Sayyid Ota laqabi bilan maşhur bölgan uluğ zotlar

“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” şajaralarni tadqiq etiş va tasdiqlaş xalqaro taşkilotining faxriy şajaraşunosi, tarixçi va manbaşunos olim, naqib Sayyid Komilxon Kattayev “Sayyid Ota va Yassaviya tariqati murşidlari” nomli bir neça ilmiy maqolalari va kitoblarida uşbu nom bilan maşhur bölgan zotlarning tarixiga keng töxtalib, manbaşunoslikda Sayyid Ota tarixi va şajarasidagi ayrim çalkaşliklar haqida ham öz fikr mulohazalarini bildirgan edilar. Uşbu maqolamizda Sayyid Ota laqabi bilan maşhur bölgan uluğ zotlar töğrisida xalqaro taşkilotimiz va uning hamkorlari bölgan Arab mamlakatlaridagi yigirmadan ziyod "Naqobat Sodot al-Aşraf" Ahli bayt şajaralarini tadqiq etiş va tasdiqlaş taşkilotlari tomonidan olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar natijasida qölyozma manbalarda aniqlangan qimmatli ma’lumotlarni qisqaça havola etamiz.
Dunyodagi aksariyat turkşunos olimlar “özbek” millati va davlati nomining kelib çiqişini Oltin Örda xoni Özbekxon va uning piri Sayyid Otaga boğlab kelişadi. Çunki, “özbek” toponimi Sayyid Ota va Özbekxon davrlarigaça umuman tarixda tilga olinmagan va uçramagan edi. 1290-1312 yillarda Oltin Ördada hukm surgan Töqtağuxon ölgandan söng ön uç yoşli öğli Özbekxon (1312-1342) xon böladi. Öşa davrlarda ğazovot sa’yi bilan yurtlarda yurgan Zangi Otaning şogirdi bölgan Sayyid Ota bu xonga islomning ustuvor va haqiqiy dinligini isbotlab bergaç, Özbekxon islom dinini qabul qilib, musulmonlik bilan şaraflanadi hamda Sayyid Otaga irodat qölini berib murid tuşadi. Hazrati Sayyid Ota unga Muhammad Özbekxon nomini berib, barça xalqini Movarounnahrga olib ötiş taklifini beradi. Bu, Muhammad Özbekxonga ma’qul tuşadi va aksariyat xalqini hozirgi Özbekiston zaminiga köçirtiradi. Xalqining qolgan qismi “Qalmoq” (ya’ni, köçmay qolib ketgan ma’nosida) nomini oladi va bu xalq hozirgi Rossiya davlatining Kalmikiya hududida joylaşgandir. Uşbu naql hozirga qadar ustuvor tarzda yozilib kelinmoqda. Uşbu voqea haqidagi ma’lumotlar Abulğoziy Bahodirxonning “Şajarayi Turk”, Mirzo Uluğbekning “Tarixi arba’i ulus” (Tört ulus tarixi), Faxruddin Ali Safiyning “Raşahoti aynul-hayot”, Şahobiddin Marjoniyning “Mustafodur-axbor fi ahvoli Qazon va Bulğor” kabi va boşqa asarlarda ham keng yoritilgan. Mazkur asarlarda Sayyid Ota haqidagi zikrlar alohida boblarda berilgan. Şuni aytiş joizkim, Yassaviya jahriya silsilasi suluki arboblari Zangi Otaning uçinçi xalifasi Sadr Ota orqali tarqalgan bölsada, Yassaviya tariqatining önlab, balkim yuzlab maşhur arboblari orasida Sayyid Ota qöl bilan sanoqli buyuk arboblardan biri sifatida tanilganlar va Yassaviya-Sultoniya silsilasi sulukining davomçisi bölganlar.
