Hazrati Imom Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu, 1-qism

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bölsin! Payğambarimizga va ul zotning ahli baytiga mukammal va batamom salavotu salomlar bölsin!
Ismlari: Ali (karramallohu vajhahu)
Mansablari: Amir al-möminin (möminlarning amiri, xulafoi roşidin)
Laqablari: Asadulloh (Allohning şeri), Murtazo (tanlangan), Haydar (şer, arslon), Sayfulloh (Allohning qiliçi), Bob Madinatul Ilm (Ilm darvozasi)...
Kunyalari: Abul Hasan, Abul Sibtayn (Payğambar alayhissalomning ikki nabirasining otasi), Abul Rayhonatayn (ikki rayhonning otasi), Abu Turob (Tuproq (yer)ni otasi)...
Otalari: Abu Tolib ibn Abdumuttalib ibn Hoşim al-Qurayşiy
Onalari: Fotima binti Asad ibn Hoşim al-Qurayşiy
Akalari: Aqil, Ja’far Tayyor va Tolib (undan avlod qolmagan)
Opalari: Ummu Honiy (Fahita) va Jumona
Umrlari: 63 yoş
Xalifalik muddati: 5 yil.
Imomlik muddati: 30 yil
Umr yöldoşlari: Fotimai Zahro binti Muhammad alayhissalom (r.a.), Ummul Banin binti Xazama ibn Dorami Kilabiy, Umoma binti Abul Os ibn Robi’a (onasi Zaynab binti Muhammad alayhissalom), Laylo binti Ma’sud ibn Xolid Naxşaliy, Asmo binti Umays Has’amiy, Havla binti Ja’far ibn Qays Hanafiya, Ummul Habib (Sohba) binti Robi’a Tağlabiy, Ummul Sa’d binti Urva ibn Ma’sud Takafiy, Muhayyo (Muhabbat) binti Imriul Qays ibn A’di Kalbiy.
Farzandlari: Ansob (nasab) ilmiga oid qadimiy manbalarda Hazrati Ali ibn Abu Tolib (r.a.)ning 29 ta farzandlari bölganligi zikr etilgan, ular quyidagilar:
Fotima Zahro (r.a.)dan: Imom Hasan Mujtabo (r.a.), Imom Husayn Şahid (r.a.), Zaynab Kubro, Ummu Kulsum (Zaynab Suğro) va Muhassin (yoş vafot etgan).
Havla binti Ja’far ibn Qays Hanafiyadan: Muhammad Hanafiya
Ummul Habib (Sohba) binti Robi’a Tağlabiydan: Amr va Ruqiyya.
Ummul Banin binti Xazama ibn Dorami Kilabiydan: Abulfazl Abbos, Ja’far, Usmon va Abdulloh.
Laylo binti Ma’sud ibn Xolid Naxşaliydan: Abu Bakr (Muhammad Asğar) va Ubaydulloh.
Asmo binti Umays Has’amiydan: Yahyo.
Ummul Sa’d binti Urva ibn Ma’sud Takafiydan: Ummul Hasan va Romila.
Boşqa ayollaridan: Muhammad Avsat, Hadiça, Ummu Honiy, Ummul Ja’far Jumona, Zaynab Suğro, Umoma, Ruqiya Suğro, Nafisa, Ummu Salama, Ummul Kirom, Maymuna, Fotima.
Ba'zi manbalarda yana 2 öğillari bölganligi aytilgan, ular: Umar va Aun.
Qadimiy ansob (nasab) manbalariga asosan, yuqorida keltirilgan öğillaridan faqat 5 tasidan zirriyotlar davom etgan, ular: Imom Hasan, Imom Husayn, Muhammad Hanafiya, Abulfazl Abbos va Amr (r.a.)lar.
Tuğiliş tarixi va joyi: 30-fil yili (milodiy 599 yil) Makkai Mukarramada Masjidul Haromdagi Ka’batullohning içida dunyoga kelganlar.
Ölim tarixi va joyi: 40-hijriy yil Kufa masjidida ramazon oyining 19-kunida mal’un Ibn Muljam tomonidan boşlaridan zarba olib, ramazon oyining 21-kunida (milodiy 661 yil) şahid bölganlar. Tarixnavislarning xabarlariga köra, Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning haqiqiy qabrlari Iroqning Najaf şahrida joylaşgan.

