Hazrati Imom Ali Zaynulobidin ibn Imom Husayn (r.a.)

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bölsin! Payğambarimizga va ul zotning ahli baytiga mukammal va batamom salavotu salomlar bölsin!
Ismlari: Ali (r.a)
Mansablari: Imom.
Maşhur unvonlari: Zaynulobidin (obidlar ziynati, a’losi), as-Sajjod (köp sajda qiluvçi), az-Zakiy (zukko, aqlli), al-Amin (işonçli).
Kunyalari: Abu Muhammad, Abu Abdulloh, Abul Hasan, Abul Husayn.
Otalari: Imom Husayn ibn Hazrati Ali ibn Abu Tolib ibn Abdumuttalib ibn Hoşim al-Qurayşiy.
Onalari: Şahribonu (Şahizinon, Ğazola) binti Yazdegerd III (Sosoniylar podşohi).
Umrlari: 58 yoş
Imomlik muddati: 34 yil
Taşqi körinişlari: Payğambar alayhissalomga öxşagan.
Umr yöldoşlari: Ummu Abdulloh Fotima binti Imom Hasan (r.a.), Ummu Zayd, Ummu Husayn, Jaydo.
Farzandlari: Imom Muhammad Boqir va Abdulloh Bohir (bularning onasi Fotima binti Hasan r.a.), boşqa ayollaridan: Zayd Şahid, Umar Aşraf, Hasan, Husayn Akbar, Husayn Asğar, Ali Asğar, Ubaydulloh (Abdurahmon), Sulaymon, Muhammad Asğar, Qosim, Zaynab, Hadiça, Fotima, Ummu Kulsum, Oişa, Oliya.
Avlodi davom etgan öğillari: Imom Muhammad Boqir, Abdulloh Bohir, Zayd Şahid, Umar Aşraf, Husayn Asğar, Ali Asğar.
Ilmiy merosi: “Sahifai Sajjodiya” duolar töplami.
Tuğiliş tarixi va joyi: 659 milodiy, 36-hijriy yil şa’bon oyining 5-kunida Madinai Munavvarada.
Ölim tarixi va joyi: 713 milodiy, 95-hijriy yil 12-muharramda Madina şahrida. Qabrlari Baqi’ qabristonida.

Kisrolar (qadimgi Fors podşohlarining unvoni) saltanatining sönggi podşohi, Sosoniylar hukmdori Yazdegerd III ning musulmonlar tarafidan asirga tuşgan uçinçi qizi Şahizinon (boşqa manbalarda Şahribonu) Hazrati Husayn ibn Ali (r.a.)ning ihtiyorlarida edi. Şahizinon Islomni qabul qildi, musulmon böldi va uning islomi gözal böldi. Allohning mustaqim dinini qabul qilişga muşarraf böldi, qullikdan ozod etildi. Çöri edi, hur-ozod böldi va Hazrati Husayn (r.a.)ning jufti haloliga aylandi. U özining Sosoniylar saltanatidagi butparastlik diniga boğliq barça narsadan aloqani uzişni istadi. Şuning uçun Şahizinon - ayollar malikasi ismini Ğazolaga özgartirdi. Ğazola şohlarning qizlariga munosib, eng yaxşi jufti halol böldi. Endi uning farzand ne’matiga yetişiş orzusi qolgandi, xolos. Alloh unga iltifot körsatib, onalik ne’matini ham ato etdi. Imom Husayn (r.a.)ga közni quvontiradigan nurli öğil tuğib berdi. Çaqaloq bobosi Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuga öxşasin deb, uni Ali deb atadilar. Biroq Ğazolaning xursandçiligi uzoqqa çözilmadi. Uni nifos bezgagi kasalligi tutdi va farzandidan közi quvonişiga ulgurmay turib Robbining nidosiga labbay deb, olamdan ötdi. Çaqaloqni parvarişlaş vazifasi Hazrati Husayn (r.a.)ning çörisiga topşirildi. Çöri uni, muşfiq ona öz bolasini yaxşi körişidan köra ortiq yaxşi kördi. Mehribon ona özining yolğiz farzandiga körsatadigan ğamxörlikdan köra, köproq ğamxörlik qildi. Bola ham çörini öz onasi deb ösib ulğaydi.