Tarixiy manbalar va qölyozma şajaralarda Sayyid Ota laqabli bir neça zotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan bölib, ba’zi tarixçilar Sayyid Ota bir şaxs bölgan va bu ma’lumotlar aynan bir şaxs haqida deb aytib kelişadi, lekin asarlardagi voqe’liklarni va davrlarini hisobga oladigan bölsak, söz Sayyid Ota laqabli turli şaxslar töğrisida ekanligini guvohi bölamiz va buni Örta Osiyodagi sayyidatoyilarning qölyozma şajaralari ham tasdiqlaydi. Sayyid Ota nomli maqbaralar Sayramda, Toşkent şahri, Olmazor tumani, Qoraqamiş mavze’sidagi “Sayyid Ota” ziyoratgohida, Toşkent viloyati, Yangiyöl tumanidagi “Sayyid Ota” ziyoratgohida, Buxoro viloyati Şofirkon tumani Jöyrabod qişloğida, Qaşqadaryo viloyatidagi “Sayyid Ota” ziyoratgohida, Xorazmda, Qönğirot (hozirgi Möynoq tumani)dagi “Hakim ota Sulaymon Boqirğoniy” ziyoratgohida va boşqa viloyatlarda ham mavjud. Şuni ta’kidlaş joizkim, mazkur Sayyid Ota nomli zotlarning nasab şajaralari Payğambarimiz Muhammad alayhissalomning nabiralariga borib tutaşadi.Öz davrida maşhur bölgan bu uluğ zotlarning ismlari köplab qölyozma manbalarda uçraydi va ularning avlodlari asrlar davomida özlarini Sayyid Ota avlodlari, “sayyidatoyi sayyidlar” deb atab kelişgan. Ular:
- Hazrati Sayyid Ota (Ato) (q.s.) – bu sohibi karomat avliyo zotning muborak nomlari qölyozma manbalarda Sayyid Ahmad, Sayyid Abu Nosir Ahmad va Sayyid Ahmad Solih alayhirrahma tarzida zikr etilgan bölib, laqablari Sayyid Ota (Ato), Xilvatiy, Boqirğoniy ila maşhurdir. Yassaviy tariqatining maşhur şayxi Hazrati Zangi Ota (q.s.)ning ikkinçi xalifasi bölgan. Bu uluğ zotning tuğilgan va vafot etgan sanasi manbalarda turliçadir, ammo ba’zi tarixçilar ul zotning yuz yoşdan oşib vafot etganliklarini keltirişgan. Oltin Örda xoni Özbekxon (vaf.1349 y.)ning hukmronlik davri 1312 yildan 1342 yilgaça davom etganini inobatga olsak, Sayyid Ota hazratlari şu yillar oraliğida yaşab, Oltin Ördani, Daşti Qipçoq, Volga böyi va Şarqiy Turkiston aholisini islom diniga da’vat etib, islom tasavvufi tarixida eng uluğ ğazovot qilgan piru murşidlarning biri sifatida tarixda çuqur iz qoldirgan. Mirzo Uluğbekning “Tarixi Arba’i ulus” asarida: “Özbekxon özbek ulusiga (Oltin Ördaga) podşoh böldi”, deb yozilgan. Söngra, 720/1320 yilda Hazrati Sayyid Otaning sa’y-harakati bilan Daşti Qipçoq aholisidan musulmon dinini qabul qilganlarni özbeklar, qabul qilmaganlarni esa qalmoqlar (qalmiq) deb atay boşlaganlari bayon etilgan. Hazrati Sayyid Otaning nasabnomasi töğrisida qadimiy asarlarda va qölyozma şajaralarda ma’lumotlar keltirilgan, jumladan, Sayyid Otaning nasabnomasi bayon etilgan qadimiy asarlardan biri bölgan Kubraviya tariqati maşhur murşidi Şayx Maxdumi Xorazmiyning maqomoti bölmiş XVI-asrda yozilgan “Jodatul oşiqin” (muallifi Şarofiddin Husayn Xorazmiy) asarida hamda Qaşqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlaridan topilgan bir neça qadimiy qölyozma şajaralarda, Hazrati Sayyid Otaning