Faruqiy Xojalardan sanalgan Şayx Xovandi Tohur (Şayxontohur) hazratlarining Toşkentdagi avlodlariga qayta tasdiqlangan şajara va maxsus sertifikat topşirildi

“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining mutaxassislariga Toşkent şahrida iste’qomat qiluvçi Abdujabbor Abdurazzoq hoji öğli murojaat etib, özlarini Şayx Xovandi Tohur (Şayxontohur) avlodlaridan ekanliklarini ta’kidlaşgan edilar. Şuningdek, ular ota-bobolaridan yozib olingan bir neça ajdodlarining nomlarini xalqaro taşkilotimiz mutaxassislariga tadqiq etiş va qayta tasdiqlab berişni sörab murojaat etgandilar. Bizning nasabşunos naqiblarimiz taqdim etilgan ma’lumotlarni “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining arxivida hamda dunyodagi bir neça hamkor Naqobat markazlarining qölyozmalar xazinasida saqlanayotgan qadimiy qölyozmalardagi nasabnomalar bilan soliştirgan holda tadqiq va tahlil etişga muvaffaq böldilar. Natijada Şayx Xovandi Tohur (Şayxontohur) va Şayx Umar Valiy Boğistoniy hazratlarining avlodlaridan sanalgan Abdujabbor Abdurazzoq hoji öğli oilasining şajarasini qayta tasdiqlaşga muşarraf bölindi. Uşbu sulolaning sxema-jadval körinişidagi ona avlod va ota avlod şajara-plakatlari, rulon-şajaralari ham tayyorlandi. Qayta tasdiqlangan şajarada keltirilgan tarixiy ma’lumotlarni Sizlarga ham qisman havola etişni ma’qul kördik.

Bugun Toşkent şahridagi “TURON” ilmiy markazida “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi Doktor Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy hazratlari, taşkilot boş kotibi Sayyid Sarvarxon Abdulqosimxon öğli hamda nasabşunos naqib Sayyid Ilhomxon Bahodir Razzaviy Husayniylar iştirok etişdi. «Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi Doktor Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy iştirokçilarga Naqobat faoliyati haqida, şajaraşunoslik va manbaşunoslik töğrisida qisqaça ma’lumot berib ötdilar. Suhbat yakunida Faruqiy xojalardan bölgan eşonbobolarga - Abdujabbor Abdurazzoq hoji öğli va Abdujalol Abdujabbor öğillariga xalqaro miq’yosda qayta tasdiqlangan şajara-plakatlari, rulon-şajaralari va maxsus sertifikat taqdim etildi. Taqdimotdan söng mazkur sulolaning uluğ bobokalonlari ruhi poklariga va hozirgi avlodlari haqqiga duolar qilindi.




"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti, MATBUOT XIZMATI










