Hazrati Imom Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu, 2-qism

Ön birinçi hijriy yilning birinçi oyi muharram ötib, safar oyining ham oxiri keldi, uşbu oyning duşanba kuni Payğambarimiz alayhissalomning xastaliklari boşlandi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bemorliklariga qaraşda Hazrati Ali karramallohu vajhahu boş-qoş böldilar. U Zotning vafotlari, dafnlari va bunga tegişli barça işlarni Hazrati Ali karramallohu vajhahu boşqardilar. Ibn Moja, Ibn Sa’d va at-Tabaroniylar qilgan rivoyatning at-Tabaroniy Ibn Abbos roziyallohu anhudan keltirgan matnida quyidagilar aytiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam oğirlaşib qolganlarida huzurlarida Oişa va Hafsa bor edi. Birdan Ali (r.a.) kirib keldi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam uni körişlari bilan boşlarini kötardilar va: «Menga yaqinroq kel! Menga yaqinroq kel!» dedilar. U kelib, u Zot (alayhissalom)ni öz köksiga suyadi. Söngra vafot etgunlariça u Zot (alayhissalom)ning oldilarida böldi. Vafot etganlarida esa u Zot (alayhissalom)ni yuviş, janozalarini ötkazişga boş böldi”.
Ibn Sa’d rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Muhammaddan keltirgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam söriga qöyilganda, Ali: «U Zotga (janozasiga) birov imom bölmaydi. U Zot tirikliklarida ham, mayyitliklarida ham imomingizdir», dedi. Odamlar töp-töp bölib kirib, saf-saf bölib turib, janoza öqir edilar. Ularning imomi yöq edi. Ali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning töğrilarida turib olib: «Assalomu alayka, ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuhu! Ey Allohim! Biz guvohlik beramiz. U Zot özlariga nozil bölgan narsani yetkazdilar. Ummatga nasihat qildilar. Allohning yölida to Alloh dinini aziz qilgunça va kalimasini oliy qilgunça uruş qildilar. Ey Allohim! Bizni u Zotga nozil bölgan narsaga ergaşadiganlardan qilgin. U Zotdan keyin bizni sabotli qilgin. U Zot bilan bizni jam qilgin», der edi. Odamlar «Amin!» deyişar edi. Şunday qilib, u Zotga er kişilar, söngra ayollar, keyin bolalar janoza öqidilar». Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamni Ali ibn Abu Tolib, Fazl ibn Abbos va Usoma ibn Zayd (r.a.)lar qabrga qöyganlar”.

suratda: Masjidul Nabaviy, Madina şahri 1930 y.
Payğambar sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi turli fitnalarni oldini oliş maqsadida zudlik bilan Abu Bakr Siddiq (r.a.)ni xalifa etib saylaydilar. Bu paytda Hazrati Ali karamallohu vajhahu ahllari bilan Nabiy alayhissalomning janozalariga hozirlik körayotgan edilar, yangi xalifa saylanganligi xabarini u zotga yetkazişganda, u zot Abu Bakr Siddiq (r.a.)ni oldilariga borib, ba’zi oradagi tuşunmovçiliklar ölaroq yangi saylangan xalifaga bay’at qilganliklari, şuningdek, ayrim xiloflarga sabab böladigan holatlarga ham qarşilik bildirilganliklari, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan qolgan meros haqidagi xalifa Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan Fotimai Zahro (r.a.) onamiz oralarida bölib ötgan tuşunmovçilikda taraflarni imkon qadar yaraştirişga harakat qilganliklari va bunga erişganliklari hadisi şariflarda rivoyat qilingan. Hazrati Ali (r.a.) birinçi xalifa davrida ikkinçi vazir bölgan bölsalar, ikkinçi xalifa Umar (r.a.)ning davrida xalifaga maslahatçi hamda Islom jamiyatining boş qozisi ham bölganlar. Ibn Sa’d Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Umar ibn Xattob (r.a.): «Ali içimizda eng yaxşi qozidir», dedi». Ibn Sa’d Ibn Abbos roziyallohu anhudan: «Umar ibn Xattob Hazrati Ali yöq bölgan paytdagi qiyin masalada Allohning panohini sörar edi», deb rivoyat qilgan (Buxoriy va Termiziy rivoyati).