Ali ibn Husayn (r.a.) dastlabki saboqni öz uylarida padari buzrukvorlari Hazrati Husayn (r.a.)dan oldilar. Bolalik çoğidanoq bobokalonlari Sarvari Koinot Payğambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamning muborak hadislarini yod olib rivoyat qilar edilar, Payğambar alayhissalomning siyratlari va ğazotlarini örganib, majlislarda mömin musulmonlarga sözlab berar edilar. U zotning ikkinçi madrasasi esa buyuk Payğambar sollallohu alayhi va sallamning masjidlari böldi. Öşa vaqtda Masjidun Nabiy hayot bölgan sahobalar va tobe’inlarning peşqadamlari bilan töla edi. Sahobalar ham, peşqadam tobe’inlar ham yoş tobe’inlarga bağrilarini keng oçgan edilar. Ularga Alloh azza va jallaning Kitobi bölgan Qur’oni Karimni örgatar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislarini, uning maqsad-mohiyati bilan tuşuntirardilar. Bolalarning jajji qalblarini Alloh taolaga muhabbat bilan töldirar edilar. Natijada ular yetuk ulamolar va töğri yölga boşlovçi yetakçilar bölib yetişdilar. Ali ibn Husayn (r.a.)ning qalbi Allohning Kitobiga boğlangançalik biron narsaga boğlanmadi. Uning xis-tuyğulari Qur’ondagi va’dalarga tebrangani kabi boşqa narsaga tebranmadi. Jannatning vasfi kelgan oyatlarni tilovat qilganida, unga bölgan zavq-şavqining köpligidan yuraklari jöş urib ketar edi. Dözaxning zikri kelgan oyatlarni eşitsa, xuddi dözaxning olovi uning içida ekandek çuqur xörsinar edi. Ali ibn Husayn (r.a.) yigitlikda ham ilmda ham kamolotga yetganida, Madina ahli Banu Hoşim avlodlari içida seribodat va çin taqvoli, buyuk fazilat va axloq sohibi, yaxşilik va ezgulikka boy, keng bilim va ma’rifatli yigitga erişdilar. U zot ibodat va taqvoda şu darajaga yetdilarki tahorat va namoz orasida uni qattiq titroq uşlar, xuddi bezgak tutgandek badani qaltirar edi. Bu haqda söralganida: “Holingizga voy bölsin! Hozir Kimning oldida turişim va Kimga ibodat qilişimni bilmaydigandek söraysizlar-a!”, deb javob bergan ekanlar. Taqvo, oliyjanoblik va ma’rifat Ali ibn Husayn (r.a.)ning maqomini yuksaltirdi. U zot yuksak ma’naviyatlari va gözal ahloqlari bilan musulmonlar qalbidan şunday joy oldilarki, öz davrlarida bunday martaba u kişidan özga biror kişiga nasib etmagandi.
Hazrati Imom Husayn (r.a.)ning uşbu öğillarining maşhur nomlari manbalarda “Zayn ul-Obidin” – özbek tilida “Obidlar ziynati” hamda “as-Sajjod” – “Köp sajda qiluvçi” deb zikr etilgan. Musulmon ummati Ali Zaynulobidin (r.a.)ga çin muhabbat ila mehr qöydilar. Ali Zaynulobidin (r.a.) keçalari uxlamasdan tonggaça ibodat qilar va köp sajda qilişlari tufayli musulmonlar u kişini “as-Sajjod” deb, ya’ni “köp sajda qiluvçi”, “köp ibodat qiluvçi” unvoni bilan atar edilar.

Daşti Karbalo
Muharram oyining hijriy qamariy 61-yili Aşuro hodisasi, Karbalo fojiasi deb nom olgan kunda sodir bölgan xunrezliklar, dahşatli voqealar va qon tökişlarda hazrati Imom Husayn (r.a.)ning öğillaridan faqatgina Ali Zaynulobidin (r.a.) omon qolganlar. Kasalliklari sababli u kişi otalari hazrati Husayn (r.a.) va birodarlari Daşti Karbalodagi jangda şahid bölganlarini köra olmagan va uruş maydoniga çiqa olmagan edilar. Hazrati Husayn (r.a.) va safdoşlarining Aşuro hodisasidagi şahodatlaridan söng, u zotning barça ahli oilalari asirga olinganlar, xattoki, ğorat (talonçilik) natijasida askarlar asirga olingan xotin-xalaj va yoş qizlarning zebu ziynatlari, qimmatbaho taqinçoqlarini quloqlaru böynilaridan tortib uzib olganlar, ularga turli tan jarohatlarini yetkazgan edilar.