Hazrati Ali ibn Abu Tolib (r.a.) biror marta ham butlarga siğinmaganliklari va johiliyat iflosliklari bilan xulqlanmaganliklari sababli “Karramallohu vajhahu” - “Alloh uning yuzini mukarram qilsin” deb sifatlanganlar.
Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning jiyanlari, kuyovlari, "aşarai mubaşşara"dan ya’ni hayotligida jannat başorati berilgan ön sahobadan birlaridir.
Hazrati Ali karramallohu vajhahuning otalari Abu Tolib ibn Abdumuttalib Qurayş qabilasining uluğ va hurmatli şaxslaridan bölib, Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallamga Qurayş muşriklari aziyat yetkazganda himoya qilgan va islom diniga juda katta foydasi tekkan fozil kişi edilar. Abu Tolib ibn Abdumuttalib suyukli jiyani Muhammad alayhissalomni eng oğir vaqtlarda, ahvollari tang bölib qolganda doim himoya qilib kelganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amakilari Abu Tolibning farzandlari köp edi. Şunda Nabiy alayhissalom amakilari Abbos ibn Abdumuttalibga qarata «Ey amaki, akangiz Abu Tolibning bolalari köpdir, hozir rizqda, yaşaşda köp qiyinçiliklar bölib turibdi, şu sababdan amakim Abu Tolibning huzurlariga borib, bolalaridan keladigan taşvişini bir oz yengillataylik», deb aytdilar. Şunda ular borib, amakilari Abbos Ja’far Tayyorni, Rasululloh alayhissalom esa Ali (r.a.)ni öz qaramoğlariga oladilar. Mana şundan keyin Hazrati Ali (r.a.) Nabiy alayhissalom xonadonlarida birga yaşay boşlaydilar, öşa paytda u zotning yoşlari beşda bölgan. Payğambarimiz alayhissalomning tarbiyalarida bölib, irfon xazinalaridan fayz olganlar. Sarvari koinot alayhissalomga payğambarlik kelganida erkaklardan birinçi bölib sakkiz yoşli Ali (r.a.) musulmonlikni qabul qilganlar.
Anas ibn Molik (r.a.): «Duşanba kuni nubuvvat kelgan, seşanba kuni Ali Islomga kirgan», deb aytgan. (Termiziy rivoyati). Bu haqda Ibn Is'hoq (r.a.) “as-Siyra” kitobida şunday yozadi: “Ali (r.a.) kelsa, Payğambar alayhissalom va Xadiça (r.a.) namoz öqiyotgan ekanlar.
“Ey Muhammad, bu nima?” dedi Ali.
“Allohning öziga tanlab olgan va u ila Rasullarini yuborgan dinidir. Seni özi yolğiz bölgan va şerigi yöq bölgan Allohga, uning ibodatiga çaqiraman”, dedilar u zot.
“Bu men bugundan avval eşitmagan bir iş. Abu Tolibga aytmay turib bir işni qilmayman”, dedi Ali.
Rasululloh alayhissalom öz işlarini e’lon qiliş darajasiga yetmay turib, sir oşkor bölişini xohlamadilar va unga:
“Ey Ali, agar Islomga kirmasang, sir saqla”, dedilar.
Ali öşa keçani ötkazdi. Söngra Alloh uning qalbiga Islomni soldi. Erta tongda Rasululloh alayhissalomning huzuriga bordi va:
“Menga nima arz qildingiz, ey Muhammad?” dedi.
“Allohdan özga iloh yöqligiga şahodat keltirişingni va butlardan voz keçişingni”, dedilar.
Ali öşalarni bajo keltirib musulmon böldi. Şu bilan birga, Abu Tolibdan qörqib yurdi. Ali özining musulmon bölganini oşkor qilmadi.
Öşa kundan boşlab, Ali karramallohu vajhahu insoniyatni zulmatdan nurga çiqariş uçun Allohning amri ila yolğiz özlari kuraş boşlagan, yonlariga turmuş yöldoşlari Xadiça onamizni qöşgan Muhammad alayhissalomning bu ezgu işlariga uçinçi kişi bölib qöşildilar.
U kişi öşa kundan boşlab Payğambar alayhissalomga Alloh tomonidan yuborilayotgan oyatlarni birinçilardan bölib eşitadigan, öqib amal qiladigan kişiga aylandilar. U kişi Payğambar alayhissalomdan ajramas, u kişining barça işlarida birga bölar edilar.