Usmon ibn Affon (r.a.)ning davrida Hazrati Ali karramallohu vajhahuning Islom jamiyatidagi tutgan örinlari yanada kötarilgan. Hazrati Usmon Zunnurayn (r.a.)ning xavorijlar tomonidan fojiali öldirilişidan söng, musulmonlar jamoasi tomonidan törtinçi xalifa etib Hazrati Ali karramallohu vajhahu saylanadi. Bu kun tarixda öttiz beşinçi hijriy sana, Zulhijja oyining yigirma beşinçisi, juma kunida sodir böldi, deb rivoyat qilingan.
Islom olamining rahbari bölişiga qaramay Hazrati Ali karamallohu vajhahu kamtarlik, hokisorlik, qanoatlik, oddiy kiyiniş va zuhdu taqvoni unutmaganlar. Abu Nu’aym (r.a.) Amr ibn Qaysdan rivoyat qiladi: «Aliga: «Ey möminlarning amiri, nima uçun köylagingizni yamab yurasiz?» deyildi. «Qalbning xuşu’si uçun va möminning iqtido qilişi uçun», dedi". Abu Nu’aym (r.a.) Zayd ibn Vahddan rivoyat qiladi: «Alining huzuriga Basra ahlining hay’ati keldi. Ularning içida xavorij ahlidan Ja’d ibn Na’ja degan ham bor edi. U Alini kiyimida aybladi. Şunda Ali: «Kiyimimga nima bölibdi? Kibrdan uzoqroq, musulmonning iqtido qilişiga loyiqroq», dedi". (Termiziy rivoyati). A’maş roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ali roziyallohu anhu tuşlikka ham, keçqurunga ham Madinadan keltirgan narsasini yer edi» (Buxoriy rivoyati).
Amir al-möminin Ali karramallohu vajhahu adolatli, saxiy, taqvodor va donişmand inson bölsalarda, u zotning xalifalik davrlarida islom duşmanlari tomonidan köp fitnalar uyuştiriladi, jumladan, Usmon ibn Affon (r.a.)ning fitnaçilar tomonidan öldirilişida qasos olmoqçi bölgan qarindoşi Şom amiri Muoviya ibn Abu Sufyon Ummaviy bilan keçgan Siffin jangini, söng Usmon (r.a.) qotillarining jazolanmay qolganidan norozi bölganlar bilan keçgan Jamal (Tuya) jangini va fitnaçilar bilan bölgan janglarni aytiş mumkin.
"Amir al-möminin Ali karramallohu vajhahu öz voliylariga Şomga boriş uçun tayyorgarlik köriş haqida amr yuboradilar. U zot öz huzurlaridagi kişilarni ham tartibga soladilar, jumladan, bayroqni öğillari Muhammad Hanafiya (r.a.)ga berdilar. Öng qanotga Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ni, çap qanotga Amr ibn Abu Salama (r.a.)larni qömondon qildilar. Hazrati Usmon (r.a.)ga qarşi çiqqanlarni olmadilar. Qusam ibn Abbos (Şohizinda) roziyallohu anhuni Madinada öz örinlariga qoldirdilar. Şom amiri Muoviya ibn Abu Sufyon Ummaviy qöşini bilan bölgan jangda duşman qöşini zaiflaşa boşlaydi. Bunday vaziyatni körgan Şom amiri Siffin jangi asnosida askarlariga nayza va qiliçlari uçiga Qur’on sahifalarini kötarib olişni buyuradi. Hazrati Ali karramallohu vajhahu bu hukm çiqarişda bir siyosiy yöl qöllanganini sezib, jangni töxtatadilar. Bu iş oxir-oqibatda Hazrati Ali tarafidan Abu Muso Aş’ariy (r.a.) va Şom amiri Muoviya ibn Abu Sufyon Ummaviy tarafidan esa sahoba Amr ibn Os hazratlarini hakam bölib muzokara ötkazişga kelişib oliş bilan yakun topgandek böladi. Ikki tarafning hakamlari siyosiy muzokara ötkaziş uçun uçraşişadi, natijada har ikkalalari ham öz sohiblarini xalifalikdan böşatişni va bu işni musulmonlar jamoasiga qöyib berişni, musulmonlar jamoasi umumyiğilişda kimni xohlasalar, şu insonni xalifa qilib yana qayta saylaşlariga ixtiyor berişni taklif qiladilar. Bu taklif sahoba Abu Muso Aş’ariy (r.a.)ga ma’qul kelib, minbarga çiqib jamoatga buni yetkazadilar va musulmon jamoati bunga şohid böladilar. Ammo Şom amiri vakili jamoat oldiga çiqib Abu Muso Aş’ariy (r.a.) bilan kelişgan holda faqat möminlar amiri Ali karramallohu vajhahuni xalifalikdan böşatişni quvvatlaganini aytadi. Mazkur siyosiy vaziyatni önglaş uçun xarakat qilişga endi keç bölgan edi. Mağlubiyatli muzokaradan keyin Hazrati Ali karramallohu vajhahuning qöşini örtasida ixtilof çiqa boşlaydi. Qöşindan bir guruhi ajrab çiqib özlarini “xavorijlar” deb e’lon qiladilar. Uşbu toifaning fitnalari tufayli xalifalikdagi siyosiy ahvol umuman boşqa tomonga özgarib ketgandi", deb yozadi tarixçi aş-Şa’naviy özining “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning izdoşlari” nomli asarida.
"Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning tasarrufotini köpçilik tuşunolmay xunob bölar edilar. Hatto ba’zilar bu kişi soddalik qilib, ba’zi narsalarni töğri tuşuna olmayapti, degan fikrga ham borar edilar. Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning özlari esa, bosgan biror qadamlariga ham nadomat qilmas edilar. U zot qilayotgan işlari haq ekaniga iymonlari komil edi va aslida şunday ham edi. Bu fikrning dalili sifatida Hazrati Ali karramallohu vajhahu bilan katta öğillari Imom Hasan Mujtabo roziyallohu anhu oralarida bölib ötgan bir suhbatni keltiriş mumkin: Imom Hasan roziyallohu anhu otalari uçun juda köp kuyinardilar, ul zotga biror yaxşilik qiliş yölida butun vujudlari bilan yonar edilar. Aziz otalarini har tarafdan örab olgan xavf-xatarlarni va qiyinçiliklarni mulohaza qilgan holda özlarining ba’zi mulohazalarini aytdilar:
«Otajon! Men sizga Usmon qamal qilingan kuni, Madinadan çiqib keting, agar u qatl qilinsa ham siz yöğingizda qatl qilinsin, demabmidim!?
Otajon! Men sizga Usmon qatl qilingan kuni odamlar huzuringizga kelib-ketib bu (xalifalik) işni qabul qilişni söraşganda, hamma taraflardan bay’at kelmagunça qabul qilmang, demabmidim!?
Otajon! Sizga Zubayr bilan Tolhaning möminlarning onasi Oişani olib, Basraga yurganlari xabari yetganda, Madinaga qaytib, uyingizda ötiring, demabmidim!?
Bularning birortasida ham mening gapimni qabul qilmadingiz», dedi.
Imom Hasan roziyallohu anhuning uşbu mulohazalarini mazkur hodisalardan xabardor bölgan har bir kişi ham berişi mumkin. Haqiqatda, agar Imom Hasan aytganlaridek bölganda, hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning özlariga yaxşi bölmas edimi?
Oddiy ölçov bilan ölçanganda, agar Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu öğillari Imom Hasan roziyallohu anhuning maslahatlarini olganlarida özlari uçun yaxşi bölar edi. Ammo Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning ölçovlari boşqa edi. U kişining öğillariga bergan javoblarini eşitib köring:
«Usmon qamal qilingan kuni çiqib ketişim mumkin emas edi. Odamlar Usmonni örab olganlaridek meni ham örab olgan edilar.
Hamma tarafdagilarning bay’atini kutmaganim bölsa, bay’at ikki haramaynda hozir bölgan muhojir va ansorlar bilan sobit böladi. Ular rozi bölib, bay’at qilsalar, barça musulmonlarga rozi böliş va bay’at qiliş vojib böladi.
Ortga qaytib, uyimda ötirişim esa, ummatni aldaş va unga xiyonat qiliş bölar edi»" (Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (r), "Hadis va hayot", 22-juz, 304-305 b).
Bundan Hazrati Ali karramallohu vajhahuning butun umrböyi özlari uçun, obrö uçun, şuhrat uçun yaşamaganlari, balki haq uçun, adolat uçun va Islom ummati uçun yaşaganlari kelib çiqadi. Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu doimo haq yölni axtarar va Alloh taoloning roziligini topadigan işni qilişga ötar edilar. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda, Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu qayoqqa burilsalar, haq ham öşa yoqqa burilişini Muhammad sollallohu alayhi va sallam duo qilib söraganliklari keltirilgan. Ammo ba’zi toifalar Hazrati Ali karamallohu vajhahuni aynan haq uçun kuraşganliklarini köp kördilar, hatto u zotni kofirlikda ham aybladilar.
