"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro jamiyati Saudiya Arabistoni Qirolligining muqaddas Makkai Mukarrama şahrida özining rasmiy bölimini oçdi

*Xuşxabar
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro jamiyati Saudiya Arabistoni Qirolligining muqaddas Makkai Mukarrama şahrida özining rasmiy bölimini oçdi.
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti raisi ustoz Sayyid Sardorxon Jahongir va taşkilotimiz boş kotibi Sayyid Sarvarxon Abulqosimxon öğli Saudiya Arabistoni Qirolligining Madinai Munavvara va Makkai Mukarrama şaharlarida xizmat safarida böldilar.
Xalqaro taşkilotimiz raisi Sayyid Sardorxon Jahongir Makkai Mukarramadagi nufuzli sayyidlar sulolasi vakili Şayx Ayman Mazhar janoblari bilan uçraşdilar. Şayx Ayman Mazhar janoblari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi hamda "Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkilotining Makkai Mukarramadagi rasmiy bölimi oçildi.




Muqaddas şaharda taşkil etilgan mazkur bölim davlatlar örtasidagi ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni olib boradi, jumladan, manbaşunoslik va şajaraşunoslik sohasida manbalar almaşinuvi, xalqaro ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş, Markaziy Osiyo va Yaqin Şarqdagi şajaralarni xalqaro darajada tasdiqlaş, xalqaro anjumanlar, konferensiyalar, treninglar va ilmiy tadbirlar ötkaziş faoliyati bilan ham şuğullanadi.
"Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkiloti, MATBUOT XIZMATI