Barça asirlar Kufa hokimi Ubaydulloh ibn Ziyod qasriga yuborilganlar. Kufa hokimi Ibn Ziyod asirlarni özining qarorgohiga kiritişdan avval, istagan kişi qasrimga kirişi mumkin, degan buyruqni beradi. Töplangan olomon nazdiga asirga olinganlarni kiritişadi. Karbalo şahidi Hazrati Husayn (r.a.)ning muborak boşlarini Ibn Ziyod oldiga qöyadilar, u nokas esa qölidagi çöpi bilan u zotning tanasidan judo qilingan muborak boşlariga uradi. Söng kasallikdan holsizlangan Zaynulobidin (r.a.)ga yuzlanib, “Seni isming nima?”, deydi. Hazrati Zaynulobidin (r.a.): “Ali ibn Husayn”, deb javob beradilar. Ibn Ziyod: “Ali ibn Husaynni Alloh Karboloda öldirmadimi?”, deydi. Hazrati Zaynulobidin (r.a.): “Meni Ali degan ukam ham bor edi. Odamlar uni öldirişdi”, deb javob beradilar. Ibn Ziyod: “Uni odamlar emas, balki Alloh öldirdi”, deydi. Hazrati Zaynulobidin (r.a.) hazratlari: “Heç kim Allohning iznisiz ölmaydi!”, deb javob qaytaradilar. Ibn Ziyod hazrati Ali Zaynulobidin (r.a.)ning hozir javobliklariga çiday olmay, uni qiliç bilan çopib taşlaşlarini buyuradi. Şu lahzada Imom Husayn (r.a.)ning singillari Zaynab binti Ali (r.a.) özlarini jiyani Ali Zaynulobidinga qalqon qiladilar.
Ali Zaynulobidin (r.a.) Ibn Ziyodga salobat bilan xitob aylab: «Şahodat biz uçun iftixor ekanligini hali ham tuşunmadingmi?!», deydilar. Ibn Ziyod Karbaloda barça asirga olinganlarni Şomga Yazid ibn Muoviyaning qarorgohiga yuborişni buyuradi. Karbaloda asirga olingan ahli bayt xonadoni vakillari, xotin-xalaj, ayollar va yoş bolalar Yazidning Şomdagi saroyiga yuboriladilar. Hazrati Imom Husayn (r.a.) va safdoşlarining tanalaridan judo qilingan boşlari esa uzun nayzalarni uçlariga osiladi. Barçalari Şomga qöriqçi jangçilar hamrohligida boradilar.

Karbalo asirlarini Şomga kirib kelişi
Hazrati Imom Ali Zaynulobidin (r.a.) padari buzrukvorlari va uluğ ajdodlari singari ma’naviy ahloqiy kamolot va insoniy fazilatlarga ega bölgan yetuk şaxs edilar. U kişi Şom diyoriga asir qilib olib borilganlarida, Şom ahlining aksari asirlarning kimlar ekanligini bilişmasdilar va ularni mas'hara qilib kuzatib turardilar. Şunda Şom ahlining yoşi uluğlaridan biri Zaynulobidin (r.a.)ga qarab, “Kimlar sizlar?”, deb söraydi. Imom hazratlari: “Siz Qur’oni Karimning Ahzob surasi 33-oyatini öqiganmisiz?”, deb söraydilar. U kişi: “Ha, albatta”, deydi. Imom hazratlari: “Öşa oyat biz haqimizda!”, deb javob beradilar va Islomni faqat Ummaviylarning yuriş-turişida körgan Şom ahliga özlarini bunday taniştiradilar: «Men Makka va Minoning farzandiman». «Men Zamzam va Safoning farzandiman». «Men Hajarul-Asvadni muborak etaklariga olib, örniga joylaştirgan kişining farzandiman». «Men muşriklar bilan kuraşib, ularni «La ilaha illalloh» deyişga undagan Imom Ali Murtazo karramallohu vajhahuning farzandiman». «Men dunyo ayollarining sarvari Fotimai Zahro Sayyidatunnisoning farzandiman». «Men Hadiçai Kubroning farzandiman». «Men zulm–sitam bilan tanasini qonga botirişgan va muborak boşini tanasidan judo aylaşgan Şahidning farzandiman». «Men çanqoq holda jon bergan, vujudi Karbalo tuproğiga qorişgan, samo fariştalari uning uçun yiğlayotgan bir paytda salla va abosini ğorat qilişgan Şaxsning farzandiman». «Men boşini nayza uçiga sançişgan, ahli ayolini asir olib, Iroqdan Şomga keltirişgan Şaxsning farzandiman».
