ŞARQ VA ĞARB OLIMLARINI UÇRAŞTIRGAN XALQARO ANJUMAN

2025-yil 2-oktyabr kuni Samarqand şahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Neapol Şarqşunoslik universiteti va ERC-SYNERGY EuQu (“Yevropa Qur’oni”) loyihasi hamkorligida “Din va köptillilik: Yevropa va Osiyo jamiyatlarida Qur’on va islomiy adabiyotlarning yoyilişi” mavzusiga bağişlangan xalqaro ilmiy anjuman öz işini boşladi.
OÇILIŞ MAROSIMI
Tadbirning tantanali oçilişida Markaz direktori Şovosil Ziyodov, Italiyaning Neapol Şarqşunoslik universiteti rektori professor Roberto Tottoli hamda Paviya universiteti olimi professor Davide Skotto sözga çiqib, mazkur anjumaning ilmiy hamda amaliy ahamiyati, Qur’onning turli mintaqalarda qabul qilinişi va talqin etilişi, şuningdek, bu yönalişdagi zamonaviy izlanişlar borasida öz fikrlarini bildirib ötdilar.
BIRINÇI KUN – YEVROPA TAJRIBALARI
Forumning ilk kunida ötkazilgan ilmiy sessiyalarda nufuzli xorijiy olimlar ma’ruzalar bilan qatnaşdilar. Dastlabki panellar Qur’onning Yevropa mamlakatlarida tarjima qilinişi va tarqalişi masalalariga bağişlandi.
XVI–XVIII asrlarda Ispaniyadagi musulmon ozçilik orasida Qur’onning arab va roman tillarida tarqalişi,
Fransisk ulamolarining turli tillardagi şarhlari,
“Aqidatun Nasafiya” asarining fransuz tiliga tarjimasi kabi mavzularda ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Keyingi panellarda Yevropa musulmonlarining diniy matnlari, ularning janr xususiyatlari, şuningdek XVII–XIX asrlarga oid tarixiy şarh va izohlar muhokama qilindi. Kunning yakuniy qismida esa tatarlar va kurdlar köp yaşaydigan hududlarda Qur’on tarjimalari, ularning siyosiy-madaniy ta’siri, hamda XIX asr islomiy adabiyoti haqida ilmiy taqdimotlar bölib ötdi.
Birinçi kun faol munozaralar va ilmiy bahslar ruhida ötdi. Iştirokçilar – Italiya, Ispaniya, Fransiya, Polşa, Germaniya, Niderlandiya va Turkiyadan taşrif buyurgan olimlar – Yevropa va Osiyoda Qur’on hamda islomiy adabiyotlarning yoyilişiga oid yangi ma’lumotlar va tahlillarni taqdim etdilar.
IKKINÇI KUN – OSIYO MEROSI
2025-yil 3-oktyabr kuni anjuman öz işini davom ettirdi. Ikkinçi kunning asosiy e’tibori Osiyo mintaqasidagi islomiy qölyozmalar, Qur’on tarjimalari hamda Markaziy Osiyo olimlarining bu boradagi izlanişlari va sönggi topilmalarga qaratildi.
IX–XIII asrlarda Movarounnahr tarixşunosligi,
Qozoğiston janubidagi islomiy adabiyotlar tarqalişi,
Markaziy Osiyo madaniy muhitining Malayya arxipelagi qölyozmalariga ta’siri,
Mustamlaka va şöro davrlarida islomning mahalliy til va an’analar orqali saqlanib qolişi haqidagi ma’ruzalar tinglandi.
Şuningdek, Malayziya, Turkiya va boşqa mamlakatlardan kelgan olimlar bilan bir qatorda özbekistonlik tadqiqotçilar ham öz ilmiy işlanmalarini taqdim etdilar. Imom Moturidiy qalamiga mansub “Ta’vilot al-Qur’on” asarining bugungi kunda adaşgan oqimlarga qarşi kuraşdagi örni, qadimiy turkiy tarjimalarga doir yangi ma’lumotlar, “Tafsiri Çarxiy” asarlarining aqida, fiqh va talqindagi ahamiyati haqida ilmiy mulohazalar bildirildi. Zamonaviy tarjima metodlari hamda Ğarb mamlakatlarida Qur’onning qabul qilinişi böyiça kuzatilayotgan tendensiyalar ham keng muhokama qilindi.
“TURKISTON SAYYIDLARI VA EŞONLARI” XALQARO TAŞKILOTI RAISI DOKTOR SARDORXON JAHONGIRNING IŞTIROKI
Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi doktor Sardorxon Jahongir ham iştirok etdi. U tadbir qatnaşçilariga öz qalamiga mansub “Qur’oni Karim ma’nolarining sözma-söz tarjimasi” hamda keng öquvçilar orasida maşhur bölgan “Nur-ul Qur’on” va “Ziyo-ul Qur’on” asarlarini taqdim etdi.
Şuningdek, doktor Sardorxon Jahongir Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga hamda anjuman qatnaşçilariga öz asarlaridan namunalarni tuhfa etib, ilmiy hamkorlik va döstona aloqalarni mustahkamlaş yölida tilakdoş böldi.
Ikki kun davomida ilmiy muloqot va qizğin bahs-munozaralar bilan keçgan mazkur xalqaro forumda olimlar Qur’on tarjimalari va islomiy adabiyotlarning tarixiy rivoji, qölyozmalar merosi va zamonaviy tendensiyalar borasida köplab yangi ilmiy ma’lumotlarni taqdim etdilar.
Anjuman yakunida ta’kidlanganidek, Qur’on va islomiy merosni tadqiq etiş nafaqat tarixiy haqiqatlarni yoritişga, balki jamiyatlar örtasidagi madaniy muloqotni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Samarqandda ötgan uşbu xalqaro ilmiy anjuman Şarq va Ğarb olimlarini bir maydonga jamlab, kelgusida yanada samarali hamkorlik va ilmiy integratsiya uçun mustahkam poydevor yaratdi.




Hurmat bilan,
“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti ilmiy jamoasi.










