilib kelgan. Qadrlarini yuksak bilib, benihoya uluğlaganlar. Payğambarimiz alayhissalomning çevaralari Imomi Zayn ul-Obidin hazratlari buyuk sahobiy Ibn Abbos (r.a.)ning oldilariga kirsalar, ul zot: “Marhabo, ey Habib ibn al-Habib!” deb kutib olişlari naql qilingan. Bir kuni sahobalarning uluğ olimlaridan biri Zayd ibn Sobit (r.a.) qaysidir janoza namozida qatnaşib, yaqinida turgan xaçirga çiqmoqçi bölganlarida Ibn Abbos (r.a.) hazratlari uzangisini tutdilar. Zayd ibn Sobit (r.a.) “Ey, Rasulullohning amakivaççasi, qöying, qöying...” dedilar. Şunda Ibn Abbos (r.a.): “Ulamo va kubarolarga şundoq munosabatda bölişlikka buyurilganmiz”, dedilar. Zayd ibn Sobit (r.a.) bölsa, Ibn Abbos (r.a.)ning qöllaridan öpdilar va yuzlariga surtdilar-da, “Biz Payğambarimiz Ahli baytiga mana şunday muomalada bölişga buyurilganmiz”, dedilar.
Payğambarimiz alayhissalomning Ahli baytlaridan bölgan sayyidlar agar birorta noşar’iy iş qilayotgan bölsalar, ularni şarafli nasablari e’tiboridan hurmat qilgan holda, ularga yaxşilik bilan tuşuntiriladi, qilmişining noşar’iy ekanligi aytiladi. Amri ma’ruf va nahiy munkar qilinadi. Öz davrining yirik ulamolaridan va nasabşunos olimlaridan bölgan Imom Faxriddin Roziy özining “At-Taşrih” asarida bunday deb aytgan: “Ulamolar ittifoq qilişganki, Alaviyning (ya’ni Payğambar alayhissalom avlodining) şarafi gunoh va isyonni takror qilişligi bilan zoil bölmaydi. Çunki, uning şarafi Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning şarafidandir! Boşqa kimsalarning şarafi esa nahiy işlarni qilişligi bilan yöq bölib ketadi”. Payğambarimiz alayhissalomning avlodlari qilmişi yoki e’tiqodi jihatidan emas, asosan, nasab şajarasi, ya’ni, Payğambar alayhissalomga avlod bölganligi sababidan hurmat qilinişi lozim va lobud böladi.
Imomi Hokim Abdulloh ibn Abbos (r.a.)gaça bölgan sanad bilan uşbu rivoyatni keltirganlar: Payğambar alayhissalom aytdilar “Ey Abdumutallib oilasi Men sizlar uçun Allohdan 3 narsani söradim, Sizlarni qoyim turganlaringizda sobit qilişini söradim, adaşib yurganlaringizni töğri yölga boşlaşini söradim, va bexabar yurganlaringizni ilmli qilib qöyişini söradim. Va sizlarda Allohdan yana 3 narsani söradim, Javda (Sahiy) va Nujada (Qörqmas) va Ruhama (Rahmli) bölişliklaringni söradim” dedilar. Bu Ahli baytning belgilaridir. Ya’ni Ahli baytning birinçi belgisi bu –
“Javda” – ya’ni Ahli bayt sahiy böladi.
“Nujada” – Ahli bayt qörqmas, dovyurak böladi.
“Ruhama” – Ahli bayt rahmli böladi.
Kim Ahli baytdanman desa, lekin unda uşbu belgilar bölmasa, u sayyidman deb da’vo qilsa, işonmang. Çunki Ahli bayt ya’ni sayyidlar bahil, qurqoq, berahm bölmaydilar!
Yana Payğambarimiz alayhissalom dedilar: “Bir kişi Ka’bani atrofidagi rukn bilan Maqomi Ibrohim orasida tursa, rözador bösa va namoz öqisa, söngra vafot qilib Allohga yöliqsa, u Muhammad alayhissalomning Ahli baytini yomon köradigan odam bölsa, u odam dözaxga kiradi” dedilar. Ya’ni namoz öqiydi, röza tutadi, Ka’bani ziyorat qiladi, lekin Payğambarimiz alayhissalomning Ahli baytini sayyidlarni yomon köradi, u odam dözaxga kiradi, namozi ham, turgan joyi ham unga yordam bermaydi, dedilar.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan sahih hadisda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Eng katta yolğon-uydurma – kişi özini otasidan boşqaga nisbat qilmoğidir!”. Yana bir boşqa hadisi şarifda: “Bir kimsa bilib turib, otasidan boşqani (ota deb) da’vo qilsa, u kufroni ne’mat keltiribdi” deganlar. Yana bir hadisda esa: “Kimki otasidan boşqani da’vo qilsa, bas, unga jannat haromdir!”, deyilgan. Yana bir boşqa hadisda: “Unga Alloh, fariştalar va odamlarning la’nati bölsin!” deb ta’kidlangan.
