«Turkiston Sayyidlari va Eşonlari» xalqaro jamiyati raisi ustoz Sayyid Sardorxon Jahongir Yaqin Şarq mamlakatlarida xizmat safarida bölib turibdilar.

Islomşunoslik fanlari böyiça Phd doktori, naqib al-aşraf Sayyid Sardorxon Jahongir arab va islom dunyosida maşhur ulamo Şayx Muhammad Avvoma hafizahulloh ziyoratida böldilar. U kişiga Markaziy Osiyoda yagona bölgan «Turkiston Sayyidlari va Eşonlari» xalqaro taşkiloti tomonidan amalga oşirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari, uluğ avliyo zotlarning nasab şajaralari va irşod silsilalari haqida ma’lumotlar berdilar. Şayx Muhammad Avvoma hazratlari qadimiy qölyozmalardan biri bilan tanişib çiqdilar.
Şayx Muhammad Avvoma hazratlari Markaziy Osiyoda «Turkiston Sayyidlari va Eşonlari» xalqaro Naqobat taşkiloti öz faoliyatini samarali olib borayotganidan juda mamnun böldilar hamda bu boradagi fikr-mulohazalari va qimmatli maslahatlarini berdilar. Xalqaro taşkilotning kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va samimiy tilaklarni tilab duoi-fotihalar qildilar.


Şayx Muhammad Avvoma hafizahulloh - töliq ismlari Abu Fazl Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulqodir ibn Umar ibn Aliy Avvoma an-Nu’aymiy al-Husayniydir. Muhammad Avvoma hafizahulloh milodiy 1940 yili 1 yanvarda Suriyadagi Halab şahrining maşhur «Bobul Maqom» mahallasida dunyoga kelganlar. Muhammad Avvoma hazratlari diniy ma’rifatli muhitda yaşaganlar. Birinçi bölib otalarining qalin dösti, fazilatli şayx, faqih, taqvodor zot Muhammad Salqiyniy rohimahulloh hazratlariga şogird tuşganlar. Muhammad Avvoma dastlab 1952 yilda Umar ibn Abdulaziz nomli boşlanğiç ta’lim maktabini tamomlaganlar. Söng öşa paytda usmoniylarning Halabdagi hokimlaridan biri Şa’bon poşoga mansub şariat madrasasiga öqişga kirganlar.1953 yilda birinçi ustozlari – fazilatli şayx Muhammad Salqiyniy rohimahullohning tavsiyasi bilan «Şa’boniya» madrasasiga öqişga kirganlar. Muhammad Avvoma bu madrasani 1962 yilda tamomlaganlar. Şayx Avvoma 1962 yilda Islom şariati kulliyotiga öqişga kirib, 1967 yilda öqişni tamomlagaç, ustozlari şayx Abdulloh Sirojiddin hazratlari tavsiyasiga köra Şa’boniya madrasasida dars bera boşlaganlar. Şu yilning özida uni uşbu madrasaga muallim va kutubxona boşliği qilib tayinlaşgan. 1979 yilda Suriyadan ketgunlariga qadar uşbu madrasada ta’lim berganlar. Şayx Muhammad Avvoma 1980 yilda Madinai munavvaraga köçib ötganlar. U yerdagi Islom universitetiga joylaşib, “Payğambar alayhissalom sunnatlari va siyratlari” nomli bölim oçganlar. Şayx Muhammad Avvomaning bir qator asarlari bölib, ular bugungi kunda deyarli dunyoning barça mamlakatlariga tarqalib ketgan:
• Umar ibn Abdulaziz. Musnad. Uşbu kitobning hadislari şarhlangan, rivoyatlarini mukammallaştirib, hadislarning roviylari yozib çiqilgan.
• Sam’oniy. Al-Ansob (asarning bir qismi şarhlangan).
• Hofiz Ibn Hajar. Taqrib at-Tahzib (tahqiq).
• Zahabiy. Al-Koşif.
• Ibn Nosiriddin ad-Dimaşqiy. Majolis.
• Min sihohil-hadisil-qudsiyya.
• Al-muxtor min faroid an-nuqul val-axbor.
• Al-qavl al-badi’ fis-solati alal-Habib aş-Şafi’ sollallohu alayhi vasallam.
• Şarhu Sunan Abu Dovud (tahqiq va ta’liq).
• Imom Termiziy. Şamoili Muhammadiya (tahqiq)
• Ibn Abu Şayba. Musonnaf (tahqiq va taxrij, nasslar quvvatlangan. Uşbu asar ön olti yillik mehnat samarasidir).
• Dirosatu hadisiyya.
• Xutuvot al-manhajiyya.
• Rivoya al-hadis aş-şarif bilma’no.
• Maolim al-irşodiyya lisano’a tolib ilm.
• Hujjiyatu af’oli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam usuliyyan va hadisiyya.
• Tadrib ar-roviy (tahqiq).
ESLATMA: Kuni keça Özbekistonda ilk bora “Qur’oni Karim ma’nolarining sözma-söz tarjimasi” çop etildi. Turkiya respublikasi Kavkaz davlat universiteti islomşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori, filolog va islomşunos olim, Sardorxon Jahongir tomonidan birinçi marta Qur’oni Karim ma’nolari özbek tiliga sözma söz tarjima qilindi. Uşbu kitobni tayyorlaşda Qur’oni Karim tafsiriga doir köplab asarlarga murojaat qilingan. Kitob taniqli olimlar, jumladan, dunyoga maşhur Şayx Muhammad Avvoma, Özbekistonlik ulamo Şayx Abdulaziz Mansur hamda islomşunos olimlar Muhammadxon Jahongirov va Anvar Ahmad kabi olimlar taqrizidan ötgan. Qur’oni Karim ma’nolarining sözma-söz tarjimasi ilm toliblariga, Qur’oni Karim luğati böyiça ilmiy izlaniş olib borayotgan tadqiqotçilarga hamda barça kitobxonlar ommasi uçun möljallangan.


Ustoz Sayyid Sardorxon Jahongir va Şayx Muhammad Avvoma hafizahulloh.

Şayx Abdulaziz Mansur hafizahulloh va ustoz Sayyid Sardorxon Jahongir.

Ustoz Sayyid Sardorxon Jahongir va hadisşunos olim Muhammadxon Jahongirov

Ustoz Sayyid Sardorxon Jahongir va ustoz Anvar Ahmad hafizahulloh.
Xalqaro taşkilotning MATBUOT xizmati