Islomning dastlabki kunlaridan birida Qurayşning rahnamosi Abu Tolib öz öğli Alining Muhammad alayhissalom bilan birga berkinib namoz öqiyotganini körib qoldi. Bu ota uçun yangilik edi. Otasidan iymonini va ibodatini berkitib yurgan Ali özining namoz öqiyotganini otasi körib qolganidan afsuslanmadi. U namozni tugatişi bilan, darhol otasining oldiga şoşildi va Ali borib, otasiga:
“Ey otajon, men Allohga va uning Rasuliga iymon keltirdim. U kişi keltirgan narsani tasdiqladim va u zotga ergaşdim”, dedilar.
Abu Tolib öğliga: “U seni faqat yaxşilikka yetaklaydi. Undan ajramagin öğlim”, dedilar”. (Ibn Is'hoq, "as-Siyra")
Hazrati Ali karramallohu vajhahuning butun hayotlari Nabiy alayhissalom bilan yonma-yon keçgan. Islom duşmanlari bilan bölgan janglarning barçasida buyuk qahramonliklar körsatganlar, faqat Tabuk jangida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u zotni öz ahli baytlariga boşliq etib tayinlab ketganliklari sababli vaqtinça iştirok eta olmaganlar.
Ibn Sa’d, at-Tabariy va boşqa ulamolar Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning siyratlari haqida quyidagilarni rivoyat qilişgan: «U zot buğdoyrang, közlari katta, soqollari qalin, kökraklari serjun, böylari örta, bilak va boldirlarini muşaklari yöğon, yuzi eng çiroyli odamlardan edilar. Soç va soqollariga oq tuşgan özgarmas edi va sertabassum inson edilar”. Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu şijoatli, fasohatli, ilmli, taqvoli, sabr-toqatli, axloqli, adolatli, dunyoda zohid, hilmli, tavozu’li va musulmon yigitlar orasida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga eng yaqin kişi bölganlar, şuning uçun Nabiy alayhissalom: «Men ilmning şahri bölsam, Ali uning eşigidir (ya’ni Bob Madinatul Ilm)», deb aytganlar".
Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hijratlari asnosida Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu katta şijoat, mardlik va jasorat körsatganlar. Bu haqda Imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltirganlar: «Qurayş bir keça Makkada maşvarat qildi. Kimdir ertalab: «Muhammadni uşlab, boğlab qöyinglar», dedi. Boşqalari esa: «Yöq, uni öldiriş kerak», deyişdi. Ba’zilari: «Makkadan çiqarib yuboringlar», dedi. Oxiri ular har qabiladan bittadan kuçli va çapdast yigitni tanlab olib, bir guruh tuziş va öşa guruh keçasi Payğambar sollallohu alayhi va sallamning yotgan joylariga bostirib kirib, baravar birdaniga qiliç solişga kelişdilar. Şunday qilinganda Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qonlari barça qabilalarga teng tarqab, u kişining qarindoşlari heç kimdan öç ola bilmasliklari közda tutilgan edi. Alloh taolo buni Payğambar alayhissalomga bildirdi. Hazrati Ali Rasululloh alayhissalomning töşaklariga kirib yotdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam esa Makkadan çiqib, ğorgaça yetib oldilar. Muşriklar Ali karramallohu vajhahuni Nabiy alayhissalom deb öylab, keçasi bilan poylab çiqdilar. Ertalab yopirilib kirib, Ali karamallohu vajhahuni körganlarida Alloh ularning makrlarini foş etdi. Ular: «Oğayning qani?» deb söradilar. Ali (r.a.): «Bilmayman», dedi. Ular Rasululloh alayhissalomni izlaridan qidirib ketişdi. Toqqa yetganlarida adaştirib qöyişdi. Toğning tepasiga çiqib, u Zot Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan yaşirinib ötirgan ğor yonidan ötişdi. Ğorning oğzidagi örgimçak uyasini körib: «Agar u bu yerga kirganida, örgimçak uyasi bölmas edi», deb ötib ketişdi. Rasululloh alayhissalom öşa joyda uç kun qoldilar».