Şuning uçun ham qadimdan adolatli qozi-kalonlar, qozilar, naqibu naqabalar, nasab şajaralarini tasdiqlab berişda nihoyatda ehtiyotkor bölişgan. Naqiblar (ya’ni şajaralarni tadqiq etuvçi nasabşunos-nazoratçilar) sayyidlikka da’vogarlarning nasablarini qadim ansob (nasab) ilmiga oid asarlar va manbalar bilan mukammal soliştirgan holda tadqiq va tahlil etgandan sönggina öz muhrlari bilan tasdiqlab berganlar. Ozginagina dalil topib, odamlarning sayyid, xöja yo eşon deyişlariga uçib, özlarini Payğambar alayhissalomning Ahli baytidanman deydiganlarning da’volarini tasdiqlaşda juda ehtiyot bölganlar. Jumladan, bir kuni Abdurahmon Jomiy hazratlarining oldilariga bir kimsa kelib, öz şajarasini körsatibdi. “Men şarif sayyidzodaman! Mana, köpgina uluğ va maşhur zotlar ham öz muhrlari bilan şajaramni tasdiqlaşgan. Siz ham bu şajarani tasdiqlab berişingiz kerak”, debdi u. Abdurahmon Jomiy hazratlari qarasalar, öşa sayyidzodalikka da’vo qilayotgan kimsa, Allohning kalomi – Qur’oni karimni öqib biliş u yoqda tursin, kötarib olgan öz şajarasidan biror harfni ham öqiy olmas ekan. Şunda Jomiy hazratlari: “Kel, mayli! Şajarangni tasdiqlab yozib beraman”, debdilar-da, nasabnoma-şajarasini olib, tagiga uşbu ruboiyni yozib bergan ekan:
Onroki, buvad nuri nabiy dar başara,
Hojat nabuvad ba-tuli arzi şajara.
Onroki, natobad in nuri sara,
Şajara nadihad ba-ğayri la’nat samara.
Mazmuni: Başaralari (yuzlari)da Payğambar alayhissalomning nurlari bölgan zotlarga şajaraning uzun-kengligiga hojat bölmaydi. Uşbu sara va pokiza nur butun vujudlari va a’mollaridan balqib turmas ekan, şajara la’natdan boşqa samara bermagay!.
Şuning uçun Payğambar alayhissalomning Ahli baytlariga mansub kimsalar özlarini doim şunga loyiq va munosib ekanliklarini tasdiqlab, şarofatlik iymon va islom yölida, e’tiqodu amalda, zuhdu taqvoda va jami yaxşiligu ibodatlarda boşqalarga ibrat, örnak va namuna bölişlari lozim böladi.
Hanafiy mazhabining mötabar kitoblaridan biri bölgan “Radd ul-Muhtor” sohibi özining Payğambarimiz alayhissalom avlodlari töğrisida yozgan risolalarida qiyomatda Payğambar sollallohu alayhi vasallamga avlod böliş şarafi foyda beradimi yoki yöqmi, degan savolga javob berib, şaksiz bu narsa foyda beradi. Uning foydasi, Payğambarimiz alayhissalomning şafoatlari eng avvalo ularga bölişi bilan izohlanadi, deganlar. Imom Tabaroniy va Doraqutniy hamda Daylamiylar rivoyat qilgan mana bu hadisi şarifni keltirganlar: “Qiyomat kunida eng avval şafoat qiladiganim Ahli baytimdir, söng unga yaqinlar, söng unga yaqinlar. Söngra, ansorlar. Söng, menga iymon keltirib, tobe’ bölgan Yaman ahli, söng boşqa arablar. Ana undan söng ajamlardir”, deganlar (Ibn Obidiyn. “al-Ilm az-zohir fiy naf’in nasabit tohir” 2-8 b).
Şunga binoan Ibn Obidiyn hazratlari yana Imom Ahmad, Imom Hokim va Imom Bayhaqiylardan Abu Said al-Xudriy rivoyat qilgan sahih hadisni keltiradilar: “Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni minbarga çiqib bunday dedilar: “Ba’zi odamlar Rasululloh alayhissalomning marhamati öz qavmiga qiyomat kuni foyda bermaydi, deb yurişibdi. Yöq, undoq emas! Allohga qasamki, mening marhamatim dunyou oxiratda yetguvçidir. Ey odamlar, albatta men sizlarga Hovuz (Kavsar)da oldin borib turguvçiman”.
Yana Ibn Obidiynning aytişiga qaraganda, Kahf surasida kelgan Muso va Xizr alayhimussalomlar qissasida Xizr (a.s.) bir qişloqdagi yiqilay deb turgan devorni tiklab qöyadilar (Kahf, 77-oyat), va keyinçalik buning ta’vili, ma’nosini bunday tuşuntiradilar: “Endi devor esa, şu şahardagi ikki yetim bolaniki bölib, uning ostida ular uçun bir xazina bor edi. Ularning otasi solih kişi edi. Bas, Rabbing ular voyaga yetib, Rabbingning rahmati bölmiş xazinalarini çiqarib olişlarini iroda qildi...” (Kahf, 82-oyat) (“Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri” 302-b). Mana şu yerda yetim bolalarning öz tuqqan otasi emas, balki yettinçi otasi solih bölganligi ta’kidlanadi (Ibn Obidiyn. “al-Ilm az-zohir fiy naf’in nasabit tohir”, “Rasoyili Ibn Obidiyn” majmuasi, 2-b). Bu narsa boşqa mötamad tafsir kitoblarida ham zikr etilgan (Abulbarakot an-Nasafiy. “Tafsir an-Nasafiy”. 3-juz’i. Nömon Muhammad Toşkandiy naşri, 1988. 22-bet; Husayn Voiz Koşifiy. “Tafsiri Husayniy”. –Bombay: “Haydariy” matbaasi, 1297. 486-bet.)
(davomi keyingi qismda)
"TURKISTON SAYYIDLARI va EŞONLARI" xalqaro taşkiloti, Sayyid Ilhomxon Baxodir










