"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro jamiyati Ahvoz (Eron) şahrida özining rasmiy Naqobat bölimini oçdi.

*Xuşxabar
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti Ahvoz (Eron) şahrida özining rasmiy Naqobat bölimini oçdi.
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti raisi ustoz Sayyid Sardorxon Jahondir Eron Islom respublikasining Maşhad va Ahvoz şaharlarida xizmat safarida bölib turibdilar.


Eron davlatidagi "Sayyidlar va şariflar nasabnomalarini tadqiq etiş va tasdiqlaş" markazi raisi Sayyid Hodiy Hasaniy janoblari bilan
Xalqaro taşkilotimiz raisi ustoz Sayyid Sardorxon Jahongir Iroq davlatining Basra şahriga yaqin bölgan Ahvoz şahri (Eron)da "Sayyidlar va şariflar nasabnomalarini tadqiq etiş va tasdiqlaş" markazi raisi Sayyid Hodiy Hasaniy janoblari bilan uçraşdilar. Uşbu markaz örtasida ham hamkorlik memorandumi imzolandi hamda "Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkilotining Ahvoz şahridagi rasmiy naqobat bölimi oçildi. Uşbu bölim davlatlar örtasidagi ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni olib boradi, jumladan, manbaşunoslik va şajaraşunoslik sohasida manbalar almaşinuvi, xalqaro ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş, Markaziy Osiyo va Yaqin Şarqdagi şajaralarni xalqaro darajada tasdiqlaş, xalqaro anjumanlar, konferensiyalar, treninglar va ilmiy tadbirlar ötkaziş faoliyati bilan ham şuğullanadi.

Maşhad şahri (Eron) "Mirzo Ibrohim ibn Mirzo Abulqosim ibn Sayyid Mirzo Abu Tolib Razzaviy" maqbarasida

Eron davlatining "Silsilati Sadati Razzaviya" boş Naqobat taşkiloti, Maşhad şahri

"Silsilati Sadati Razzaviya" boş Naqobat taşkiloti rahbariyati
Şuningdek, xalqaro taşkilotimiz raisi Maşhad şahrida bölib, u yerda joylaşgan "Silsilati Sadati Razzaviya" boş Naqobat taşkiloti rahbariyati bilan ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni örnatiş böyiça muzokaralar olib bormoqdalar.
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI










