TURKISTON SAYYIDLARI VA EŞONLARI XALQARO TAŞKILOTIDAN TAYINLOV

Akademik Sayyid Kamron Jiyloniy Al-Hasaniy “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining “Naqib al-Aşraf”i etib tayinlandi.
Toşkent, 2025-yil 5-noyabr — Bugun “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotida muhim voqea yuz berdi.
“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi, akademik Sayyid Sardorxon Jahongir tomonidan imzolangan qarorga köra, taniqli olim, akademik Sayyid Kamron Jiyloniy Al-Hasaniy (Kamron Şaniyazov) taşkilotning mintaqa böyiça Naqıb al-Aşraf etib tayinlandi.
Yangi Naqib al-Aşrafning vakolatlari:
Taqdim etilgan rasmiy tasdiqlovçi hujjatga köra, Sayyid Kamron Jiyloniyga quyidagi mas’uliyatli vazifalar va huquqlar yuklatildi:
Nasab şajaralari: Şajaralarni tuziş, ilmiy tadqiq qiliş va ularning haqiqiyligini tekşiriş;
Tasdiqlaş: Töğri nasab şajaralarini rasman tasdiqlaş va ular uçun maxsus sertifikatlar taqdim etiş;
Hujjatlaştiriş: Şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni beriş, qadimiy hujjatlar va qölyozmalarni ekspertizadan ötkaziş;
Taşkiliy faoliyat: Nasabnomalar böyiça umumiy işlarni yuritiş va uşbu faoliyatni amalga oşiriş uçun maxsus bölim oçiş.
Şajaraviy ildizlar va ilmiy faoliyat:
Sayyid Kamron Jiyloniy 1976-yilda Toşkent şahrida tuğilgan bölib, u Islom olamining uluğ mutasavvifi, Qodiriyya tariqatining asosçisi Sayyid Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining avlodlardan hisoblanadi.
Uning faoliyati ilm-fan va ma’rifat bilan uzviy boğliq:
Ilmiy darajasi: Şarqşunos-filolog, siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori (PhD), Turon Fanlar Akademiyasining akademigi.
Mualliflik işlari: Olimning qalamiga mansub “Nurli qalblar”, “Avliyolarim” va “Sahobalarning avlodlari” kabi 3 ta nufuzli monografiya çop etilgan.
Media faoliyati: “Özbekiston tarixi” telekanalida Xoja Ahror Valiy, Şayx Hovandi Tohur va Sayyid Abdulqodir Jiyloniy hayotiga bağişlangan turkum körsatuvlar orqali xalqimizga tariximizni yetkazişda faol iştirok etib kelmoqda.
Ma’naviy merosni asraş yölida:
Uşbu tayinlov mintaqamizdagi muqaddas nasab vakillarini birlaştiriş, şajara ilmini (ilm al-ansob) tizimlaştiriş va tarixiy haqiqatlarni tiklaş yölidagi ulkan qadamdir. Akademik Sayyid Kamron Jiyloniyning boy ilmiy tajribasi va uning şajaraviy merosi uşbu şarafli vazifani yuqori saviyada ado etişiga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, Akademik Sayyid Kamron Jiloniy Al-Hasaniyni uşbu yuksak va mas’uliyatli maqom bilan samimiy muborakbod etamiz! Bu xayrli faoliyatda u kişiga ulkan zafarlar, sihat-salomatlik va ma’naviy yölda sobitqadamlik tilaymiz. Uşbu şarafli tayinlov yurtimiz ma’naviyati va ilm-fan rivojiga munosib hissa bölib qöşilsin!

Hurmat bilan,
“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti ilmiy jamoasi.