Hazrati Ali karramallohu vajhahu fitnaçi xavorijlar bilan turli yöllarni işga solib, gaplaşib kördilar, nasihat qildilar, ammo foydasi bölmadi. Nihoyat, ularni yölga solişdan umidlarini uzganlaridan söng: «Agar bizga qarşi xuruj qilmasangiz, sizlarni masjidlarimizdan man qilmaymiz. Modomiki, qöllaringiz biz bilan ekan, sizlarni öljadan mahrum qilmaymiz. Bizga qarşi uruş qilmaguningizça, biz sizga qarşi uruş qilmaymiz», dedilar. Bu Hazrati Ali karramallohu vajhahuning nihoyatda bağrikeng inson ekanlariga yana bir dalildir. U zot özlarini kofir deb ayblab turgan qavmga ana şunday iltifotlarni körsatayotgan edilar.
Hazrati Ali karramallohu vajhahu öz odamlariga uruşni zinhor birinçi bölib boşlamaslikni qattiq tayinlab qöygan edilar. Xavorijlar birinçi bölib uruş boşladilar. Uruşda ularning deyarli köp qismi qirilib bitdi. Xavorij toifalar bilan bölgan jangda Hazrati Ali karramallohu vajhahuning safdoşlaridan yetti jangçi şahid böladi.
Hazrati Ali karramallohu vajhahu umrlarini oxirlarida Kufa şahrida amir saroyida emas, balki oddiy odamlar kabi oddiy uyda yaşadilar.

suratda: "Katta Kufa masjidi", 1915 yil.
Hijratning qirqinçi yili, 19-ramazon keçasida xavorijlar guruhidan bölgan uç nafar fitnaçi Makkada zamonaning uç taniqli şaxslari amir al-möminin Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuni, Şom amiri Muoviya ibn Abu Sufyon Ummaviyni hamda sahoba Amr ibn Os hazratlarini qatl qiliş uçun kelişib oladilar. Mana şu uç nafar xavorijlardan biri bölgan Abdurrahmon ibn Muljam Hazrati Ali karramallohu vajhahuni şahid qiliş maqsadida Iroqning Kufa şahriga qarab yöl oladi. U hijratning qirqinçi yili, şa’bon oyining yigirmançi sanasida Kufa şahriga kirib keladi. Abdurahmon ibn Muljam özining hamrohi Şabib ibn Bajra Aşjaiy bilan birgalikda Qitom binti Alqama ismli ayoldan qatl dasturini oladi. Abdurahmon ibn Muljam Qitom binti Alqama ismli bir ayolga köngli bölib, unga sovçi qöygan böladi, u nobakor ayol fitnaçilar toifasidan bölib, amir al-mömininni qatl qilsa unga xotin bölib tegişga hamda uni boyliklar bilan siylaşga va’da bergan edi. Abdurahmon ibn Muljam ön töqqizinçi ramazon sahar paytida “Katta Kufa masjidi”ga qarab yöl oladi. Abdurahmon ibn Muljam Hazrati Ali karramalohu vajhahuni to mazkur masjid tomon orqalaridan kuzatib kelib, masjid içiga kirib oladi va Hazrati Ali karramallohu vajhahuning masjid içiga kirişlarini kutib turadi. Qitom binti Alqama va Abdurahmon ibn Muljam öz qabilasidan bölgan Vardon ibn Mujallad va yana bir xavorijni ham şu qabih işni amalga oşişini nazoratga oliş uçun yollagan edilar. Bu Aş’as ibn Kindi Qays ismli şaxs bölib, u avval Hazrati Ali karramallohu vajhahu qöşini tarkibiga kirib olgan norozilik kayfiyatidagi fitnaçi toifalardan biri edi, u Abdurahmon ibn Muljamga bu qabih işni amalga oşirişda yaqindan yordam beradi.