Tarixiy manbalarda, jumladan Ibn Kasirning "Al-Bidoya van-Nixoya" asarida, Yazid ibn Muoviya saroyida bölib ötgan voqeani öşa davrda yoş qiz bölgan Fotima binti Hazrati Ali (r.a.)dan quyidagiça rivoyat qilingan: “Yazid taxtida ötirar, atrofida ayollari, nayza kötargan askarlari turişar, Hazrati Husayn (r.a.)ning boşlari mis tovoqqa solingan holda örtada turar, boşqa şahidlarning boşlari ham olib kelinib yerga tökilgan, biz ya'ni Karbaloda asirga tuşgan xotin-xalaj, ayollar, yoş qizlar, bolalar va ukamiz Ali Zaynulobidin esa yerda tiz çökkan holda yiğlab ötirardik. Şunda Şomlik qizil yuzli bir jangçi odam turdida, Yazid ibn Muoviyaga qarab, meni körsatib, “Ey möminlar amiri, mana bu qizni menga berasiz!”, deb turib oldi. Men esa qörqib ketdim va opam Zaynab binti Alining etagidan uşlab oldim. Opam mendan yoşi katta, aqlli edi va mana bu işni nojoiz ekanligini mendan köra yaxşi bilardi. Ya’ni Rasululloh alayhissalomning ahli baytini bunday haqorat qiliş nojoiz ekanligini yaxşi bilardi. Şunda opam Zaynab örnidan turdida, öşa qizil yuzli odamga qarab, “Yolğon aytyapsan. Ey mal’un. Bu iş nojoiz!”, dedi. Ammo xalifa Yazidning jahli çiqib ketdi va opam Zaynabga qarab “Ey Allohni duşmani. Ötir joyingga, sen yolğon aytyapsan!”, dedi. Opam Zaynab tikkama-tikka xalifaga javob berardi, “Bu narsa nojoiz! Agar şunday qilsalaring, otam Ali ibn Abu Tolibning, akam Husayn ibn Alining, bobom Nabiy alayhissalomning dinidan çiqqan bölasizlar!”, dedi. Şunda xalifa Yazid opam Zaynabga öşqirib berdi, “Ey Allohning duşmani, ey mal’una, Sen yolğon gapiryapsan! Sening akang, sening otang dindan çiqqan. Men emas”, dedi. Şunda opam Zaynab, böş ketmadi, gap qaytaraverdi, xatto aytdiki, “Allohni dini bilan, akamning, otamning, bobomning dini bilan Sen Yazid, otang Muoviya, bobong Abu Sufyon islomga kirgansizlar!”, deb jasorat bilan gap qaytaraverdi. Xalifa Yazid esa öşqiraverardi. Şunda opam xalifaga, “Ey möminlar amiri, sen xalifasan, qölingda qamçi bor, qölingda hukm bor, saltanatingga suyanib mendek bir ojizaga bas kelyapsanmi?!”, dedi. Şunda Yazid uyaldi va jim bölib qoldi. Ammo haligi qizil yuzlik Şomlik odam, örnidan turdida, “Ey möminlar amiri, bu qiz meniki, mening öljam!”, deb turib oldi. Şunda Xalifa Yazid unga qarab, “Qöy buni, man sanga boşqalardan köproğini beraman”, dedi. Sahobalardan Nömon ibn Başir (r.a.) bor edilar. Xalifa Yazid unga qarab “Ey Nömon, bir solih işonçli odam topda, mana bularni hammasini (ya’ni asirdagi Payğambar alayhissalomning avlodlarini) Madina şahriga eltib bersin”, deb aytdi”. Şundan söng Karbaloda asirga tuşgan Nabiy alayhissalomning avlodlari Madina şahriga yuboriladilar. Imom Ali Zaynulobidin hayotlarining ikkinçi yarmini Madinai Munavvarada, keksayib qolgan va oyoqlari oğrib xassaga tayanib qolgan amakilari Hazrati Muhammad Hanafiya ibn Imom Ali (r.a.)ning rahnamoligida keçiradilar.

