MUFTIY HAZRAT NURIDDIN DOMLA BILAN UÇRAŞUV

“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi Sayyid Sardorxon Jahongir Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, Muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari bilan uçraşdilar.
Muloqotda “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi, islomşunos olim dr. Sayyid Sardorxon Jahongir tomonidan tayyorlangan va yurtimizda ilk bora naşr etilgan Qur’oni Karim ma’nolarining sözma söz tarjimasi kitobi Muftiy hazratlariga hadya qilindi. Şuningdek, Muftiy hazratlari bilan Markaziy Osiyoda yagona bölgan “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti tomonidan olib borilayotgan şajaraşunoslik va manbaşunoslik faoliyati haqida fikr-mulohazalar almaşildi. Jumladan, xalqaro taşkilot dunyodagi yigirmadan ziyod “Şajaralarni tadqiq etiş va tasdiqlaş” xalqaro naqobat markazlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yölga qöyganligini yuksak e’tirof etdilar. Xususan, diyorimizdan yetişib çiqqan uluğ zotlarning ilmiy-madaniy meroslarini örganiş, ularning avlodlari nasabnomasini, qadimiy qölyozma şajaralar va silsilalarini tadqiq qiliş hamda xalqaro darajada tasdiqlaş masalalari böyiça ijobiy fikr-mulohazalar bildirdilar.
Uçraşuv sönggida, uşbu xayrli faoliyatni yurtimizda keng rivojlantiriş zarurligi ta’kidlandi hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilab duoi fotihalar qilindi.


Turkiston Sayyidlari va Eşonlari» xalqaro taşkiloti MATBUOT XIZMATI