Hazrati Ali karramallohu vajhahu Payğambarimiz alayhissalomning Makkai Mukarramadan Madinai Munavvaraga qilgan hijratlari töğrisida quyidagilarni aytganlar: “Rasululloh alayhissalom Madinaga hijrat qilgaç, menga Makkada qolişni tayinladilar. Çunki men Rasululloh alayhissalomning qurayşliklarga berişi kerak bölgan omonatlarini yetkazişim zarur edi. Qurayş qabilasi Nabiy alayhissalomni "Amin" kunyasi bilan sifatlardi. Men Qubays toğiga çiqib uç marta: "Kimning Muhammadda omonati bölsa, kelib olib ketsin, deb e’lon qildim. Omonatlarni ado etib bölganimdan söng Rasululloh alayhissalom orqalaridan yölga çiqdim. U zot qönim topgan Amr ibn Avf uyiga yetib kelib, Gulsum ibn Xidomning hovlisiga joylaşdim”.

suratda: Qubo masjidi, Madina şahri, 1895 y.
Nabiy alayhissalom Madinaga kelganlaridan söng masjid qurilişi boşlanib ketadi. Birinçi bölib Nabiy alayhissalom, keyin Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumolar navbat bilan ğişt qöyişdi. Musulmonlarning kuç qudrati va ahilligi bilan masjid qisqa muddatlarda qurib bitkazildi. Şundan söng Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam muhojirlar va ansorlarni bir-birlari bilan birodar bölişga çaqirdilar. Madinada Islom jamiyatining şakllanişi va rivojlanib borişidagi barça işlarda Hazrati Ali karramallohu vajhahuning xizmatlari beqiyosdir. Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu arablar orasida qörqmas, mard, şijoatli botir pahlavonlardan bölib, Badr jangida muşriklar boşliği Valid ibn Utba bilan bölgan jangda uni yer tişlatganlar.
Nabiy alayhissalomning qizlari Makkadan Madinaga köçib kelişgaç, Hazrati Fotimai Zahro roziyallohu anhoning qölini sörab, bir neça uluğ sahobalar sovçi qöyişdi. Ammo Rasululloh alayhissalom ularni qaytaraverdilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob (r.a.)lar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlarida hurmati baland sahobalardan edilar, ular Payğambar alayhissalomga nasab jihatidan yaqin bölişni juda xohlardilar. Bu borada Usmon ibn Affon (r.a.) har ikkovilaridan özib ketdilar. Hazrati Usmon (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qizlari Ruqiyya (r.a.)ga uylaniş baxtiga muşarraf böldilar. Badr jangidan keyin Ruqiyya (r.a.) vafot etganlaridan söng Nabiy alayhissalom Usmon ibn Affon (r.a.)ga ikkinçi qizlari Ummu Kulsum (r.a.)ni nikohlab berdilar. Hazrati Usmon (r.a.) Rasululloh alayhissalomning ikki qizlariga uylanganliklari tufayli “Zunnurayn” (ikki nur egasi) degan nomga muşarraf bölganlar.
Nabiy alayhissalom suyukli qizlari Fotimai Zahro roziyallohu anhoni Ali karramallohu vajhahuga zavjalikka munosib körganlarini sezgan sahobalar Ali karramallohu vajhahuga bu haqda maslahat berişdi. Hazrati Ali karramallohu vajhahu ularning gaplaridan şijoatlanib, Fotimai Zahro onamizning qöllarini söraş uçun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordilar. Nabiy alayhissalomga yaqinroq joyda turdilar va u Zot eşitadigan qilib: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qizlariga sovçilik qilmoqçi bölgan edim», dedilar. Payğambar alayhissalom bu gapni darhol mulohaza qilib, u kişiga oğir botmaydigan qilib: «Biror narsang bormi (mahrga)?» dedilar. «Yöq, ey Allohning Rasuli», deb javob berdilar Ali (r.a.). «Hutamiyya sovuting qani?», dedilar. «Özimda, ey Allohning Rasuli», dedilar. «Bölmasa, öşani ber», dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam. Ali karramallohu vajhahu tezda borib, sovutni olib keldilar. Nabiy alayhissalom uni sotib, kelinga sep qilişni buyurdilar. Sovutni Hazrati Usmon Zunnurayn tört yuz yetmiş dirhamga sotib oladilar. Hazrati Ali karramallohu vajhahu bu pulni keltirib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga qöyadilar. Nabiy alayhissalom muborak qöllari bilan ularni oladilar va bir qismini Bilol (r.a.)ga berib, atir va xuşböy narsa sotib olib keliş uçun topşiradilar. Qolganini Ummu Salama (r.a.)ga berib, kelinga kerakli narsalarni sotib olişni tayinlaydilar. Söngra Muhammad sollallohu alayhi va sallam öz sahobalarini çaqirib, qizlari Fotimai Zahro onamizni Ali ibn Abu Tolib (r.a.)ga tört yuz misqol kumuş mahr bilan, qoim sunnat va vojib farizat şarti ila nikohlab berayotganlariga ularni guvoh qiladilar. Nikoh xutbasida yoş kelin-kuyovning haqlariga duolar qilib, ularga baxt-saodat va solih zurriyotlar tilaydilar. Uşbu nikoh voqeasi köplab sahobalar tomonidan rivoyat qilingan.