nasabi Imom Ali Naqiy (Hodiy) ibn Imom Muhammad Taqiy ibn Imom Ali Muso Rizoga borib tutaşişi zikr etilgan. Şuningdek, mazkur qadimiy avlodnomalarda Hazrati Sayyid Otaning nomlari “Sayyid Ota laqabli Sayyid Ahmad Xilvatiy” hamda “Sayyid Ahmad Solih mulaqqabi Sayyid Ota alayhirrahma ibn Sayyid Amir Hasan (kuniyasi - Abu Bakr Mahmud Yahyo, laqabi - ar-Rizo) ibn Sayyid Burhoniddin Sulaymon al-Qodiriy al-Boqirğoniy” deb, ya’ni “Xilvatiy” – xilvat göşanişinda turuvçi avliyo zot ma’nosida keltirilgan. Mazkur qadimiy qölyozma manbalar, Yaqin Şarq mamlakatlaridagi Payğambar alayhissalomning Ahli bayti nasabnomalarini tadqiq etuvçi va xalqaro darajada tasdiqlovçi “Naqobat Sadat al-Aşraf” taşkilotlarining taniqli nasabşunos olimlari tomonidan ham örganilgan va tasdiqlangan hamda Hazrati Sayyid Ota nasabnomasiga oid tegişli qarornoma va guvohnomalar avlodlariga taqdim etilgan. XIX asrda bitilgan Nosiriddin Buxoriyning “Tuhfat uz-zoyirin” asarida hamda ba’zi qölyozma şajaralarda Hazrati Sayyid Otaning nasabi Sayyid Ja’far Nuriddin ibn Amir Hasan Abdulhaq ibn Amir Hisomiddin Muhammad Javhariy ibn Ibrohim Rizo ibn Imom Ali Muso Rizo ibn Imom Muso Kozimga borib ulaşgan. Uşbu nasabnomada jiddiy xatolikka yöl qöyilgan, birinçidan, ansob (nasab) ilmiga oid asarlardan bölgan, alloma Ibn Hazm al-Andalusiy (hijriy 384-456 y.)ning “Jumhur al-Ansob”, alloma Faxriddin ar-Roziy (hijriy 543-604 y.)ning “Şajaratul muboraka” asarida va boşqa nasab ilmiga oid manbalarda Imom Ali Muso Rizoning Sayyid Ibrohim Rizo degan öğli bölganligi keltirilmagan, balki Imom Ali Rizoning Sayyid Imom Muhammad Taqiy, Sayyid Hasan Abu Tolib, Sayyid Husayn, Sayyid Ali va Sayyid Muso ismli tört öğli va Fotima ismli bir qizi bölganligi bayon etilgan. Bu öğillaridan Sayyid Husayn ikki yoşida vafot etganligi, Sayyid Ali va Sayyid Muso otasi hayotligida vafot etgani va ulardan avlodlar qolmaganligi, Sayyid Hasan Abu Tolib va Imom Muhammad Taqiydan avlodlar boqiy qolganligi bayon etilgan. Ikkinçidan, mazkur ansob kitoblarida Sayyid Ibrohim Rizo (Murtazo) Imom Muso Kozimning öğli ekanligi keltirilgan bölib, uning Sayyid Ja’far yoki Amir Hasan Abdulhaq nomli nabirasi bölganligi zikr etilmagan, balki Sayyid Ibrohim Murtazo (Rizo)ning Sayyid Ali, Sayyid Ahmad, Sayyid Abu Ibrohim, Sayyid Muso Abu Sabha, Sayyid Ja’far va Sayyid Ismoil ismli öğillari bölganligi va bulardan faqatgina Sayyid Ahmad va Sayyid Muso Abu Sabhadan avlodlar boqiy qolganligi bayon etilgan. Boşqa sayyidlar sulolasi avlodlariga boqiy qolgan hujjatlar kabi, Sayyid Ota avlodlariga qolgan qölyozmalar ham ba’zi kamçiliklardan xoli emasligini köriş mumkin va bu diyorimiz şajaraşunosligi va manbaşunosligida köp uçraydigan holdir. Şu sababdan ham “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti Arab dunyosidagi bir neça xalqaro Naqobat markazlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yölga qöygan bölib, nasabnomalardagi şunga öxşaş ismlardagi xato-kamçiliklarni