Özbekistonda ilk bora “Qur’oni Karim ma’nolarining sözma-söz tarjimasi” çop etildi

Özbekistonda ilk bora “Qur’oni Karim ma’nolarining sözma-söz tarjimasi” çop etildi. Turkiya respublikasi Kavkaz davlat universiteti islomşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori, filolog va islomşunos olim, Sardorxon Jahongir tomonidan birinçi marta Qur’oni Karim ma’nolari özbek tiliga sözma söz tarjima qilindi. Uşbu kitobni tayyorlaşda Qur’oni Karim tafsiriga doir köplab asarlarga murojaat qilingan. Kitob taniqli olimlar, jumladan, dunyoga maşhur Şayx Muhammad Avvoma, Özbekistonlik ulamo Şayx Abdulaziz Mansur hamda islomşunos olimlar Muhammadxon Jahongirov va Anvar Ahmad kabi olimlar taqrizidan ötgan. Qur’oni Karim ma’nolarining sözma-söz tarjimasi ilm toliblariga, Qur’oni Karim luğati böyiça ilmiy izlaniş olib borayotgan tadqiqotçilarga hamda barça kitobxonlar ommasi uçun möljallangan.