Hazrati Ali karramallohu vajhahu ramazon oyining ön töqqizinçi kun keçasida qizlari Ummu Kulsum (r.a.)ning uylariga mehmonga borganliklari, ular bilan vidolaşayotgandek pandu nasihatlar qilganliklari, qizlari otalarini bu holatidan qattiq xavotirga tuşganliklari, ular tongga qadar Allohga toatu-ibodatlar va rozu-niyoz bilan ötkazganliklari haqida hadisi şariflarda rivoyatlar keltirilgan. Abu Dovud va Ibn Asokirlar Qatoda (r.a.)dan rivoyat qiladilar: “Öşa keçasi Hazrati Ali karramallohu vajhahu tinmay bezovta bölaverdilar. U zotning ahli ayollari bundan taşvişga tuşdilar va töplanişib, u zotdan ehtiyot bölişni iltimos qildilar. Şunda Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu ularni tinçlantirib “Albatta, har bir odamga ikki farişta vakil qilingan. Ular uni qadari kelgunça himoya qilib turadilar. Qaçon qadari kelsa, qadari bilan uning orasini oçib qöyadilar”, dedilar” (Muslim va Termiziy rivoyati).
Hazrati Ali karramallohu vajhahu ön töqqizinçi ramazon sahar çoğida Kufadagi katta masjid hovlisiga kirib kelişlari bilan masjidda tunab qolganlarni namoz uçun uyğotdilar. Imom Ali karramallohu vajhahu jamoat namozini ado etiş maqsadida masjid mehrobiga borib namozni boşladilar. Namozning birinçi sajdasidan "Allohu akbar" deb muborak boşlarini kötarişlari bilan dastlabki hujumni Şabib ibn Bajra Aşjaiy uyuştirib, muvaffaqiyatsizlikka uçraydi, ya’ni, uning qiliçi mehrobga tegib, ortga qaytadi. Şundan söng, Vardon ibn Mujalladning buyruği bilan Imom Ali karramallohu vajhahu "Allohu akbar" deb ikkinçi sajdaga borişlari bilan Abdurahmon ibn Muljam Hazrati Ali karramallohu vajhahuning muborak boşlariga zaharlangan qiliçi bilan uradi, zarbdan boşlaridan jarohat olgan Imom Ali karramallohu vajhahu “Ka’baning Parvardigoriga qasamki, Robbim yölida najot topganlardan böldim!” – deb yerga qulaydilar. Şu örinda Hazrati Ali karramallohu vajhahuning öz qotillari Abdurahmon ibn Muljam bilan bölgan muomalalari haqida qisqaça töxtalib ötsak.
Imom Ali karramallohu vajhahu zarba olib yiqilgaç, butun olomon töplanib amir al-möminin Imom Ali hazratlari uçun Abdurahmon ibn Muljamdan intiqom olişga ahd qilganlarida, xususan, Hazrati Ali karramallohu vajhahuning tönğiç öğillari Imom Hasan Mujtabo roziyallohu anhu “Otajonim, ruxsat bering bu qabihdan intiqom olaylik!” – deb izn söraganlarida, Hazrati Ali karramallohu vajhahu “Yöq öğlim, biz dunyoga intiqom olişga kelmadik. Men neça kun, neça soat hayot bölsam, men nimani yeb-içsam, unga şu narsani yedirib-içiringlar. Agar dunyodan ötadigan bölsam, söngra özlaringiz Allohning izni bilan hukm çiqaringlar!” – deya, marhamat qiladilar.
Hazrati Ali roziyallohu anhu vafotlaridan avval öğillariga Allohga itoatda böliş, musulmon holida öliş, guruhlarga bölinmaslik, yetimlar boşini silaş, qöşnilar bilan yaxşi muomalada böliş, namozga diqqatli böliş, zakotni vaqtida beriş kabi bir qança vazifalarni vasiyat qilib qoldiradilar.
Amir al-möminin Hazrati Ali karramallohu vajhahuga juma kuni bomdodda suiqasd qilingan bölsa, u zot şanba kuni mağrib (şom) vaqtida jon taslim qildilar. Hazrati Ali karramallohu vajhahu bu dunyoni tark etganlarida oltmiş uç yoşda edilar. U zoti şarif ramazon oyining yigirma birinçi sanasida (milodiy 661 yili) şahid böldilar. Alloh u zoti şarifning qabrlarini munavvar qilsin.
"Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Muoviya menga Abu Turob (Ali r.a.)ni sökişni amr qildi. Men unga: “Modomiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga aytgan uç narsa esimda turar ekan, men uni zinhor sökmayman! Ana şulardan bittasi menga bölişini qizil tuyalardan (dunyoning eng yaxşi ne’matlaridan) ustun köraman. “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni ba’zi uruşlarda öz örinlariga qoldirdilar. Bas, Ali: “Ey Allohning Rasuli, meni ayollar va bolalar bilan birga qoldirasizmi!?” dedi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Sen mening örnimda Horun Musoning örnida bölganidek bölişga rozi bölmaysanmi!? Faqatgina mendan keyin nabiy yöq, xolos”, deganlarini eşitdim. Yana men u zot (alayhissalom)ning Haybar kuni: “Albatta, ertaga bayroqni Allohni va Uning Rasulini yaxşi köradigan va Alloh va Uning Rasuli uni yaxşi köradigan kişiga berurman”, deganlarini eşitdim. Hammamiz unga intiq böldik. Bas, u zot: “Menga Alini çaqiringlar”, dedilar. Bas, uni közi oğrib turgan holida keltirişdi. U zot uning ikki köziga tufladilar va unga bayroqni berdilar. Alloh unga fathni berdi. “Kelinglar, bolalarimizni va bolalaringizni...çaqiramiz”, - deb aytgin” oyati nozil bölganida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alini, Fotimani, Hasanni va Husaynni çaqirdilar va “Allohim, mana şular mening ahlim”, dedilar”, dedim”. (Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar). Uşbu rivoyatda Hazrati Ali karramallohu vajhahuning yuksak fazilatlari haqida zikr qilingan. Hatto ba’zi noörin urinişlar ham kişilarning Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuga bölgan muhabbatlarini qaytara olmadi. Amir al-möminin Ali karramallohu vajhahuning tirikliklarida u kişiga qarşi bir oğiz yomon söz aytişdan köra, ölimni afzal körgan kişilar u zotning vafotlaridan keyin ham u zotga qarşi biror oğiz söz aytişdan köra, özlari uçun ölimni afzal kördilar. Uşbu yuqoridagi rivoyatda, Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuga bölgan muhabbatlari va çeksiz ehtiromlari yaqqol namoyon bölib turibdi. Zotan, har bir mömin şunday bölişi kerak, zero möminlar Payğambarimiz alayhissalomning ahli baytini yaxşi körişlikka, ularga muhabbatli bölişga buyurilganlar. Ammo afsuslar bölsinkim, öşa davrning tös-töpolonli zamonlarida ba’zi kişilar turli sabablarga köra, bu baxtga muyassar böla olmadilar. Ammo vaqt kelib, adolat yuzaga çiqib hamma narsa öz örnini topdi, hamma möminu musulmonlar Hazrati Ali karramallohu vajhahudek zotning hurmat ehtiromlarini öz joyiga qöydilar va qöymoqdalar, u zoti şarifni sevdilar va sevmoqdalar. Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu özlarining butun umrlari va imkoniyatlarini Islom xizmati uçun sarflagan bölsalar, butun xalifalik faoliyatlarini musulmonlar orasidagi siyosiy fitnalarni hamda yahudiy Abdulloh ibn Sa’ba boşliq xavorijlar paydo qilgan fitnalarni zararsizlantirişga sarf qildilar. Şu yerda “Fitnaçi xavorijlar kimlar edilar?” Ular qayerdan va nima uçun çiqdilar?” degan haqli savollar tuğilişi tayin. Fitnaçi va xavorijlar asosan sahroviy va çetdan kelgan arablar va arab bölmagan ğarazgöy kimsalar bölganlar. Agar Yamandan kelib, fitnaboşiga aylangan Abdulloh ibn Sa’baning yahudiyligini va uning atrofidagilardan ba’zilarining boşqa din va millatlarga mansub ekanliklarini hisobga oladigan bölsak, fitnaçilarning asosiy qismi Islomga qarşi duşmanlik öti bilan yongan taşqi kuçlar tomonidan hamda xalifalikdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib qolaman degan ayrim amaldorlar tomonidan uyuştirilgan edi. Ularning orasida uluğ sahobai kiromlarning olamşumul ğalabalarini körib, ularning şuhratiga hasad közi bilan qaraganlar va yuqori mansablarga intilganlar ham oz emas edi. Orada bölib ötgan köngilsiz hodisalarda Hazrati Ali karramallohu vajhahuga ham qöşilmagan, balki ul zotga talab qöyib, talabi bajarilgandagina ul zotga bay’at qilişlarini aytgan toifalar ham bor edi. Ularning gaplari va qilgan işlari Jamal (Tuya) va Siffin hodisalaridan hammamizga ma’lumdir. Musulmonlar jumhuri bu masalada ijmo’ ila eng adolatli va sönggi nuqtani qöyganlar. Ya’ni orada bölib ötgan köngilsiz hodisalarda Hazrati Ali karramallohu vajhahu va ul zotning tarafdorlari haqda bölganlari öz isbotini topgan. Ular haqlarida boşqaça gap bölişi mumkin emas. Bunga dalil va hujjatlar yetarlidir. Ularning eng işonçli va kuçlisi Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan vorid bölgan köplab hadislardir" ("Hadis va Hayot" 22-juz).