aniqlab, qadimiy ansob manbalaridagi ma’lumotlar bilan soliştirgan holda sahih şajaralarni tuzib, ularni xalqaro miq’yosda tasdiqlab kelmoqda. Ansob (nasab) kitoblarida Imom Ali Naqiyning Sayyid Imom Hasan Askariydan taşqari yana Sayyid Abu Ali Muhammad Kabir Askariy ismli tönğiç farzandi bölganligi va uning Sayyid Ali ismli (laqablari - Sulton Sodot, al-Amir Nuriddin, al-Akbar) ismli öğli bölib, uning avlodlari Eron va Movarounahrga ham tarqalganligi va ular «Sohib al-Askari» va «Sodoti al-Buxoriy», «Sodoti al-Baaj», «Sohib al-Naqiy al-Askariy» deb atalişi haqida, Buxoro va Samarqand hududida hamda Turkiya, Eron, Iroq va Arab davlatlarida ayniqsa Xuziston, Basra, Najaf, Boğdod, Maysan, Kadisiya, Vasit ölkalarida Sayyid Ali ibn Sayyid Muhammad Askariyning avlodlari borligi töğrisida ma'lumotlar mavjud. Çunonçi, Imom Ali Naqiyning tönğiç öğli Sayyid Abu Ali Muhammad Kabir al-Askariy otasidan söng Imom bölib saynalişligi sababidan “Sayyid Imom” deb ham atalganlar hamda tarixiy manbalar va qölyozma şajaralarda uning ismi “Sayyid Imom Askariy” deb yozilgan holda ham uçraydi. Şuningdek, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatida hamda Iştixon tumanida topilgan qölyozma şajaralarning mantlarida ham Sayyid imom Muhammad Askariy ismi ham zikr etilgan. Iroqdagi Sodoti al-Baaj sayyidlar sulolasining boş naqibi, Karbalodagi Imom Husayn Şahid (r.a.) xalqaro markazi raisi dr. Sayyid Valid al-Baaj janoblari ham Hazrati Sayyid Ota şajarasini tadqiq va tahlil etib, sahihligini tasdiqlagan. Şuningdek, Hazrati Sayyid Otaning nasabnomasida zikr etilgan ajdodi Sayyid Amir Ahmad Buloqiy Nasriddin Xilvatiyning ukasi Sayyid Ali al-Amirning avlodi bölgan öz davrining maşxur avliyosi - Sayyid Şamsiddin Muhammad Amir Sulton Buxoriy (1368-1429), Usmoniylar sultoni Boyazid Yildirimning ustozi hisoblangan. Uning avlodlari «Sodoti al-Buxoriy» deb atalişadi. Mazkur sulolaning nasab şajaralarida Sayyid Ali al-Amirning Sayyid Muhammad ismli öğlidan maşxur avliyo Amir Kulol Şamsiddin (q.s.)ning avlodlari tarqalganligi qayd etilgan. Xozirda uşbu sulolalar arab diyorlarida Imom Ali Muso Rizo (r.a.)ga nisbat bergan holda «Sodoti Razzaviy», «Sodoti al-Buxoriy Razzaviy» va «Sodoti Razzaviy Naqviy al-Husayniy» deb ataladilar. Dunyodagi yigirmadan ortiq Ahli bayt Naqobat taşkilotlarining nasabşunos olimlari va naqiblarining xulosalariga köra, Hazrati Sayyid Otaning nasablari öninçi Imom Ali Naqiy (Hodiy)ning tönğiç öğli Sayyid Muhammad al-Askariy (laqablari – al-Kabir, al-Akbar, ar-Rizo, al-Amir, al-Javhariy, al-Baaj, al-Burhon)ga borib ulanişi töğri va sahih deb topilgan. Qadimiy qölyozma şajaralarda Hazrati Sayyid Otaning bir neça öğillari bölganligi va ularning nomlari, kuniya va laqablari zikr etilgan, ular; Sayyid Nosir xoja Abu Ja’far Umar (ayrim qölyozma şajaralarda Sayyid Otaning kuniyasi Abu Nosir, ya’ni “Nosirning otasi” deb ham kelgan), Sayyid Amin xoja Muhammad laqabi Mohruy, Sayyid Abdulloh Zarbaxş