"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro jamiyati raisi Xitoyning Tsinzyan Uyğur muxtoriyatining Qaşqar şahridagi Sayyid Ofoqxoja avlodlari vakillari bilan uçraşdilar

"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti raisi, Doktor Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy hazratlari Xitoyning Tsinzyan Uyğur muxtoriyatining Qaşqar şahrida xizmat safarida böldilar.
Xalqaro taşkilotimiz raisi Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy Qaşqar şahridagi Sayyid Ofoqxoja avlodlari vakillari bilan uçraşdilar. Mazkur ilmiy uçraşuvda Şarqiy Turkistondagi va Örta Osiyodagi maxdumi a’zamiy sayyidlarning maşxur namoyondasi Sayyid Ofoqxoja avlodlaridan bölgan Şayx Abdulaziz Majzub Namangoniy bobokalonlarining nomlari hamda sulola tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarni aniqlaşga muvaffaq bölindi.

Sayyid Ofoqxoja maqbarasi, Qaşqar (Uyğuriston)
Uşbu aniqlangan qimmatli ma’lumotlar natijasi ölaroq xalqaro taşkilotimizning manbaşunos va şajaraşunos mutaxassisi Sayyid Ilhomxon Baxodir Razzaviy Husayniy kömagida sulolaning qadimiy qölyozma şajarasi aniqlandi.
Quyida Şayx Abdulaziz Majzub Namangoniyning bobokalonlariga tegişli qadimiy qölyozma şajara nusxasini Sizlarga qisman havola etişni ma’qul kördik.

Sayyid Ofoqxoja avlodi Şayx Abdulaziz Majzub Namangoniyning bobokalonlariga tegişli qadimiy qölyozma şajara nusxasi
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti, MATBUOT XIZMATI