suratda: Madinada Hazrati Ali va Fotima Zahro (r.a.) uylarining qadimiy manbalarga köra tayyorlangan ehtimoliy maketi.
Hazrati Ali karramallohu vajhahu bilan Fotimai Zahro roziyallohu anhoning turmuşlaridan Imom Hasan, Imom Husayn, Zaynab va Ummu Kulsum (r.a)lar dunyoga kelganlar. Yana bir öğillari Muhassin yoş vafot etgan. Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu kambağal va dunyo işlariga zohid bölganlaridan ularning oilaviy hayotlari yöqçilik, qiyinçilik, iqtisodiy tanglik bilan ötar edi. Bu haqiqat mötabar hadis, siyrat va tarix kitoblarida kelgan köplab rivoyatlarda öz aksini topgan.

Suratda: Uhud toği tepaligi
Hijratning uçinçi yili şavvol oyida Uhud jangi böldi. Unda Alloh taoloning laşkarlari öz dinlari va vatanlarini himoya qilib, toğutning qöşinlari ustiga şerdek taşlandilar. Allohning laşkarlari orasida «Asadulloh (Allohning şeri)» laqabini olgan Hazrati Ali karramallohu vajhahu fidokorliklari bilan alohida ajralib turganlar. Hazrati Asadulloh roziyallohu anhuning bahodirliklari, mardliklari, şijoatlari va islom duşmanlariga bölgan nafratlari ibratga loyiqdir. U zot keskir qiliçlarini havoda öynatib, «Allohu akbar!» deb, muşriklarning boşiga tinmay ajal uruğini soçganlar. Jang davomida misli körilmagan qahramonlik va fidokorlik körsatib uruşayotgan musulmonlarning bayroqdori Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu şahid böladi. Islom bayroği u kişining qölidan tuşib ketadi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuni çaqirib, bayroqni u zotga topşiradilar. Hazrati Ali (r.a.) esa bir qöllari bilan Islom bayroğini, ikkinçi qöllari bilan maşhur “Zulfiqor” nomli qiliçlarini tutib, muşriklarga qiron keltirişni davom ettiradilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam bu ikki şuhrat egasini taqdirlab: «Alidek yigit (qahramon) yöq, Zulfiqordek qiliç yöq!», deganlar.

Zulfiqor nomi - arab tilidan tarjima qilinganda "umurtqa", "böğimlar egasi", "tölqinsimon izli" singari ma’nolar beradi. Zulfiqor islom tarixidagi eng maşhur qiliç hisoblanadi. Abu Iso at-Termiziyning “Şamoyili Muhammadiya” asarlarida "Payğambarimiz Rasululloh alayhissalomning yettita yoxud ön bitta qiliçlari bölgan. Har birining alohida nomi bölib, eng maşhuri Zulfiqor bölgan. Payğambarimiz alayhissalom uni har doim özlari bilan olib yurganlar. Anas (r.a.)ning aytişlariça, Zulfiqor qiliçi dastasining uç qismi qoplamasi kumuşdan bölgan. Qiliçning tiği ilonning ayri tilini eslatadi", deb keltirilgan. Islomdan avval ham maşhur bölgan bu qiliçni makkalik Marzuq as-Saqil ismli usta yasagan. Qiliç Nabiy alayhissalomga ötguniça Munabbih ibn Hajjoj degan kimsaga tegişli bölgan. Milodiy 624 yilda Badr jangida ölja qilib olingaç, u Payğambarimiz alayhissalomga taqdim qilingan. Şuningdek, öşa paytdagi Misr hukmdori Muqavqis bu qiliçni Nabiy alayhissalomga sovğa etgani ham aytilgan. Mazkur qiliçni Nabiy alayhissalom Hazrati Ali (r.a.)ga hadya qilgan ekanlar. Hazrati Ali (r.a.)ning vafotlaridan keyin qiliç u zotning öğillari Imom Husayn (r.a.)ga, söng u zotning farzandlariga meros bölib ötgan ekan.