Xulosa örnida ahli sunna va jamoaning eng maşhur aqiyda kitoblaridan biri bölmiş “Şarhi aqiydai Tahoviyya”da keltirilgan “Haşr” surasining 10-oyatini keltiramiz: “Biz ularning hammalari haqida yaxşilik bilan: “Robbimiz! Bizni va bizdan avval iymon bilan ötgan birodarlarimizni mağfirat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda ğaşlik solmagin. Robbimiz! Albatta, Sen Rouf va Rohiymsan” deymiz. Alloh taolo bizning qöllarimizni öz vaqtida bölib ötgan fitnada asragin. Bas, biz Allohdan tillarimizni ham mazkur fitnadan saqlaşini söraymiz”.
Amir al-möminin Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning xalifaliklari beş yil davom etgan. Ibn Sa’dning rivoyat qilişlariça, Hazrati Ali karramallohu vajhahuning mayyitlarini u zotning öğillari Imom Hasan Mujtabo roziyallohu anhu va Imom Husayn roziyallohu anhu hamda jiyanlari Abdulloh ibn Ja’far Tayyor roziyallohu anhular yuvganlar. Janozalarini Imom Hasan Mujtabo roziyallohu anhu öqiganlar.
Hazrati Imom Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning dafnlaridan söng şariat hukmiga binoan, qotil Abdurahmon ibn Muljamdan qasos olingan. Qasos olişni Hazrati Ali karramallohu vajhahuning tönğiç öğillari Imom Hasan Mujtabo roziyallohu anhu ado etganlar.
Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning oilalari janoza marosimlarini va dafnlarini fitnaçi xavorijlardan maxfiy tutiş uçun yaşirin holatda ötkazganlar. Manbalarda Hazrati Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning janozalari va dafnlari haqida aniq ma’lumotlar kam uyraydi. Aksar tarixnavislar keltirgan ma’lumotlarga köra, u zotning haqiqiy qabrlari Iroq davlatining Najaf şahrida joylaşgan, dunyodagi boşqa maqbaralar esa ramziy deyilgan. Alloh bilguvçiroqdir.

suratda: Hazrati Imom Ali ibn Abu Tolib (k.v.)ning maqbaralari, Najaf şahri (Iroq)

suratda: Hazrati Imom Ali (k.v.)ning qabri, Najaf şahri (Iroq)
Alloh, ötgan uluğ ajdodlarimiz ruhlarini şod va oxiratlarini obod aylasin!
Alloh, bizlarga uluğ ajdodlarimizga munosib avlod bölişligimizni nasib aylasin!
Allohumma solli ’ala Sayyidina Muhammadin va ’ala alihi va as'habihi ajmaiyn!
Foydalanilgan manbalar:
-
“Tafsiri Hilol”, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (r).
-
Buxoriy, “Sahih al-Buxoriy”
-
Termiziy, "Sunani Termiziy"
-
Ahmad Lutfiy Qozonçi, “Hazrat Usmon va Hazrat Ali” kitobi.
-
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (r), “Hadis va hayot” kitobi, 22-juz
-
Ibn Muhammad Amin, “Majma al-Ansob” asari.
-
Muftiy Avliyoxoja Musaviy Razzaviy as-Samarqandiy, “Mulahhas al-Ansob” asari.
-
Şayx Abu Nasr Sahl Buxoriy “Sir Silsilat al-Alaviya” asari.
-
Şayx Husayn ibn Abdulloh Husayniy as-Samarqandiy, “Ansob al-Tolibin”.
-
Qölyozma şajaralarning gözal sözboşilarida keltirilgan tarixiy ma’lumotlar.
dr. Sayyid Ilhomxon Bahodir Razzaviy Husayniy, “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining tadqiqotçisi, manbaşunos, naqib al-aşraf.