Ummaviy xalifa Yazid davrida va undan keyin islom mamlakatining siyosiy vaziyati ança noziklaşgan edi, johil kimsalar Payğambar alayhissalomning Ahli baytini siyosiy sahnadan umuman çetlaştirib taşlab, saltanatning merosiy tuzumini avvalgi johiliyat davridan qaytarişga harakat qilişardi. Adolatsizlik, dunyo boyligiga beriliş, maişatparastlik uşbu davrning salbiy xususiyatlaridan hisoblanardi. Buni yaxşi anglagan Ali Zaynulobidin (r.a.) jamiyatni haqiqat sari hidoyat etiş maqsadida duolarlar, ibodatu taqvo bilan da’vatlar qildilar, taqvodorliklari bilan musulmon ummatiga namuna böldilar. Taqvodor inson isyon, gunoh va zulm-sitamdan parhez qiladi, zamona töfonlari qarşisida öz joni va ruhini himoya qila oladi va uni zamonaning şaytonlariga topşirib qöymaydi. Hasad, ğarazgöylik, mansabparastlik, kibr va ğurur kabi nojöya xislatlar inson ruhiyatiga doimiy ravişda bosim ötkazadi. Zaynulobidin (r.a.) bu noloyiq xislatlarga qarşi kuraşiş usullaridan biri avvalo Allohga köp ibodat qilişda, zikr qilişlikda, taqvodorlikda ekanligini körsatdilar. «Parvardigori olam, dunyoni men uçun ibodat va bandalik qiliş makoniga aylantir», deya ibodatlarida duolar qilar edilar. Yana ul zot: “Ey Robbim, menga Öz rahmatingdan behisob tottirganing va ne’matlaringni menga yoğdirganingdan, men qörqmay, xotirjam Senga duo qiladigan, Sendan söraydigan bölib qoldim. Ey Robbim, Sening rahmatingga öta muhtoj, haqlaringni ado etişga esa quvvati zaif insonning iltijosi kabi yolvoraman, çökayotgan ğarib, Sendan özga qutqaruvçini bilmaydigan mendek bandangdan qabul et, ey Karamli Zot”, deb bir neça bor Baytul Atiq Ka’bapöşga osilgan holda duolar qilar edilar. Bir kuni muhaddis tobe’inlardan Ibn Kayson Hazrati Zaynulobidin (r.a.)ni Ka’baning soyasida turib, xuddi boşiga ölim kelib qolgan kişi kabi bezovta bölayotgan, qattiq oğrigan kasaldek yiğlayotgan kişi misol duo qilayotganlarini körib, yiği va duodan foriğ bölişlarini kutib turdi, söng u zotga yaqinlaşib dedi: “Ey Rasulullohning öğli, mening nazarimda sizni xavfdan saqlaydigan uç fazilatingiz böla turib, sizni bunday holda körib turibman”, dedi. Imom hazratlari: “Ey ibn Kayson bu qanday fazilatlar ekan?”, deb söradilar. Ibn Kayson dedi: “Birinçisi: Siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning avlodlaridansiz. Ikkinçisi: Bobongizning sizni şafoat qilişlari. Uçinçisi: Allohning rahmati...”. Imom hazratlari dedilar: “Ey ibn Kayson, nasabda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga boğlangan bölganim Alloh azza va jallaning uşbu sözini eşitganimdan keyin meni himoya qilolmaydi: “Qaçonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini suriştirurlar (Möminun surasi, 101-oyat). Bobomning menga şafoat qilişlariga kelsak, Kalomi uluğ bölgan Alloh taolo dedi: “Ular faqat U zot rozi bölganlarnigina şafoat qiladilar”. (Anbiyo surasi, 28-oyat). Allohning rahmati haqida esa Özi şunday dedi: “Albatta, Allohning rahmati yaxşilik qiluvçilarga yaqindir” (A’rof surasi, 56-oyat), deb javob berganlar.
Taqvo tufayli Imom Zaynulobidin (r.a.) muruvvat, oliyjanoblik, kamtarlik, halimlik kabi fazilatli xislatlardan Alloh xohlaganiça miqdorga ega böldi, bu haqdagi ajoyib xabarlar va ibratli voqealar siyrat kitoblariga körk va ziynat bölib turibdi. Şulardan birini Hazrati Hasan Musanno ibn Imom Hasan (r.a.) hikoya qilganlar: “Amakimning öğli Zaynulobidin bilan mening oramizda gap ötib qolgandi. Şu bois ğazabdan yonganim holda uning oldiga bordim. U masjidda döstlari bilan ötirgan ekan. Biron narsa qoldirmay, nima bölsa gapirdim, u esa jim ötirar va bir oğiz ham gapirmasdi. Söngra men ortimga qaytib ketdim. Keç kirganda eşik taqillab qoldi. Keç kirganda eşik qoqayotgan kim ekan, qarayçi deb çiqsam, eşik oldida Zaynulobidin turibdi. Haligi bergan ozorlarimga javob qaytariş uçun kelganiga şubha qilmadim. Biroq, u dedi: “Birodarim, menga aytgan sözlaringizda rostgöy bölsangiz, Alloh meni keçirsin. Aytgan sözlaringizda rostgöy bölmasangiz Alloh sizni keçirsin!”, söngra salom berdida, ortiga jönab ketdi. Men uning orqasidan ergaşib unga yetib oldim-da: “Qasam-ki, siz yoqtirmaydigan işga hargiz qöl urmayman”, dedim. Şunda u menga nisbatan yumşadi va: “Menga aytgan sözlaringizni keçirdim!”, dedi".