Ibn Kasirning “al-Bidoya van-nihoya” asarida "Hazrati Ali Zaynulobidin (r.a.) otalari Imom Husayn (r.a.)ning qotili – Ummaviy xalifa Yazid ibn Muoviyaning oldiga, Damaşq (Şom)ga borganlarida, Zulfiqor qiliçi ham ularga hamroh bölgan", deb keltirilgan. Muhaddislardan Imom Muslimning “Sahih” larida yozilişiça, Ibn Mahram Hazrati Ali Zaynulobidin ibn Imom Husayn (r.a.)ning yaqin safdoşlaridan bölgan, Ibn Mahram u zotdan Zulfiqor qiliçini söragan. “Menga Rasululloh (s.a.v.)ning qiliçlarini berasizmi? Men uni sizdan olib qöyişlaridan qörqaman. Allohga qasam, agar uni menga bersangiz, heç kim to meni öldirmagunça qiliçni qölimdan ololmaydi”, degan ekan. “Zulfiqor” deb taxmin qilinadigan bir qança qiliçlar hozirda dunyoning turli hududlarida, jumladan, Istanbul şahridagi Töpqopi muzeyida, Misrdagi Qohira muzeyida ham saqlanadi. Ammo, ular orasida haqiqiy Zulfiqor qiliçi bormi-yöqmi – bu faqat Allohgagina ma’lum.
Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam Ali ibn Abu Tolib (r.a.)ni bir neça jangçi guruhlarga, ya’ni qöşinlarga boşliq qilib, alohida topşiriqlar bilan turli hududlarga yuborganlar. Bu qöşinlarning eng kattasi Yamanga yuborilgan qöşin edi. Ularning hammasida Hazrati Ali (r.a.) özlariga Nabiy sollallohu alayhi va sallam tomonlaridan yuklangan vazifalarni şaraf bilan ado etganlar. Ummu Atiyya (r.a.)dan qilingan rivoyatda u kişi aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir qöşin yubordilar. Ularning içida Ali (r.a.) ham bor edi. Rasululloh alayhissalom qöllarini kötarib turib: «Ey Allohim, menga Alini körsatmay turib meni vafot ettirmagin», deganlarini eşitdim» (Termiziy rivoyati).
Nabiy sollallohu alayhi va sallamning Haybar kuni Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuga: «Allohga qasamki, Alloh sening sababingdan bir kişini hidoyatga solmoği, sen uçun eng afzal ne’matlardan köra yaxşiroqdir», degan sözlari musulmonlarning fath işlaridagi şiori bölib qolgan edi (Buxoriy rivoyati). Hazrati Ali karramallohu vajhahuning Handaq va Tabuk ğazotlaridagi jasoratlari, fidoyiliklari ham tillarda doston bölgan va bu haqda tarixnavislar köplar asarlar bitganlar.
Hazrati Ali karramallohu vajhahuning yana bir laqablari Haydar (Şer) bölgan, Haybarni fath etişda mardonavor iştirok etganlar. Öşa paytda yoşlari hali yigirmadan ötmagan bölgan. Ibn Is'hoq “as-Siyra” kitobida: menga Yazid ibn Muhammad ibn Haysam Muhoribiy Muhammad ibn Ka’b Quraziydan, u Yazidning otasi Muhammad ibn Xaysamdan, u Ammor ibn Yosirdan rivoyat qildi: Ammor: «Men bilan Ali ibn Abu Tolib al-Uşayra ğazotida şerik edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u yerga tuşib, örnaşgaç, Bani Mudlij dehqonlarining buloq va xurmozorlarida işlayotganlarini kördik. Ali ibn Abu Tolib menga: «Ey Abul Yaqzon! Anavi qavmning oldiga borib, qanday işlayotganlarini köramizmi?» – dedi. Men: «Xohlasang, boramiz», – dedim. U joyga borib, ularni bir oz kuzatdik. Söng uyqumiz keldi. Ali ikkalamiz borib bir xurmoning tagida tekis tuproq ustiga yotib uxladik. Allohga qasamki, bizni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamgina oyoqlari bilan qimirlatib uyğotdilar. Yotgan joyimizga köra hamma yoğimiz tuproqqa belangan edi. Öşa kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ali ibn Abu Tolibga ustidagi tuproqni körib: «Senga nima böldi, ey Abu Turob?» – dedilar, söng: «Sizlarga eng baxtsiz ikki inson haqida aytib beraymi?» – deb söradilar. Biz: «Ha, ey Allohning Rasuli sollallohu alayhi va sallam», – dedik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Biri−Solih alayhissalom tuyasining paylarini qirqib taşlagan Samud qavmilik Uhaymir (laqabli odam); Ikkinçisi − Sening mana bu yeringga uradigan inson», – deb, qöllarini Alining boşining tepa qismiga qöydilar va: «Undan mana bu yering höl böladi», -deb soqolini uşladilar", deb rivoyat qilgan. Yana bir rivoyatda esa: Ibn Is'hoq: menga ilm ahlidan birining aytişiça: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alini «Abu Turob» deyişlari: Ali qaçon Fotima bilan arazlaşib qolsa, unga gapirmas va yomon söz ham aytmas, faqat tuproq olib boşiga qöyib olar edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu tuproqni körib, Fotima bilan arazlaşganini bilar va: «Senga nima böldi, ey Abu Turob?» – der edilar, deb rivoyat qilgan. (Buxoriy va Termiziy rivoyati). Şu voqeadan keyin Hazrati Ali (r.a.) laqablaridan biri Abu Turob (tuproqni otasi, tuproqqa belangan) bölganligi rivoyat qilingan.

suratda: Ğadir Xum — Makka va Madina şaharlari örtasidagi Xum köli yaqinidagi joy.
Payğambar alayhissalom Hazrati Ali karramallohu vajhahuni juda yaxşi körganliklari, izzat-ehtirom körsatib hurmatlaganlari köplab hadislarda rivoyat qilingan, jumladan:
Imom Termiziy hasan hadis deb Zayd ibn Arqam (r.a.)dan rivoyat qilgan hadisda Payğambarimiz alayhissalom bunday marhamat qilganlar: “Şak yöqki, men sizlarga ikkita (qimmatli) narsani taşlab ketayapman. Madomiki ul ikkisini mahkam uşlarkansiz, mendan söng hargiz zalolatga ketmaysiz. Ikkovidan birinçisi keyingisidan uluğroqdir: (birinçisi) Allohning kitobi – osmondan yergaça çözilgan arqondir va (ikkinçisi) Ahli baytim – mening avlodimdir. Ikkovi havzi Kavsarga kelgunça ayrilmagay. Demak, ikkovi borasida menga qanday xilof qilayotganingizga qaranglar!”. Islom tarixida Nabiy alayhissalomning uşbu maşhur nutqlari “Ğadir Xum” voqeasi deb atalgan va uşbu voqea haqida Buxoriy, Muslim, Ibn Moja, Hokimlar ham rivoyat qilganlar. Yana bir hadisda, Zayd ibn Arqam (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy alayhissalom: «Men kimning mavlosi (homiy, yölboşçi) bölsam, Ali ham uning mavlosidir», dedilar. (Termiziy va Nasaiy rivoyati).
Ummu Salama (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alini munofiq yaxşi körmaydi. Uni mömin yomon körmaydi», der edilar» (Termiziy rivoyati). Burayda (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Albatta, Alloh meni tört kişini sevişimga buyurdi va Uning Özi ularga muhabbat qilişining xabarini berdi», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, bizga ularning ismlarini aytib bering», deyişdi. «Ali ulardan biridir», deb uç marta aytdilar. Keyin «Abu Zarr, Miqdod ibn Asvad va Salmon», dedilar. «U Zot ularga muhabbat qilişni menga buyurdi va Özi ham ularga, albatta, muhabbat qilişining xabarini berdi», dedilar» (Termiziy rivoyati).
Habaşiy ibn Junada (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Ali mendandir. Men Alidandirman. Men ado etişim lozim bölgan narsalarni faqat özim yoki Aligina ado etadi», dedilar» (Termiziy rivoyati). Hazrati Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir narsa sörasam, berar edilar. Agar sukut qilsam, özlari berar edilar» (Termiziy rivoyati).
Anas (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oldilarida bir parranda (göşti) bor edi. Şunda u Zot: «Ey Allohim, huzurimga xalqingning içidan Özingga eng sevimlisini keltirgin, men bilan uşbu parrandadan yesin», dedilar. Ali kelib, u Zot bilan yedi»; Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Men hikmat hovlisiman, Ali uning eşigidir», dedilar» (Termiziy, Tabaroniy va Hokim rivoyat qilişgan). Xuddi şu rivoyatning Ibn Abdul Barr keltirgan lafzida Payğambar sollallohu alayhi va sallam: «Men ilmning hovlisiman, Ali uning eşigidir. Kim ilmni istasa, uning eşigidan kelsin», deganlar.
Nabiy alayhissalom Hazrati Ali roziyallohu anhu haqqiga: “Alloh kimning dösti bölsa, Ali uning döstidir. Yo Alloh, uni döst tutganni Sen ham döst tut, unga duşmanlik qilganga Sen ham duşman böl”, deb duo qilganlar. (Imom Ahmad rivoyati).
Hazrat Ali (r.a.)ning özlaridan esa bunday rivoyat keltirilgan: «Payğambar alayhissalom qasam içib aytganlar: "Meni faqat mömin yaxşi köradi, meni faqat munofiq yomon köradi” (Muslim rivoyati).
Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) bunday hikoya qiladi: «Payğambar alayhissalom Ali (r.a.)ga aytgan uç narsani eslayman. Qani edi ulardan bittasi menga berilganida! Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam Tabuk ğazotida Ali roziyallohu anhuni Madinada örinlariga qöyib ketmoqçi böldilar. Şunda Ali roziyallohu anhu: "Yo Allohni Rasuli, meni ayol va bolalar bilan qoldirib ketyapsizmi?” deb söradi. Rasululloh alayhissalom: "Horun Musoga örinbosar bölgani kabi menga örinbosar bölişga rozi emasmisan? Faqat mendan söng payğambar kelmaydi", deb javob berdilar. Yana Xaybar kunida Payğambarimiz alayhissalom: "Bu bayroqni Alloh va Rasulini yaxşi köradigan, Alloh va Rasuli ham uni yaxşi köradigan kişiga, beraman”, deganlarini eşitdim. Hammamiz bayroqni oliş niyatida edik. Biroq Rasululloh alayhissalom: "Alini çaqiringlar”, deb buyurdilar. Öşa paytlari Ali (r.a.)ning közi oğrigan edi. Rasululloh alayhissalom uning köziga tuflab qöydilar, söng bayroqni topşirdilar. Alloh taolo Ali (roziyallohu anhu)ga nusrat berdi”, deb rivoyat qilingan (Muslim rivoyati).
Hazrati Ali karramallohu vajhahu haqlarida va u zotning yuksak fazilatlari bilan boğliq haqiqatdan gözal va havas qilgulik ma’lumotlarni hadis kitoblaridan topiş imkoni bor va yetarlidir.
Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu musulmon ummati içida Payğambar alayhissalomdan keyingi eng ilmli kişi bölganlar. Yeçilişi qiyin bölgan masalalarni u zot yeçar edilar. Arablarda hozirgaça biror masala yeçilmay qolsa, “Bu masalani yeçgani Abul Hasan yöq”, degan gap aytiladi. Abul Hasan Hazrati Ali karramallohu vajhahuning kunyalari bölgan. U zot şariat bilimdoni, yuksak ahloq sohibi, Islomning maşhur notiği va voizi edilar. Nabiy alayhissalomdan 586 ta hadis rivoyat qilganlar. U zotdan: Imom Hasan, Imom Husayn, Muhammad, Umar hamda Abdulloh ibn Mas’ud, Ibn Umar, Abdulloh ibn Ja’far, Abdulloh ibn Zubayr, Abu Muso Aş’ariy, Abu Sa’id Xudriy, Abu Rofi’, Suhayb, Zayd ibn Arqam, Jobir ibn Abdulloh, Abu Hurayra, Jobir ibn Samura, Barro ibn Ozib, Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhumolar va boşqa sahobai kiromlar, Said ibn Musayyib, Qays ibn Xozim, Alqama ibn Qays, Abu Asvad Jauliy, Ahnaf ibn Qays, Şurayh ibn Honiy kabi tobe’inlar hadis rivoyat qilganliklari hadis, siyrat va tarix kitoblarida bayon etilgan.
(Davomi 2-qismda)
dr. Sayyid Ilhomxon Bahodir Razzaviy Husayniy, “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining tadqiqotçisi, manbaşunos, naqib al-aşraf