va Sayyid Mahdiy xoja al-Qosim bölib, ulardan avlodlar boqiy qolganligi zikr etilgan. Sayyid Amin xoja Muhammad laqabi Mohruy (ya’ni “mohruy” - çiroyli yuzli ma’nosida)dan avlodlar boqiy qolgan bölib, ular diyorimiz tarixida katta mavqega ega bölişgan, misol örnida Şayboniylar davrida yaşagan sayyidlar naqibi Sayyid Nosirxoja Sayyidatoyi, Xiva xonligi boş vaziri Sayyid Islomxoja ibn Sayyid Ibrohimxoja, Buxoro viloyati, Samarqand va Iştixon tumanidagi sayyidatoyilarning aksari mazkur sulola vakillaridir. Sayyid Amin xoja Muhammad laqabi Mohruyning maqbarasi Xiva şahri “Sayyid Mohruyi Jahon” nomli ziyoratgohda joylaşgan. Mazkur maqbarada Xiva xonlari ham dafn etilgan. Manbalarda Hazrati Sayyid Otaning öğli Sayyid Abdulloh Zarbaxşning Sayyid Akbar Allouddin Porso va Sayyid Muhammadxoja ismli farzandlaridan köplab avlodlar tarqalgan, ayrim qölyozma manbalarda Sayyid Abdulloh Zarbaxşning Sayyid Ibrohim ismli öğli ham bölganligi zikr etilgan. Mazkur sayyidzodalar Movarounnahr zaminida yuqori mavqega ega bölişgan. Öz davrining hukmdor sulolalari Hazrati Sayyid Ota avlodlaridan bölgan sulola tabaqasi vakillarini vaqti-vaqti bilan elçilik va naqiblik (“naqib” – viloyat rahbari, xokimi bilan teng lavozim hisoblangan) mansablari bilan sarafroz etişgan. Bu haqida Hofiz Tanişning “Abdullanoma”, Mirzo Şams Buxoriyning “Tarixi Buxoro”, “Tuhfatul xoniy (Tarixiy Rahimxoniy)” va Muhammad Yusuf Bayoniyning “Şajarai Xorazmşohiy” kabi asarlarda ma’lumotlar mavjud. Hazrati Sayyid Ota umrining sönggi yillarida maşhur avliyo Hakim Ota Sulaymon Boqirğoniyning maqbarasida (hozirgi Muynoq tumanida joylaşgan) çiroqçilik (şayxlik) qilgan va öşa yerda dafn etilgan.

suratda: Hazrati Sayyid Otaning qabri joylaşgan "Hakim Ota Sulaymon Boqirğoniy" maqbarasi (Möynoq tumani)
-
Sayyid Ota (Ato) – asli ismi Sayyid Ahmad Mir Usmon ibn Sayyid Abdulaziz Feruzşoh Umar Qattolqul bölib, Sayyid Ota Soniy (ikkinçi) nomi bilan maşhur bölgan sufiydir. Maqbarasi Buxoro viloyati, Şofirkon tumanining Kattaqişloğida joylaşgan.
-
Sayyid Ota (XV-asr) – töliq ismi Şayx Sayyid Ahmad bölib, maşhur söfiy şoir, Kubraviya tariqati şayxi Şayx Şamsiddin Özgandiy (15-16 asr)ning ustozi bölgan.
-
Sayyid Ota (XVI-XVII-asr) – qölyozma manbalarda bu zotning töliq ismi Sayyid Fathulloh Ahmad ibn Sayyid Abdulloh Zuhriddin Muhammad ibn Sayyid Abulfayz Darveş bölib, nasab şajarasi 26 ajdod bilan Sulton Burhoniddin Qiliç ibn Kamoliddin Madiniy orqali Sayyid Abu Tolib Muhammad Ali Arşad al-Hasan ibn Imom Ali Muso Rizoga borib tutaşgan. Maqbarasi Qarşi tumanining Padaron qişloğida joylaşgan.

Sayyid ota laqabli Sayyid Fathulloh qabri, "Yetti Tuğota" , Padaron MFY, (Qarşi t.)
- Sayyid Ota Valiy (XV-XVI asr) – Sayyid Şoh Murtazo Valiy ibn Sayyid Mirzo Husayn bölib, nasab şajarasi 29 ajdod bilan Sayyid Muhammad Qosim ibn Sayyid Abul Qosim Hamza ibn Imom Muso Kozim (r.a.)ga borib tutaşgan. Avlodlari Toşkent viloyati Parkent va Yangiyöl tumanlarida mavjud.