Hazrati Zaynulobiddin (r.a.)ning qalamiga mansub “Sahifai Sajjodiya” nomli asar qolgan bölib, unda u zotning Allohga qilgan duolari jamlangan. Uşbu duolar töplamidan iborat asar hozirda şia mazhabidagi musulmonlar orasida juda ham maşhur bölib ketgan. Uşbu asarda keltirilgan u zotning bir duolarini keltirib ötsak: «Yo Parvardigoro, Sening nazdingda mavjud bölgan saodatdan meni qaytarguvçi, Senga yaqinlaşişdan meni ğaflatga boşlovçi tuban dunyoning muhabbatini qalbimdan kötar». Ha, inson tabiatan şunday mavjudotkim, bir narsaga köproq e’tibor qaratsa, boşqa solih amaldan ğaflatda qoladi. Bu xususiyat köp holatlarda uning töğri yöldan adaşişlari, hatto halokatiga sabab böladi. Hazrati Zaynulobidin (r.a.) özlarining köpgina duolarida, özidan ğofil qiliş, öz burçlarini bajarişdan ğaflatda qoliş, oxiratni unutiş, Alloh va Uning ne’matlaridan ğofil qoliş kabi ğaflatning turlarini bayon etganlar. Va yana: «Yo Allohim, bizni ğaflat va nodonlikka giriftor etma. Zero, biz Sening visolingga muştoq va gunohlardan tavba qiluvçilarmiz». Hazratning ta’limotlarida ilm talabida böliş eng yaxşi insoniy xislat sanaladi: «Agar insonlar ilm talabida qançalik porloq natijalarga erişişlarini bilganlarida edi, unga erişiş uçun qat’iy qadamlar taşlardilar, agarçi bu köngilni qon qilib, daryolar qa’riga çökib ketmoq bilan nihoyasiga yetsa-da…». Hazrati Zaynulobidin (r.a.): “Möminning quyidagi xislatlari bor: amal va muloyimligi uyğun, bir joyda ötirmoğidan maqsad ilm olmoq, omonatga hiyonat qilmaslik, heç bir yaxşi amalni riyo uçun qilmaslik va uyatdan uni tark etmaslik, özgalar bilmaydigan gunohlaridan tavba qilişlik”, deb ta’lim berganlar.
Marhum muftiy Usmonxon Alimovning “Oilada farzand tarbiyasi” nomli kitoblarida Hazrati Imom Zaynulobidin (r.a.) haqlarida quyidagi rivoyat keltirilgan: “Abdulloh ibn Tohir bunday hikoya qiladi: Hazrati Zaynulobidin ibn Husayn (r.a.) xizmatçisini ikki marta çaqirdi, u javob bermadi. Şunda Zaynulobidin hazratlari: “Çaqirganimni eşitdingmi?”, deb söradi. Xizmatçi: “Eşitdim”, dedi. Şunda u kişi: “Javob berişdan seni nima qaytardi?”, dedi. Xizmatçi: “Sizdan tinçman va xulqingiz halimligini bilaman, şu bois javobda erindim”, dedi. U kişi: “Xizmatçimni mendan tinç-omon qilgan Allohga şukrlar bölsin!”, dedi”. Yana şu kişidan rivoyat qilinadi: "Bir kuni u kişi masjidga çiqdi. Masjidda bir odam uni haqoratladi. Şunda u kişining xizmatçisi uni urmoqçi bölgan edi, Zaynulobidin hazratlari uni qaytardi. Va ularga: “Qöllaringni tiyinglar”, deb, söngra öşa odamga qarab: “Hoy, men sen aytganingdan ham ziyodman. Men sen bilganingdan köpini bilaman. Agar xohlasang, aytib beraman”, dedi. Şunda u odam uyalib, qilgan işidan xijolat çekdi. Söngra hazrati Zaynulobidin köylaklarini yeçdi va unga ming dirham berişga buyurdi. U odam ketar ekan: “Guvohlik beraman, albatta bu yigit Rasululloh sollallohu alayhi va sallam avlodlaridan!”, dedi”. Yana u kişidan rivoyat qilinadi: "Bir kun xizmatçisi sopol oftobada suv quyib turganida, oftoba tuşib ketib sindi, hazrati Zaynulobidinning oyoqlari jarohatlandi. Xizmatçi şoşib: Ey xöjayin, Alloh: «…ğazablarini yutadigan…» (Oli Imron, 134), dedi. Şunda hazrati Zaynulobidin “Ğazabimni yutdim”, dedi. Va xizmatçi yana dedi: «..odamlarni (xato va kamçiliklarini) afv etadiganlardir» (Oli Imron, 134). Şunda u kişi: “Seni keçirdim”, dedi. Xizmatçi yana: «… Alloh ezgulik qiluvçilarni sevar» (Oli Imron, 134), dedi. Şunda hazrati Zaynulobidin: “Alloh yölida ozodsan!”, dedi”. Xizmatçi qul edi, ozod böldi".
