IJOZAT MAROSIMI

“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi, islomşunos olim, doktor Sardorxon Jahongir Madina-i Munavvarada Şayx Homid Buxoriy hazratlarining huzurida bölib u kişining majlislarida qatnaşdi va şayx hazratlarining ilmlaridan bahramand böldi. Sardorxon Jahongir Madinai Munavvaraga taşrifi davomida Şayx Homid Buxoriy hafizahulloh hazratlaridan Qur’oni Karimning “Sof” surasi va “Rahmat” hadisi böyiça ijoza olib, bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tutaşgan sanadga ega böldi.
Ma’lumki, Şayx Homid Buxoriy hazratlari Saudiya Arabistonining maşhur ulamolaridan hisoblanib, ilmu ma’rifatda yuksak martabalarga erişgan zotdir. Ul zotning töliq ismlari Şayx Homid ibn Ahmad ibn Akrom ibn Sayyid Mahmud ibn Alixon al-Buxoriy al-Madaniydir.
Şayx Homid Buxoriyning ajdodlari aslida Movarounnahr ölkasining Farğona vodiysi, Qöqon şahridan bölib, 19-asr boşlarida Madinada qönim topganlar.
Şayx Homid hazratlari Madinada tuğilib, ilm tahsilini ham şu muqaddas şaharda olganlar. Oliy ta’limni esa Madina oliygohida “hadisi şarif” böyiça muvaffaqiyatli yakunlaganlar. Bu davr mobaynida köplab maşhur ustozlardan qiroat va hadis böyiça ijozalar olganlar. Keyinçalik Şayx Homid Buxoriy hazratlarining özlari ham şogirdlar yetiştirib, ularga ijozalar bera boşlaganlar.
Ustozning turli mamlakatlarda naşrdan çiqqan bir neça asarlari mavjud bölib, Qohirada naşr qilingan “Laqtut durar min asanidil ğurar” ya”ni” “E’tiborli sanadlar içidan marvaridlarni terib oliş” nomli kitobi şular jumlasidandir.
Safar yakunida Sardorxon Jahongir şayx hazratlaridan ba’zi hadislardan va Qur’on suralaridan biriga ijoza talabi bilan murojaat qildi. Şayx Homid Buxoriy hazratlari Özbekistondan taşrif buyurgan olimning uşbu talablarini mamnuniyat bilan qondirdilar hamda ular uçun hadislardan ba’zilarini öqib berdilar. Roviylari bilan öqib berilgan “Rahmat” hadisi, Muoz bin Jabalning “Mahabbat” hadisi hamda Buxoriyning sulosiyoti ya’ni “sanadida Rasululloh s.a.v. → Sahobiy → Tobiiy → Imom Buxoriy bölgan, uçta roviy orqali yetib kelgan eng qisqa va eng oliy sanadlar şular jumlasidandir.
Şuningdek, Şayx Homid Buxoriy şayx Sardorxon Jahongirga Qur’oni Karimning “Sof” surasini ham öqib berdilar.
Şayx Homid Buxoriy hazratlarining suhbatlaridan lavha
Olamlar Robbisiga hamd va payğambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovotlar bölsin.
Hijriy 1447-yil Jumodil-ulo oyining 26-çisi, duşanba keçasi mening Madinadagi uyimga Özbekistondan “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro naqobati raisi, birodarimiz doktor şayx Sayyid Sardorxon Jahongir taşrif buyurib bizlani bağoyat mamnun qildi. U kişi mendan sanadi Rasululloh (sav) gaça yetib boradigan ba’zi hadislarni eşittirişimni söradi.
Allohning izni bilan bugungi majlisda Şayx Sardorxonga musalsal hadislardan, “Mahabbat hadisi”, “Rahmat” hadisini, şuningdek, Qur’oni Karimdan “Saf” surasini öqib eşittiramiz. Songra majlis yakunida Imom Buxoriyning sahihidan birinçi hadisni hamda Imom Buxoriyning Sulosiyotidan ham öqib beriş bilan yakunlaymiz.
Men unga mazkur hadislar böyiça ijoza berdim. Alloh taolodan şayx Sardorxon Jahongirga uşbu ijozani manfaatli bölişini sörayman. Hamda mening ta’lifimdagi “Laqtut durar min asanidil ğurar” — لَقْطُ الدُّرَرِ مِن أَسَانِيدِ الغُرَرِ — ya’ni “E’tiborli isnodlar içidan marvaridlarni terib oliş” nomli kitobimni unga taqdim qilaman. Şuningdek, Şayx Sardorxon Jahongirga mazkur kitobni puxta mutolaa qilişini va zarur bölganda soha ulamolariga murojaat qilişini va ilm toliblariga öqitişini ham tavsiya qilib qolaman. Allohdan biz musulmon ummatini doimo Rasulullohning sunnatlariga muvofiq hayot keçirişimizni, şu yölda dunyodan ötişimizni va uning şafoatiga muyassar bölib jannatul firdavslarga kirişimizni duo qilib qolaman. Allohning rasuliga salovot va salomlar bölsin.
Mana yuqorida zikr qilinganlarning barçasi uçun sizga ijoza beraman. Şayx Homid hazratlari ijozatnomani berişdan avval Şayx Sardorxondan uni qabul qilganliklarini bildiriş ma’nosida “Qobiltu” lafzini aytişlarini söradilar. Sardorxon Jahongir esa an’anaga muvofiq ravişda “Qobiltu” — ya’ni “qabul qildim” deb javob qildilar. Şundan söng, ijozat odatidagi tartibga muvofiq uni yozma ravişda qayd qilib, guvohlar huzurida Şayx Sardorxon Jahongirga topşirdilar.
Şayx Homid Buxoriy hazratlari şayx Sardorxonga Qur’oni Karimning “Saf” surasini 2 qiroatda öqib ijoza berdilar.
Mazkur ijoza olimning ilmiy faoliyatida muhim bosqiç bölib, ilmiy izlanişlarida baraka va muvaffaqiyat tilab berilgan ruhiy-ma’naviy işonç maktubi sifatida qadrlanadi.
Şayx Homid Buxoriy ustozlaridan olingan ijozalarning mazmuni va bu ijozaning islomiy-ilmiy an’analaridagi örni haqida ham söz yuritdilar. Ilm yölida ustoz-şogird munosabatining muhimligi, ijozaning tasdiq belgisi sifatida xizmat qilişi va şari’atda ilm-meros sifatida qanday qabul qilinişini ta’kidladilar. Şuningdek, olim öz tajribalari, ustozlari bilan bölgan aloqalari orqali ilm-tarbiya olganligini va bu yölda sabr, ixlos va odob-axloqning ahamiyati haqida ham gapirib berdilar.
Ijozat marosimi sönggida Şayx Homid Buxoriy hafizahulloh Şayx Sayyid Sardorxon Jahongirga xayrli duolar qilib, ijozatnoma bilan muborakbod qildilar.


Hurmat bilan,
“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti ilmiy jamoasi.