«Sayyid Ota» maqbarasi, Yangiyöl tumani, Toşkent viloyati
- Sayyid Ota – bu zotning töliq ismi Sayyid Ahmad ibn Sayyid Qutbiddin ibn Sayyid Jaloliddin bölib, nasab şajarasi 16 ajdod bilan Sayyid Mujob ibn Sayyid Abdulloh ibn Imom Muso Kozim (r.a.)ga borib tutaşgan. Bu zotning avlodlari Toşkentda yaşab kelişmoqda.

“Sayyid Ahmad laqabi Sayyid Ota” maqbarasi. Qoraqamiş, Toşkent şahri
Yuqorida töliq ismlari keltirilgan Sayyid Otalardan avlodlar tarqalgan bölib, ular özlarini "sayyidatoyilar" (ya’ni sayyid ota avlodlari) deb atab kelişmoqda. Xalqaro taşkilotimiz mutaxassislari va Yaqin Şarq davlatlaridagi nufuzli Ahli bayt Naqobat taşkilotlari nasabşunos olimlari uşbu sayyidatoyilarning nasab şajaralarini tadqiq va tahlil etişgan, ularning ajdodi sanalgan Sayyid Ota laqabli uluğ zotlar turli davrlarda yaşaganliklari hamda ularning şajaralarida nomlari zikr etilgan ajdodlarining nomlari ham turliça bölganligini guvohi bölinmoqda. Şuningdek, öz faoliyatimiz davomida diyorimizda topilayotgan ba’zi qölyozma şajaralarda keltirilgan uluğ zotlarning nasabnomalari ularning yurtimizda va Arab diyorlarida yaşab kelayotgan avlodlari qölida saqlanayotgan qölyozma manbalar bilan köp hollarda mos kelmasligiga ya’ni bir-biriga muvofiq kelmasligiga ham guvoh bölinmoqda. Jumladan, Sayyid Ota laqabli zotlarning şajaralari borasida ham ba’zi tarixçilarimiz kitoblarida çalkaşliklarga ham yöl qöyilib kelinmoqda. XIX asrning 20-yillarida professor Abdurauf Fitrat hazratlari Şayx Sayyid Ahmad bilan Sayyid Ota laqabli avliyo zotlarni adaştirmaslikka çaqirgan edilar. "Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti hamda uning ilmiy hamkorlari bölgan Yaqin Şarq mamlakatlaridagi xalqaro naqobat taşkilotlarining nasabşunos va manbaşunos olimlari, diyorimiz tarixçilardan yuqorida keltirilgan Sayyid Ota laqabli zotlarni bir-biri bilan adaştirmaslikka çaqirib qoladi. Şu sababdan uşbu kamçiliklarni tuzatiş uçun öz davrining nasab ilmini olimlari bölgan allomalarning qadim ansob (nasab) ilmiga oid asarlariga murojaat qiliş hamda arxivlardagi avlodnomalarni hamda uşbu zotlarning hozirgi avlodlari qölidagi qadimiy qölyozma şajaralarni ham asos sifatida foydalanişsa maqsadga muvofiq böladi. Xalqaro taşkilotimizga murojaat qilayotgan köplab sayyidzodalarning nasabnomalari dunyodagi yigirmadan ortiq “Naqobat Sodot al-Aşraf” nasabşunoslik markazlari olimlari tomonidan ham ansob (nasab) ilmiga oid qadimiy manbalar bilan soliştirilmoqda, tadqiq va tahlil etilmoqda hamda qayta tasdiqlanmoqda. Xulosa örnida şuni aytiş kerakki, xalqimiz qölida hali örganilmagan tarixiy ahamiyatga ega bölgan turli sulolalarga oid köplab qölyozmalar saqlanmoqda, ularni tadqiq va tahlil etiş hamda xalqaro miq’yosda qayta tasdiqlaş zarurdir.
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti, faxriy şajaraşunos dr. Mir Asqar Obidov