Hazrati Zaynulobidin (r.a.)ning faoliyat davrlari eng jiddiy va oğir davrlar hisoblanadi, çunki, Ummaviy xalifa Yazid va uning örinboslari bölgan hukmdorlar islomiy jamiyatni Nabiy alayhissalomning Ahli baytiga qarşi qöyib boşqarar edilar. Bunday muhitda agar kimda-kim Payğambar sollallohu alayhi va sallamning Ahli bayti nomini tilga olsa, unga qarşi jiddiy va oğir muomala qilardilar va ummatni Rasululloh alayhissalomning avlodlaridan uzoqlaştirişga sa’y-harakat qilar edilar. Imom Zaynulobidin (r.a.) öta oğir bir siyosiy şaroitda özlarining hidoyatga çorlaydigan fikrlari bilan islom dini hayotini yangilaş uçun sa’y-harakat qildilar. Musulmonlarga islomning asl mohiyatini tuşuntirişga harakat qildilar. Tarixiy manbalarda keltirilişiça, Hazrati Imom Zaynulobidin (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning masjidlarini madrasaga aylantirib, u yerda fiqh, tafsir, kalom, hadis, irfon va axloqning turli mavzulari atrofida ilmiy bahslar va ta’limotlarni taşkil etgan ekanlar. Bir rivoyatda: Hazrati Zaynulobidin (r.a.): “Bizga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning siyratlari Qur’on surasi örgatilgani kabi örgatilar edi”, deganlari keltirilgan. Ul hazrat yana: "Alloh taoloning senga bölgan haqqi şundan iboratkim, sen unga itoat qilişing, unga şirk keltirmasliging lozim va ixlos bilan uşbu amalni ijro etsang Parvardigor dunyo va oxiratdagi işingni yetarli etib tayinlaydi”, deb marhamat qilgan ekanlar. Hazrati Zaynulobidin (r.a.) tun kirganda yelkalariga qop ortib, köçama-köça yurib, kambağallar eşigi oldiga bildirmasdan non, taom tarqatib çiqardilar. Bu haqda Amr ibn Sobit (r.a.) şunday rivoyat qiladi: “Hazrati Ali ibn Husayn (r.a.) vafot etganlarida ul zotni yuvuvçi kişilar yelkalarida qora çuqur izni kördilar. "Bu nima?", deb hayron bölişganida ul kişini tanigan ba’zilar "Keçalari qopda un, boşqa taomlar tarqatib, kambağal oilalar hovlilari oralab izğib yurar edilar" deb, javob berişgan edilar”.
Karbalodagi Aşuro hodisasi vujudga kelgan kunlardan boşlab to hayotlarining söngigaça öz ta’limotlari bilan, ta’sirçan xutba öqişlari orqali fikriy va madaniy faoliyat olib borganlar. Mana şu tarzda ummat qalbida Payğambar sollallohu alayhi va sallamning avlodlariga bölgan muhabbat va ehtirom yanada ziyodalaşib borgan, döstu birodarlarning saflari kengayib borgan va keyingi yillarda esa bu u kişining öğillari Hazrati Muhammad Boqir va nabiralari Hazrati Ja’fari Sodiq (r.a.)lar faoliyatlariga yangi zamin yaratgan.
