Turkiya Respublikasi «TURKISTON SAYYIDLARI VA EŞONLARI» XORIJIY XALQARO JAMIYATI hamda Özbekiston Respublikasi «TURON-ILM-FAN» MÇJ ning «MANBAŞUNOSLIK va ŞAJARAŞUNOSLIK» bölimi örtasida HAMKORLIK MEMORANDUMI imzolandi

Kuni keça Özbekiston Respublikasi Toşkent şahrida joylaşgan «TURON—ILM—FAN» MÇJ ning öquv markazida Turkiya Respublikasi “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xorijiy xalqaro jamiyati raisi ustoz Şayx Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy hazratlari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Mazkur uçraşuvda Phd doktori Sayyid Ilhomxon Bahodir ustozimiz Naqib al-Aşraf Şayx Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniyga Iroq davlatidagi “Naqabat Sadat al-Aşraf” taşkiloti raisi Şayx Sayyid Şarif Xizr Naimiy Hasaniy Hoşimiy tomonidan berilgan IJOZA hujjatini topşirdilar. Mazkur hujjat IJOZA egasiga ansob (nasab) ilmida, manbaşunoslik va şajaraşunoslikda hamda naqobat sohasida Iroq naqobati nomidan ham faoliyat olib borişga va xalqaro darajada şajaralarni tasdiqlaşga ruxsat beradi.

Şuningdek, mazkur uçraşuvda Özbekiston Respublikasi «TURON-ILM-FAN» MÇJning «Manbaşunoslik va Şajaraşunoslik» bölimi hamda Turkiya Respublikasi “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xorijiy xalqaro jamiyati örtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uşbu imzolangan hamkorlik memorandumida ikki davlatning naqobatlari örtasida manbaşunoslik va şajaraşunoslik sohasida manbalar almaşinuvi, ilmiy-amaliy tadqiqotlar ötkaziş, Özbekiston va Örta Osiyodagi şajaralarni xalqaro darajada tasdiqlaş, mutaxassislar almaşinuvi va ularning amaliyotlari, konferensiya, simpozium, treninglar va turli ilmiy tadbirlarga oid mavzular belgilab olindi.
«Turkiston Sayyidlari va Eşonlari»
xorijiy xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI










