“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti rahbariga Turon fanlar akademiyasining akademigi unvoni berildi.

“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti rahbari “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti rahbari, taniqli olim va tadqiqotçi, doktor Sardorxon Jahongirga ilm-fan sohasidagi katta xizmatlari, şajaraşunoslik yönalişida olib borgan köp yillik samarali izlanişlari, diniy-ma’naviy merosni saqlaş va tarğib qilişdagi faoliyati uçun Turon fanlar akademiyasining akademigi unvoni berildi.
Mazkur faxriy unvon 2025-yil 27-iyul kuni bölib ötgan tantanali marosimda topşirildi. Şu bilan birga, doktor Sardorxon Jahongir Turon fanlar akademiyasining maxsus ordeni bilan ham taqdirlandi. Uşbu mukofot, uning ilmiy va ma’rifiy yönalişdagi fidokorona mehnatlariga berilgan yuksak e’tibordir.
Taqdimot marosimi yurtimiz ilmiy jamoatçiligi orasida katta e’tibor uyğotdi. Tadbirda mamlakatimizning nufuzli ilmiy arboblari – köplab akademiklar, professorlar, taniqli olimlar bilan bir qatorda, diplomatik korpus vakillari ham iştirok etdilar.
Tadbir doirasida doktor Sardorxon Jahongirning şajaralarga oid noyob eksponatlari, ilmiy izlanişlari asosida tayyorlangan ilmiy-körgazmali materiallar, şuningdek yaqinda naşrdan çiqqan va katta ilmiy-ommaviy ahamiyatga ega bölgan “Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi” ham iştirokçilarga taniştirib ötildi.
Şuningdek, tadbir davomida şajaraşunoslik sohasidagi ilmiy izlanişlarni tizimli yölga qöyiş, bu yönalişni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida maxsus ilmiy tadqiqot institutini taşkil etiş rejalari e’lon qilindi. Uşbu taşabbus, yurtimizda tarixiy meros, nasab ilmi va genelogik tadqiqotlarni çuqur örganişga xizmat qiladi.
Bu unvon va mukofot nafaqat doktor Sardorxon Jahongirning şaxsiy yutuqlari, balki butun jamiyatimiz uçun faxr va ğurur manbaidir. U kişining fidokorona xizmatlari kelajak avlod uçun bebaho ilmiy asos va ruhiy tayanç bölib xizmat qiladi.
Hurmatli doktor Sardorxon Jahongirni uşbu yuksak e’tirof bilan çin yurakdan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatlarida yanada uluğ muvaffaqiyatlar tilaymiz.












Hurmat bilan,
“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti ilmiy jamoasi.