Hazrati Zaynulobidin (r.a.) öğillariga köp nasihatlar qilar ekanlar. Bu haqda Imom Muhammad Boqir (r.a.) bunday hikoya qilgan: “Otam Imom Zaynulobidin (r.a.) menga köp nasihat qilar edilar. Bir kuni hayotim uçun muhim körsatma berib bunday dedilar: “Beş turdagi odam bilan döst bölma: Birinçisi – fosiq. Çunki u seni bir luqma taom yoki undan ham kamiga sotadi. Men, Ikkinçisi kim? – deb söradim. Ikkinçisi – ziqna. Biror narsaga qattiq muhtoj bölganingda, mol-dunyosini qölida olib qoliş uçun sen bilan aloqasini uzadi. Uçinçisi – yolğon gapiradigan odam bilan döstlaşma. Çunki u sarobga öxşaydi, yaqindagi narsani uzoqlaştiradi. Törtinçisi – nodon odamdir. U senga foyda keltiraman, deb zarar beradi. Beşinçisi – silai rahmni tark etgan kişi. Yaqin qarindoşlari bilan aloqasini uzgan odam senga döst bölolmaydi”.
Karbalodagi Aşuro hodisasi vujudga kelgan kundan to hayotining sönggi kunigaça keçalarini ibodatu zikrlarda, Allohga köp sajda qiliş bilan ötkazgan, Karbaloda şahid ketgan va boşlari tanasidan judo qilingan padari buzrukvori, aka-ukalari, amaki toğalari va boşqa birodarlarini eslab, köz yoşlar tökib, ularni yod etib, haqlariga duoi fotihalar qilib yaşagan, özining taqvodorligi bilan musulmonlarga namuna bölgan, obidlar ziynati Hazrati Imom Ali Zaynulobidin (r.a.) 713 milodiy, hijriy 95-yil 12-muharramda Madina şahrida şahodatga yetib, ruhlari qudsiy olamga rihlat qilgan. Hazratning pok qabrlari Madinadagi Jannatul Baqi’ qabristonida joylaşgan.

suratda: "Jannatul Baqi’" qabristoni, Madinai Munavvara, 1925 y.
1926 yilgaça Baqi’ qabristonida u zotning maqbaralari mavjud bölgan. Lekin öşa yilning 21 aprel kuni Madinadagi "Jannatul Baqi’" hamda Makkadagi "Jannatul Mualla" qabristonlaridagi boşqa maqbaralar singari u zotning maqbarasi ham buzib taşlangan. Xalqaro islom hamjamiyati, musulmonlar noroziligiga qaramasdan bu kabi buziş işlari amalga oşirilgan. Maqbaralar tekislanar ekan, ularning orasida Imom Ali Zaynulobidin hazratlarining uluğ ajdodlari hamda avlodlarining maqbaralari, jumladan, Bibi Fotimai Zahro onamiz, Imom Hasan ibn Ali, Imom Muhammad Boqir, Imom Ja’fari Sodiq, Ismoil ibn Ja’fari Sodiq (r.a.)larning maqbaralari ham bor edi.

suratda: "Jannatul Mualla" qabristoni, Makkai Mukarrama, 1926 y
Makkadagi "Jannatul Mualla" qabristonida esa u zotning katta bobokalonlari Abu Tolib ibn Abdulmuttalib, Abdulmuttalib ibn Hoşim, Hoşim ibn Abdumannof Qurayşiylarning maqbaralari hamda Hadiçai Kubro roziyallohu anho onamizni va Payğambarimiz alayhissalomning birinçi öğillari Qosimning maqbaralari ham mavjud bölgan, afsuski, barça maqbaralar buzib taşlangan, qabrlari yer bilan bir tekis qilingan.
Allohim, ötgan uluğ ajdodlarimiz ruhi poklarini şod, oxiratlarini obod aylasin!
Allohumma solli ’ala Sayyidina va Nabiyina va Habibina Muhammadin va ’ala olihi va as'habihi ajma’iyn! Birohmatika ya arhamar rohimiyn!
Foydalanilgan manbalar:
-
Ibn Kasir, "al-Bidoya van-Nixoya".
-
“Tafsiri Hilol”, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
-
Imom Buxoriy, “Sahih al-Buxoriy”.
-
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Hadis va hayot” 22-juz.
-
Muftiy Avliyoxoja Musaviy Razzaviy as-Samarqandiy, “Mulahhas al-Ansob”.
-
Muftiy Usmonxon Alimov, “Oilada farzand tarbiyasi”, Movarounnahr.
-
Şayx Abu Nasr Sahl Buxoriy, “Sir Silsilat al-Alaviya”.
-
Şayx Husayn ibn Abdulloh Husayniy as-Samarqandiy, “Ansob al-Tolibin”.
dr. Sayyid Ilhomxon Bahodir Razzaviy Husayniy, “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining tadqiqotçisi, manbaşunos, naqib al-aşraf.










